iPhone yoki Android? Taqqoslaymiz
Ko‘pchilik
odamlarning vaqt va nigohini o’ziga qarata olgan matoh – gadjetlar,
aniqrog‘i ularning operatsion tizimlarini taqqoslab chiqishni lozim
topdik. Qanday divays ishlatish-ishlatmasligingizdan qat’iy nazar, iOS
va Android muxlislarining ushbu ashaddiy mavzusini tadqiq qilish –
o‘ylaymizki nafaqat yosh dasturchilar balki shunchaki oddiy o‘quvchini
ham befarq qoldirmaydi. Eslatib o‘tamiz, biz o‘quvchini biron bir
mahsulot olishga undamoqchi emasmiz, balki ushbu mavzu doirasida
qiziqqanlarni savodini oshirishga ko’maklashmoqchimiz. Qani boshladik
unda:
iPhone
iPhone’ning Android telefonlaridan eng katta ustunligi uning ulkan app ekotizimidir. Divayslar
ichida birinchi haqiqiy App Store egasi iPhone bo‘lib, natijada
developerlar birinchi aynan unga moslab dastur tuzishadi. Misol uchun
Instagram iPhone’da anchadan beri mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa, Facebook
o‘z dasturini Androidda yangilash(upgrade)dan avval iPhone’da qayta
dizayn yaratdi. Apple’ning rasmiy bayonotida, so’nggi bor App Store’da
ilovalar soni 700,000dan oshgan.
Bu
ham yetmagandek iPhone Twitter va Facebook bilan chuqur integrasiya
(birlashuv)ga ega, oqibatda platformaning o’zidan turib status
yangiliklari kiritish mumkin. Appni chuqur kastomizatsiya(moslashtirish)
qilish shart emas.
Bundan tashqari Apple o‘ziga xos iPhone’ga ixtisoslashgan dasturlar, masalan Passbook
kabilarga ega. Hozirda cheklangan hizmatga qaramay ushbu dastur xar hil
qo‘shimcha bilet, savdo chegirmalari (gift certificate)ni tartiblash
imkonini beradi.
Eng
muhimi esa, foydalanuvchi tajribasi (user experience) qulflangan. Bu
degani – telefoningizning ichki ishlash va ko‘rinishini ko‘nglingiz
tusagancha o‘zgartirolmaysiz degani, masalan klaviatura. Lekin
texnologiyaga uncha «mukkasidan ketmaganlar»ga yoki kastomizasiya
shaydosi bo‘lmaganlarga bu ayni muddao bo’lishi ham mumkin.
Android
Android smartfonlari bo’ylab bozorlik qilar ekansiz, e’tibor beradigan birinchi narsangiz tanlov cheksizligi!
Bunchalar ko‘p smartfon ishlab chiqaruvchilarning borligini o‘ziyoq
qo‘rquv uyg‘otishi mumkin, kamiga deyarli hammasi o‘ziga xos yaxshi
maxsulotini taqdim qilsa. Ko‘pchiligimizga sir emaski nisbatan quyi narxlar ham aynan Androidniki!
Ikkinchidan, Android telefonlarning o‘zgartirish(kastomizasiya)ga sezilarli darajada ochiqligi. Misol
uchun Google Play ilova do’konidagi eng ommabop dasturlardan SwiftKey
bo’lib, u Android smartfoni klaviaturasini o‘zgartirib, Google va
Facebook akkauntlaringiz bilan hamohang holda keyingi yozadigan
so‘zingizni tahmin qiladi. Android ekotizimini «chuqulash»ning
imkoniyatlari deyarli cheksizdir.
Ba’zi Apple App Store’da yo‘q ilovalarning Play Marketda
mavjudligi platformaning keyingi ustunligi hisoblanadi. Masalan
tizimning asl xususiyatlarini inkor etuvchi – SwiftKey yoki eski
o‘yinlarning pultini eslatuvchi dasturlar kabi ba’zi ilovalar Apple tasdig‘idan o‘tmagan.
Google’ning
app do’koni Apple’ga hajm bo’yicha yetib olgan. Oktabr oyi ichida,
Google ham 700,000 dan ko‘p ilovaga ega ekanligini e’lon qildi.
Qaysi telefonni tanlashingizga qarab foydalanuvchi tajribasi farq qilishi mumkin.
Bunga sabab ishlab chiqaruvchilarning tizim ichidagi ixtisoslashgan
mavzuni qo‘llashidir. Misol uchun Nexus 4 «tozalangan» Android va Google
tomonidan boshqariladi, Samsung Galaxy S III bo’lsa o’zining» Samsunglashgan ifori»ga ega.
«Qolgan ishtirokchilarimiz»
Qolgan ikkita ulkan platformalar – Windows Phone va BlackBerry – o‘z alohida afzalliklariga ega bo‘lsada, Android va iPhonedagi ilovalar ko‘lamiga yetib olishlari vaqt talab qiladi.
Xulosa: iOS va Android ijobiy/salbiy jihatlari
iOS
- Ulkan miqdordagi dasturlar: planshetlar uchun alohida afzalligi, chunki smartfonlardagi ommabop dasturlar ko‘pincha ikkala platformada ham mavjud bo’ladi
- Facebook hamda Twitter bilan chuqurroq birlashuv: yangiliklarni kiritish va ijtimoiy sahifalarda bo‘lishish iOSda Androiddan ko‘ra osonroq
-
Faqatgina iOS’da uchrovchi dasturlar
masalan Passbook, FaceTime, Square kabi mobil to‘lovlar dasturi (iOS
3GS, 4, 4S, 5 va yuqori versiyalarda mavjud, Androidlarda esa
chegaralangan miqdordagi telefonlarda) -
Interfeys qulflangan:
Uy ekrani uchun chegaralangan moslashtirish variantlari; dasturlarni
faqatgina qatorlashgan ko‘rinishi. Faqatgina App Storedan dastur yuklay
olish imkoniyati -
Dastur yangilanishi:
Apple barcha «jismonan ko’tara oladigan» divayslari uchun yangilangan
ilova versiyasini chiqaradi (software upgrades). Bu degani divays 2 yo 3
yilcha joriy «soft»da ishlay oladi. - Nisbatan yaxshiroq shaxsiyat muxofazasi: iOS foydalanuvchining kontakt va joylashuvini talab etuvchi dasturlar ustida yaxshiroq nazorat o‘rnatgan
Android
- Ulkan miqdordagi divayslar: Ko‘plab Android gadjetlarini istalgan afzalliklar, ekran kattaligi, xususiyatlari va narxlarda bilan topish mumkin
-
Yuqori moslashuvchan UX:
Uy ekrani nafaqat dastur tugmasi bilan balki foydalanuvchini doimo
ogohlantirib va habardor etib turuvchi – turli vidjetlar bilan ham
boshqariladi. Yana misol qilib SwiftKey’ni olamiz, u Android smartingiz
klaviaturasini o’zgartirib beradi. Google o‘z do‘konida joylashtirish
uchun dasturlar ustidan Apple’ga qaraganda yengilroq talablar qo‘ygan.
Undan tashqari, istasangiz Google Playdan boshqa joydan ilova o‘rnating.
Manba:
Operatsion Tizim
iPhone yoki Android? Taqqoslaymiz