18+ saytlar nega .UZ domenida yo‘q?
Yangiliklar saytini yuritganim uchun, elektron pochtaga ogohlantirishlar kelib turardi, Ogohlantirish shundaki nojo‘ya saytlar, qimorga oid saytlar o‘zini saytini saytdagi profiliga yoki xabarlardagi izohlarga yozib ketish holatlari ko‘p bo‘lardi.
SEO dan xabarim bo‘lgani uchun ko‘p nojo‘ya saytlar nima uchun bunaqa qilishini bilaman. Shu sabab ogohlantirish kelib turardi, shu sahifada shu mazmunda maʼlumot bor, olib tashlang yoki domenni bloklab qo‘yamiz degan maʼnoda.
Nima demoqchiman, .UZ domeni doim tekshirilib turadi, shunchaki xohlagan mavzuda sayt qilib ketolmaysiz, qonun doirasida ishlash talab qilinadi. .UZ domeni toza ishlash uchun yaxshi, qing‘ir yo‘llarga to‘g‘ri kelmaydi.
2 kun oldin, 5 taga yaqin domenlarni ro‘yxatga olmoqchi edim, pulini to‘ladim, negadir bittasi ro‘yxatdan o‘tmadi, telefon qilishdi nega bu domenni olyapsiz? nima maqsadda ishlatasiz deb, nima maqsadda ishlatishimni tushuntirganimdan keyin ro‘yxatdan o‘tqazib berishdi. Tushunyapsizmi? hozirgi kunda aldovlar ko‘payib ketganligi uchun, dunyoda mashhur bo‘lgan domenlarga yaqin .uz variantini olishda tekshirib ko‘rishyabdi. Bu juda zo‘r xavfsizlik uchun eʼtiborsiz emas.
Maʼlumot uchun, shuning uchun .UZ domenda 18+ saytlar, azart o‘yinlarni saytlari yo‘q, kontentda ham ishtirok etsa ogohlantirish keladi. Shu tomoni juda yaxshi, nazorat qilib turishadi, bo‘lmasa bormi nimalar bo‘lib ketardi.
TV da ham shunaqa nazorat bo‘lganda, kinolarimizni oilaviy tomosha qilib o‘tiradigan bo‘lardik. Afsuski unaqa emas.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Dasturlash, Shaxsiy fikrlar
18+ saytlar nega .UZ domenida yo‘q?