Sayt yaratishda asosiy xatolik: Texnologiya tanlashda adashmang!

Sayt yaratishda asosiy xatolik: Texnologiya tanlashda adashmang!

Sayt yaratishda eng muhim qismlaridan biri, qaysi texnologiyada saytni qilish kerak? SEO bo‘yicha 7 yildan beri ishlab kelaman va mijozlarimda bo‘ladigan katta xatoliklardan biri to‘g‘ri texnologiyada sayt qildirmagani, to‘g‘ri ularda ham ayb emas, sababi tushunmaydi, sayt bo‘lsa bo‘ldi deb sayt yaratib qo‘yishgan.

Sayt nima maqsadda ochmoqchisiz shuni oldin aniqlab oling, ertaga ko‘proq trafik jalb qilish niyat bo‘lsa va blog joylab borish niyat bo‘lsa Tilda va kodda sayt qildirmang, Tildada sahifalar soniga qarab oylik to‘lov o‘zgarib boradi va har bir blog static qilib sahifa yaratib qo‘shib boriladi, kodda bo‘lsa har bir funksiya qo‘shimcha ish va ortiqcha mablag‘ talab qiladi, boshqa birovni kodiga boshqa dasturchi ishlagisi kelmaydi va boshqatdan sayt qilish yaxshi variant deb aytishi mumkin. Kodga tushunadigan mutaxassis topish ham muommo bo‘lishi mumkin. Topgan taqdiringizda ham qimmatga tushasiz.

Bir martalik loyihalar, kichik sayt bo‘lsa bo‘ldi deydigan loyihalar uchun tilda bo‘ladi, Tilda zapuskchilar uchun ideal variant. Murakkab saytlar uchun kodda yozgan yaxshi, misol uchun portallar, katta internet do‘konlar va shunga o‘xshab murakkab funksiyali loyihalar uchun kodda yozish to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, shunda ham SEO mutaxassis bilan maslahatlashgan holda qilinsa ertaga shuncha xarajat qilib sayt qildik nega odam kirmiyabdi deb vaqtingizni va mablag‘ingizni havoga uchirmaysiz. 

Nega deysizmi ko‘p dasturchilar SEO dan xabari bo‘lmaydi, aslida xabari bo‘lmasligi tabiiy hol, chunki mutaxassisligi kod yozish. Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkin, O‘zimizda kodda yozilgan saytlarda umuman SEO uchun moslashtirilmagan va visual ishlaydigan qilib berishadi dasturchilar. Bu keyinchalik buyurtmachiga boshidan struktura noto‘g‘ri tanlanganligi sababli qimmatga tushadi. 

Kichikroq va o‘rta loyihalar uchun wordpress yaxshi variant, faqat hosting va domenga pul to‘laysiz, cheksiz sahifalar yaratish mumkin, muhimi bepul. 2024 yil statistikasiga ko’ra dunyo bo’yicha 43-45% saytlar wordpressda ochilgan va CMS bozori bo’yicha 60% wordpressga to’g’ri keladi. 

Xohlagan paytingizni SEO mutaxassis yollashingiz mumkin, WordPress SEO bo‘yicha barcha standartlarga to‘g‘i keladi. Hostingga o‘rnatish ham oson. Ertaga loyihani optimizatsiya qilish niyatingiz bo‘lsa ham mutaxassis topish murakkab emas va qimmatga ishlashmaydi. Kompaniya saytlari, kichik internet magazinlar, blog saytlar va shunga o‘xshash loyihalar uchun ideal tanlov. O‘zimga ham maslahat so‘rab yozsangiz to‘g‘ri tanlov qilishingizga yordam berib yuboraman.

Dunyodagi barcha saytlar bo’yicha kichik statisika: 

WordPress: 43-45%

Wix: 2-3%

Shopify: 4-5%

Tilda: 0.1-0.3%

Bu postni nimada sayt yaratamiz yoki sayt yaratish rejasi bor odamlarga yetkazib qo‘ying, ertaga 2-3X ortiqcha to‘lov qilishmasin.

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring.

Dasturlash, Sayt yaratish
Sayt yaratishda asosiy xatolik: Texnologiya tanlashda adashmang!