PHP-developer. PHPda birinchi dastur #3

PHP-developer. PHPda birinchi dastur #3

PHP-developer. PHPda birinchi dastur #3

Salom dasturchilar yoki bo’lajak dasturchilar. Mana bu maqolada esa endi PHPda birinchi dasturimizni yasaymiz. Qanaqa dastur bo’ladi? Oddiy dastur emas, chiroyli dizaynga ega bo’lgan dastur yasaymiz. Keyinchalik shu dizaynda PHPdagi dasturlarimizni natijalarini chiroyli ko’rinishda ko’rib boramiz.

Oldingi maqolada oddiy «SalomDunyo» yozuvuni ekranga chiqargan edik endi esa man avvalda bitta dizayn tuzib qo’ydim shu dizayda ishlaymiz. Uni yuklab oling va saytingiz papkasiga yani php5.uz ga arxivdan chiqarib tashlab qo’ying. yuklab olish

php5.uz papkasiga arxivni chiqarib bo’lganingizdan keyin u yerda 3ta narsa

  • class
  • style
  • index.php

class papkasida keyinchalik yozadigan funksiyalar, klasslarimiz bo’ladi, style papkasida esa saytning dizayni, index.php da esa saytning bosh sahifasiga chiqarish bilan shug’ullanadi.

Davom etamiz. Ana endi kod yozish uchun Sublime Text dasturidan foydalanamiz. U dasturni ko’chirib olishni keragi yo’q u avvaldan Open Serverda mavjud.

Avval Open Serverni ishga tusharamiz va saytga kiramiz. Sayt quyidagicha ko’rinishga ega bo’lib turibdi.

php developer phpda birinchi dastur 3 68a3027ae64c1

Ko’rib turganingizdek, «SalomDunyo» so’zi oldigi maqoladagidek oddiy ko’rinishda emas dizayn bilan birgalikda chiqmoqda.

Endi Sublime Text dasturi orqali PHPda dastur tuzishni boshlaymiz. Dastur qanaqa bo’lsin? Boshlanishiga ism kiritib, o’sha kiritilgan ism bilan salomlashsin. Demak shunday dastur tuzishni boshlaymiz.

Open Serverdan Офис bo’limiga kirib Редактор кодаga kiramiz. Sublime Text dasturi ishga tushadi, keyin esa Проект bo’limiga kirib Добавить папку к проект… ga kirib saytimiz joylash php5.uz papkasini tanlaymiz.

Shunda dasturning chap tarafiga papkadagi fayllar ko’rinadi.

php developer phpda birinchi dastur 3 68a3027b91334

Sublime Text ish uchun tayyor endi esa kod yozishni boshlaymiz.

php developer phpda birinchi dastur 3 68a3027c1db19

shunday kod yozamiz. Nega kodni matn ko’rinishida yozmasdan, rasm qilib joyladim. Chunki matn ko’rinishida joylasam uni kodning o’zingiz yozmasda ko’chirib olardingiz. Kodni o’zingiz o’zishingiz kerakligi uchun rasm ko’rinishida joyladim. Rasmdagi kodni yozing.

Keyin CTRL+S bosib saqlaymiz va saytga kiramiz.

php developer phpda birinchi dastur 3 68a3027d44b62

ismga Farrux deb yozib jo’natishni bosamiz va

php developer phpda birinchi dastur 3 68a3027e4cb64

tayyor.

Web Dasturlash
PHP-developer. PHPda birinchi dastur #3