“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”

“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”
ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari 65ca89db6950d

page 1 1

“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”

Mundarija скрыть
“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”
DO`STLARGA ULASHING:
1944 yil 25 avgustda fransuz vatanparvarlari tomonidan ozod qilingan Parijga kirdilar va Fransiya respublikasi muvaqqat hukumati Londondan Parijga keldi. 1944 yilning sentyabrida ittifoqchilarning qo’shinlari Fransiyani, Lyuksemburgni, Belgiyani va Gollandiyaning bir qismini ozod qildilar, hamda Germaniya chegarasiga o’tdilar. 1944 yil oxiri va 1945 yil boshiga kelganda kuchlar nisbati to’la Sovet armiyasi foydasiga o’zgargandi. Lekin dushman hali kuchli edi, uning 204 diviziyasi Sovet-German frontida edi, faqat 70 dan kamroq diviziyasi g’arbiy yevropa frontida edi. 1945 yil aprel o’rtalarida gitlerchilar Sovet qo’shinlariga qarshi 214 diviziya va 14 brigada, ittifoqchilarga qarshi 60 diviziyaga ega edi. 1945 yilning 16 aprelidan Berlin operatsiyasi boshlandi. 23 aprelda Sovet qo’shinlari Berlinga kirdilar, 25 aprelda Berlin hamma yoqdan qurshab olindi. G’arbdan ittifoqchi qo’shinlar Reyndan o’tib, Elba daryosi tomon yurdilar va 25 aprelda Sovet qo’shinlari Amerika qo’shinlari bilan uchrashdilar.1945 yil 25 aprelda Shimoliy Italiyadagi xalq qo’zg’oloni natijasida Mussolini rejimi bitirildi, qo’lga tushgan Mussolini partizan sudi hukmi bilan 28 aprelda osib o’ldirildi. 1945 yil 8 mayda SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya qo’mondonliklarining vakillari ishtirokida Germaniya qo’mondonligining vakillari (Keytel va boshqalar) Germaniyaning so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risidagi aktga imzo chekdi. O’rta maxsus o’quv yurtlari tarix darslarida ushbu ma’lumotlarni o’qituvchi tomonidan ma’ruza yoki hikoya tarzida berib o’tilishi o’quvchilarda to’liq tasavvur hosil qilmaydi va yetarli darajada ko’nikma va malakaga ega bo’lishmaydilar.
Shunday yonginamizda snaryadlar portladi. Bizni chang-tuproq bosib qoldi. Oskolkalar har tarafga vizillab uchardi. Biz jon saqlash uchun yana bunkerga qaytdik.Asabiy tanglik so’nggi nuqtasiga yetgandi. Biz jasadlarga benzin sepish uchun snaryadlar portlashi kamayuvini sabrsizlik bilan kutardik. Nihoyat men Gitlerning so’nggi buyrug’ini bajarish uchun otildim va ming mashaqqatlar bilan o’z-o’zimni majburlab murdalar ustiga benzin quyib chiqdim.Butun vujudimni titroq bosdi. O’z-o’zimni idrok qilolmay qolgan lahzalar ham bo’ldi.«yo’q, men bunday qilolmay-man!»—degan o’y ko’p o’tdi xayolimdan.Lekin baribir javobgarlik hissi menga yordamga keldi. Men bilan yonma-yon Gyunshe va Linge ham Gitler va uning rafiqasi oldidagi o’z burchlarini bajarishayotgan edi. Murdalarning kiyimlarini, ular to benzin shimib shalabbo bo’lmaguncha, shamol tinmay hilpiratib o’ynar edi.Gyunshe va Linge ham Adolf Gitlerning so’nggi topshirig’ini bajarisharkan, ichki bir kurashni boshdan kechirishayotganliklari aniq sezilib turardi.Snaryadlar hamon tinimsiz portlardi. O’lim xavfini ham unutib, men bunkerdan ketma-ket benzin to’la idishlarni olib chiqaverdim. Murdalar ustiga to’kaverdim. Beton devor oqayotgan benzin yo’lini to’sdi. Murdalar yotgan joyda ko’lmakcha hosil bo’l-di. Ularning kiyimlari hamon benzin shimib olayotgandi. Biz yana benzin olib chiqish uchun bunkerga otilib kirdik. Ammo shunda shturm shunchalik zo’raydiki, tashqariga chiqish mutlaqo mumkin bo’lmay qoldi. Faqat mo’jiza tufayligina omon qoldik. Bunkerdan chiqaverishda, bu dahshatli vazifani bajararkanmiz, Gebbels, Borman va do’xtir Shtumpfegterlar ham biz bilan yonma-yon turishardi. Hammamiz do’zax ichida qolganday edik. Ammo qanday qilib benzinni o’t oldirsak ekan endi? Granata uloqtirib yoqish taklifini men rad qildim. Tasodifan bunker ostonasida o’ralib yotgan o’t o’chirish shlanglari orasidagi lattaga ko’zim tushib qoldi.
Hammamiz nafas yutgancha, tosh qotib qarab turardik. Bir daqiqa ham o’tmay, bahaybat gulxan paydo bo’ldi, qop-qora tutun ko’kka o’rladi.O’t ichida qolgan poytaxtda bu ulkan va yovuz qora gulxan juda qo’rqinchli manzara kasb etgandi.Gebbels, Borman, do’xtir Shtumpfegter, Linge, Gyunshe va men hamon toshday qotgancha bu fojiani kuzatardik. Olov asta-sekin murdalarni yutib yubormoqda edi. Biz, oltovlon, hammamiz shef va uning rafiqasi bilan so’nggi bor vidolashdik. So’ngra yuraklarimizni bu voqealar dahshati bosgancha, bunker ichkarisiga tushdik.Benzin yonib tugay deb qoldi. Ammo murdalar hali to’lig’icha kuyib ko’mir bo’lmagan edi. Tamomila so’nib ulgurmagan gulxanga benzin sepishning iloji yo’qligidan yana bir qancha muddat kutib turishga to’g’ri kelardi. Ammo o’ris to’pchilari otishmani to’xtatishmadi. Jasadlar kuyib kul bo’lmaguncha benzin sepib, o’t yoqishimiz mumkin emasdek tuyulardi.Murdalarga o’t qo’yish soat 14-00da boshlanib to 19 dan 30 daqiqa o’tguncha cho’zildi. Haddan tashqari og’ir sharoitlarda, naq o’lim xavfi ostida qolib, yana bir necha yuz litr benzin topishga to’g’ri keldi. Biz bunkerga qaytib kelgani-mizda, u yerda butun shtab to’plangan ekan. Ayrimlar fyurer va uning rafiqasi hurmati uchun yana bir bor tashqariga chiqib tushdilar. Hukumat mavzeining komendanti, brigada fyureri Monke, politsiya generali Rattenguber kabi janglarda chiniqqan ofitserlarning ko’zlaridan tinmay yosh oqar edi. Garchi bu voqealar ko’pchiligimiz uchun kutilmagan hodisalar bo’lmasa-da, fyurerning endi oramizda yo’qligi — bizni qattiq larzaga solgan edi. Bu qarorgohda hukm surgan osoyishtalikdan Adolf Gitler o’lgach, asar ham qolmagandi. Hamma qattiq iztirobda qolgan, endi nima bo’lishini hech kim bilmas edi. Hammani qo’rquv zabt etgandi.
Dushman 1942 yilning iyun oxirida katta kuch bilan yana hujumga o’tdi. Biroq, Sovet qo’shinlarining yangi shiddatli janglari natijasida 1942 yilning 19 noyabridan 1943 yilning 2 fevraligacha nemis-fashistlarning 330 minglik 2 ta armiyasi tor-mor qilindi. Bulardan 147 mingi halok bo’ldi, 91 mingdan ortig’i feldmarshal Pauls boshchiligida asir olindi. Italyan, rumin va venger diviziyalari yakson qilindi, hammasi bo’lib dushman 800 mingdan ortiq soldat va ofitserini, 2000 tank, 3 ming samolyot, 70 ming avtomashinasini yo’qotdi. Germaniyada umumiy motam e’lon qilindi. Nemis-fashistlar ikkinchi frontning ochilmaganidan foydalanib, 1943 yilning yozida Sovet-German frontida o’zlarining 257 diviziyasini to’pladilar. Kursk yonida ular «Sitadel» deb nomlangan operatsiyani amalga oshirish uchun 900 ming soldat va ofitserini, 10 mingga yaqin to’p va minomyotni, 3 mingga yaqin tank va o’zi yurar to’plarni, 2 mingdan ortiq samolyotni tashladilar. 1943 yilning 5 iyulida ular hujum boshladilar, biroq, 12 iyulda Sovet qo’shinlari qarshi hujumga o’tib 23 avgustgacha dushmanning katta kuchini tor-mor qilib tashladi. Dushman o’zini o’nglab ololmaydigan darajaga kelib qoldi. Kursk ostonasidagi jang 2-jahon urushining eng katta janglaridan biri hisoblanib, tubdan burilish tugallandi. Faqat Kursk ostonasida dushmanning 30 ga yaqin diviziyasi yakson qilindi. Nemis-fashistlarining Stalingrad ostonasida so’ngra Kursk yonida bo’lgan katta mag’lubiyati yevropada fashizmga qarshi milliy- ozodlik kurashining boshlanishiga olib keldi. Yugoslaviya, Fransiya, Italiya, Chexoslovakiya, Polsha, Bolgariya, Albaniya, Gretsiya, Ruminiya, Norvegiya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda bunday kurashlar o’sdi. Osiyoda va Tinch okean havzasida -Xitoyda, Koreyada, Hindi-Xitoyda, Filippin orollarida, Birma, Malayya va Indoneziyada erksevar xalqlar Yaponiya bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashini boshladilar. 1941 yil kuzida Angliya-Amerika qo’shinlarining asosiy qismi Shimoliy Afrikada edi. Dushman asosiy kuchlarining Sovet-German frontida bo’lishi Angliya-Amerikaga Shimoliy Afrikada xujumga o’tish imkoniyatini tug’dirdi. 1941 yil kuzida Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiya 100 ming kishilik harbiy kuchga, Angliya esa 150 ming kishilik harbiy kuchga ega edi. 1941 yil noyabrida gen. Montgomeri qo’mondonligidagi ingliz qo’shinlari hujumga o’tib, 1942 yil yanvarida Kirenaikani egalladilar. Lekin general Rommel qo’mondonligidagi nemis-italyan qo’shinlarining qarshi hujumlari natijasida inglizlar yana Misrga Al-Alamaynga chekindilar. 1942 yilning 23 oktyabrida ingliz qo’shinlari qarshi hujumga o’tib, agressorlarni Misrdan surib chiqardilar, Kirenaika va Tripolitaniyani egalladilar. 1942 yilning 8 noyabrida Amerika generali Eyzenxauer boshchiligidagi 700 ming kishilik ingliz-amerika qo’shinlari uch guruhga bo’linib hujum boshladi va Shimoliy-g’arbiy Afrika, Fransiya Marokashi va Jazoir hududlarini egallab Tunis hududiga kirdilar. 1943 yilning 20-21 martida ittifoqchilar hujumni davom ettirdilar. Italyan-nemis qo’shinlari ko’p talofat ko’rib, O’rta yer dengizi qirg’oqlariga chekindilar. Angliya-Amerika armiyasi Tunisni ishg’ol qildilar va nihoyat 1943 yilning 12 mayida Shimoliy Afrikada italyan-nemis qo’shinlari taslim bo’ldi.
9 avgustda Sovet qo’shinlari shiddatli hujumlarini boshlab yubordi va 1945 yilning 2 sentyabrida Yaponiya so’zsiz taslim bo’lish aktiga imzo chekdi. Janubiy Saxalin va Kuril orollari SSSRga o’tdi. Yaponiyaning taslim bo’lishi bilan 2-chi jahon urushi ham tugadi. II-jahon urushi 6 yil davom etdi va deyarli barcha mamlakatlarni o’ziga tortdi. Urushda 61 davlat ishtirok etdi, 40 ta mamlakat hududida urush xarakatlari bo’ldi. Jahon aholisining 80 % urushda faol qatnashishga majbur bo’ldi. Hammasi bo’lib, 110 mln kishi qurollantirildi, 60 mlnga yaqin kishi halok bo’ldi, 35 mln kishi mayib-majruh bo’lib qoldi. Yevropadagi qamoq va o’lim lagerlarida 12 mlndan ortiq kishi halok bo’ldi. Urushda AQSH 300 ming, Angliya 250 ming, SSSR 24 mln, Germaniya 12; mln, Polsha 6 mln kishisidan ajraldi. II-jahon urushi keltirgan zararlar 3 trillion 300 mlrd dollarga yetdi. Harbiy harajatlarni ham qo’shib hisoblaganda 4 trillion dollarga tenglashdi. SSSR ko’rgan zarar 2 trillion 600 mlrd. so’mga yetdi. Sovet-German frontida hammasi bo’lib, 507 ta nemis diviziyasi va uning ittifoqchilarining 100 ta diviziyasi tor-mor qilindi. SSSR ittifoqchilari-AQSHva Angliya dushmanning 176 diviziyasini tor-mor qildilar. Dushmanni tor-mor qilishda Sharqiy frontning roli katta bo’ldi. AQSHning sobiq davlat kotibi Stetinnus o’z asarlarining birida (1950 y) shunday deb yozadi: «Amerika xalqi o’zining 1942 yilda halokat yoqasida turganini esdan chiqarmasligi kerak. Agar Sovet Ittifoqi o’z frontini ushlab qolmaganda, nemislar Buyuk Britaniyani zabt etish imkoniyatiga ega bo’lardilar. SHuningdek, ular Afrikani bosib olishga so’ngra esa Lotin Amerikasida platsdarm yaratishga qodir bo’la olar edilar». 1945 yil 8 avgustda London shahrida SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya vakillarining konferensiyasi bo’lib, bunda Xalqaro harbiy tribunal tuzish va uning nizomini ishlab chiqish masalasi ko’rildi, hamda fashistik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayonini olib boradigan Xalqaro harbiy tribunal tuzilganligi to’g’risida bitim tuzdilar. qisqa vaqt ichida bu bitimga 19 ta davlat qo’shildi. Tribunalda asosiy qoralovchi davlatlar SSSR, AQSH, Angliya va Fransiyadan iborat qoralovchilar komiteti tuzildi. 29 avgustda fashist bosh aybdorlarining ro’yxati e’lon qilindi, ular 24 ta bo’lib, natsist siyosatchilari, harbiylari, diplomatlari, ideologlari va ishlab chiqarishdagi mutaxassislaridan iborat edi. Jumladan, Gering, Gess, Ribbentrop, Borman, Keytel, Ley, Krupp, Kaltenbrunner, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Shaxt, Funk, Denits, Reder, Shirax, Zaukel, Iodl, Papen, Zeyss-Inkvart, Shpeyer, Neyrat va Frichlardan iborat edi. Nyurnberg jarayoni, xalqaro jamoatchilik ko’zi oldida oshkora olib borildi. 403 ta ochiq sud majlisi bo’lib o’tdi. Sud zaliga 60 mingta ruxsatnoma tarqatilgan edi. Radio, kino, matbuot millionlab kishilarni bo’layotgan sud jarayonidan xabardor qilib bordi. Buning uchun ommaviy axborot vositalarining vakillariga zaldan ko’p o’rin ajratildi, 350 o’rinning 250 tasi ularga berildi. Nyurnberg jarayoni 22 ta bosh nemis-natsistlari ustidan 2500 ta hujjatli faktlar keltirdiki, ularning oqlovchi-himoyalovchilari ham biron-bir ish qilolmay qoldilar. Nima uchun 22 ta dedik, shuning uchunki, Borman delosi u yashiringanligi uchun sirtdan ko’rildi va hukm chiqarildi, Krupp kamerada o’zini urib, shol qilib tashlaydi, shuning uchun uning ishi to’xtatiladi. Ley qoralovchi xujjatning xulosasi bilan tanishib chiqqandan keyin kamerada o’zini-o’zi osib qo’yadi. Nyurnberg sud jarayoni 10 oy davom etdi va 1946 yilning 1 oktyabrida Xalqaro harbiy tribunal o’zining hukmini chiqardi: Gering, Ribbentrop, Keytel, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Zaukel, Yodl, Zeys-Inkvart, Kaltenbrunner va Borman (sirtdan) osib o’ldirish bilan o’lim jazosiga hukm qilindi; Gess, Reder va Funk — umrbod qamoqqa, Shirax va Shpeyer — 20 yilga; Neyrat — 15 yilga; Denits- 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

DO`STLARGA ULASHING:

Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”
LOYIHA TOPSHIRIG’I
 Kirish. Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 31 avgust kuni Germaniya    Polsha hududiga bostirib kirishi bilan urush boshlandi  va Polsha  qisqa vaqtda bosib olindi.  1940 yil 10 mayda Yevropaning  uch davlatini  tor-mor  keltirishni  ko’zda tutuvchi «Gelb» operatsiyasi boshlandi. Nemis qo’shinlarining  bosqini Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiyaning  aerodromlari, qo’mondonlik punktlari, harbiy omborlari  va muhim  sanoat  markazlariga  kuchli havo  hujumi bilan  boshlandi.  1940 yil 14 mayda Gollandiya taslim bo’ldi. Angliya-Fransiya  va Belgiyaning  katta harbiy kuchlari nemis qo’shinlari tomonidan dengizga  Dyunkerk yaqinida qisib qo’yildi. Faqat ularning bir qismi  Britaniya orollariga evakuatsiya qilindi, 28 mayda  Belgiya  taslim bo’ldi.
            Dengiz bo’yidagi  ittifoqchilar qo’lida bo’lgan  so’nggi yirik port Dyunkerk xavf ostida qoldi. Angliya qo’mondonligi o’z qo’shinlari va Belgiya-Fransiya qismlarini evakuatsiya qilishga qaror qildi. 1940 yil 4 iyungacha davom etgan Dyunkerk  operatsiyasi  davomida 338000 ga yaqin  kishi, shu  jumladan 123 ming  fransuz va belgiyaliklar olib chiqib ketildi. Bor og’ir harbiy  texnika evakuatsiya hududiga tashlab ketildi va gitlerchilarning qo’liga  tushdi. Angliyaliklar  evakuatsiya  davrida  224 ta kema va transport (sudna), hamda 106 ta samolyotdan  ajralib  qoldi.  Vermaxtning g’arbiy Yevropadagi birinchi harbiy  operatsiyasi  mana shunday tugadi. Unga ko’ra, gitlerchilar Gollandiya va Belgiyaning harbiy  kuchlarini taslim  ettirdi  va 28 ta  fransuz  diviziyasini  tor-mor keltirdi. Nemis-fashist qo’shinlari Fransiyaning shimoldagi qo’shinlariga ketma-ket  zarbalar berib, Fransiya shimolidan  janub va janubi-g’arbiy tomonlarga kirib bordilar. Fransiyaning  asosiy harbiy  kuchlari Fransiya-Germaniya chegarasida, «Majino chizig’i»da qolib ketaverdi.
            1940 yil  5 iyunda Germaniya Parij tomon  hujum boshladi, 10 iyunda Italiya ham  Angliya  bilan Fransiyaga  urush e’lon qildi va qisqa vaqt ichida  ishg’ol qildi.
            1940 yil  27  senyatbrda  Berlinda Germaniya Italiya va Yaponiya  bilan harbiy-siyosiy ittifoq to’g’risida uchlar ahdnomasini  imzoladi. Bunda birlashib harakat qilish va dunyoni ta’sir  doiralariga bo’lib olish to’g’risida kelishib olindi. Yaponiya   Germaniya va Italiyaning Yevropa  va Afrikada hukmron bo’lishiga, Germaniya va Italiya  esa Yaponiyaning Osiyoda hukmron bo’lishiga rozilik bildirdi. Berlin ahdnomasi Angliya va AQSHga  ham qarshi  qaratilgan  edi.
             1941 yil 22 iyunda erta tongda Gitler Germaniyasi xiyonatkorona ravishda  SSSRga hujum boshladi. Germaniya bilan birga Italiya, Ruminiya, Vengriya, Finlyandiya  va Slovakiya  ham SSSRga qarshi urush boshladilar. Germaniya va uning ittifoqchilari  o’z qurolli kuchlarining  65-70 %ni SSSRga qarshi qo’ydilar. Germaniya o’zining  o’sha vaqtdagi 214  diviziyasi va 7 brigadasidan  152  diviziyasi va 2 brigadasini, ya’ni 5,5 mlnga, yaqin soldat va ofitserini, ittifoqchilari 38 diviziyani hammasi bo’lib 190 diviziyani, tank va mexanizatsiyalashgan 35 diviziyani (3,5 ming tankni) 5000 ga yaqin  samolyotni,  50 mingdan ortiq to’p va minomyotni SSSRga qarshi tashladilar. Fashist Ispaniyasi «Zangori diviziyasi» bilan, Vishi hukumati «Ko’ngillilar Legioni» bilan SSSRga qarshi urushda  ishtirok etdi.  Podsho Bolgariyasi Germaniyaga yordam   ko’rsatib turdi. II-jahon  urushining  doirasi  kengayib bordi.  1941  yil  7 dekabrda  Yaponiya urush e’lon qilmay, AQSH  va Angliyaning Tinch okeandagi  harbiy-dengiz va harbiy-havo  kuchlariga  hujum qilib,  jiddiy  zarar yetkazdi. Pirl-Xarbor  (Gavay orollari)ga  hujumi  natijasida AQSHning Tinch okeandagi harbiy kemalarining  deyarlik yarmisi yo’q qilindi. AQSHning Pirl-Xarbordagi  talofati juda og’ir talofat bo’ldi: shu  bazadagi  8 linkorn  ishdan  chiqarildi, uning yarmisi cho’ktirib yuborildi; 316 samolyoti  shikastlandi  va yakson  qilindi;  3 mingga  yaqin  amerikaliklar  halok bo’ldi.
            Yaponiya tezlik bilan hujum boshlab, 1941  yil oxiri — 42 yil boshida Tailand, Birma, Gonkong, Indoneziya orollari,  Singapur va Filippinni ishg’ol qildi. AQSHva Angliyaning   Tinch okeandagi bir qator orollarini (Guam, Ueyk, Yangi Britaniya,  Yangi Gvineyaning  bir qismi va boshqalarni)  egalladi.
            Yaponiya Tinch okeanda urush harakatlarini boshlab yuborgandan  keyin, o’sha  1941 yil  11 dekabrda Germaniya va Italiya AQSHga qarshi, 8 dekabrda  AQSH, Yaponiyaga, so’ng Germaniya va Italiyaga qarshi, Angliya o’z dominionlari bilan  birga Yaponiyaga qarshi urush  e’lon qildilar.  Xitoy rasmiy  ravishda  Yaponiya, Germaniya va Italiyaga qarshi urush e’lon qildi. Uch agressiv davlat- Germaniya, Italiya va Yaponiya 1941 yil 11 dekabrda Uchlar ahdnomasiga (1940 y)  qo’shimcha yangi  harbiy ahdni  imzoladilar:  birgalikda va barcha  vositalar bilan Angliya va AQSHga qarshi urush olib borish, o’zaro roziliksiz ular bilan yarashmaslik  va sulh tuzmaslik majburiyatlarini oldilar. Ular harakat zonalarini ham belgilab olishdi.  Stalingrad jangi II-jahon  urushida tubdan burilish jangi bo’ldi, bu jang Yaponiya bilan Turkiyaning SSSRga qarshi urush boshlash rejalarini  barbod qildi.  1941 yil noyabrida general Montgomeri qo’mondonligidagi ingliz  qo’shinlari hujumga o’tib, 1942 yil yanvarida Kirenaikani egalladilar. 1943 yilning 20-21 martida  ittifoqchilar hujumni  davom ettirdilar. Italyan-nemis qo’shinlari ko’p talofat  ko’rib, O’rta yer dengizi qirg’oqlariga  chekindilar. Angliya-Amerika  armiyasi  Tunisni  ishg’ol qildilar  va nihoyat  1943  yilning  12 mayida  Shimoliy  Afrikada  italyan-nemis  qo’shinlari  taslim bo’ldi. Bu g’alaba  ittifoqchilar  uchun  ikkinchi  frontni ochish  uchun imkoniyat  tug’dirib berdi.
            1944 yil 25 avgustda fransuz vatanparvarlari  tomonidan  ozod qilingan  Parijga kirdilar va Fransiya  respublikasi muvaqqat  hukumati Londondan  Parijga  keldi.          1944 yilning sentyabrida ittifoqchilarning qo’shinlari Fransiyani, Lyuksemburgni, Belgiyani va Gollandiyaning bir qismini  ozod qildilar, hamda   Germaniya  chegarasiga  o’tdilar. 1944 yil oxiri  va 1945  yil boshiga kelganda  kuchlar nisbati  to’la Sovet armiyasi  foydasiga o’zgargandi. Lekin  dushman hali  kuchli  edi, uning 204 diviziyasi Sovet-German  frontida edi,  faqat 70 dan kamroq  diviziyasi  g’arbiy yevropa  frontida edi.  1945  yil aprel o’rtalarida  gitlerchilar   Sovet qo’shinlariga  qarshi 214 diviziya va 14 brigada, ittifoqchilarga qarshi 60 diviziyaga ega edi. 1945 yilning 16 aprelidan Berlin operatsiyasi boshlandi. 23 aprelda Sovet qo’shinlari Berlinga kirdilar, 25 aprelda Berlin hamma  yoqdan qurshab olindi. G’arbdan ittifoqchi  qo’shinlar  Reyndan o’tib,  Elba daryosi  tomon yurdilar va 25 aprelda Sovet qo’shinlari Amerika qo’shinlari bilan  uchrashdilar.1945 yil 25 aprelda Shimoliy Italiyadagi xalq qo’zg’oloni  natijasida Mussolini rejimi bitirildi, qo’lga tushgan  Mussolini partizan sudi hukmi bilan 28 aprelda osib  o’ldirildi. 1945 yil 8 mayda SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya   qo’mondonliklarining vakillari ishtirokida Germaniya  qo’mondonligining vakillari (Keytel va boshqalar)  Germaniyaning  so’zsiz  taslim bo’lganligi to’g’risidagi  aktga  imzo chekdi. O’rta maxsus o’quv yurtlari tarix darslarida ushbu ma’lumotlarni o’qituvchi tomonidan ma’ruza yoki hikoya tarzida berib o’tilishi o’quvchilarda to’liq tasavvur hosil qilmaydi va yetarli darajada ko’nikma va malakaga ega bo’lishmaydilar.
         Loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi, muammo: Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari mavzusini turli manba va adabiyotlar asosida o’rganib tasavvur  hosil qilgach, ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqida slayd, hujjatli fi’lm, intervyu namunalarini o’zlari tayyorlab, tarixiy davr haqida batafsil ko’nikma va malakaga ega bo’lish
Loyiha maqsadi: Mavzuni loyiha metodi asosida yoritib,yangi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish
Yakuniy natija: Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari  mavzusini yoritib beruvchi  manbalar to’plami, mavzuga oid slayd , davr muhitini tasvirlovchi    hujjatli fi’lm, intervyudan  iborat ko’rgazmali axborotlar majmuasi.
Foydalanuvchilar: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari  tarix fani o’qituvchilari,  tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari va o’quvchilar
Loyiha doirasi:
  • bajarish muddati: 1 oy
  • ishtirokchilar soni: o’nta
Loyiha tuzilishi va mazmuni
  • Kirish – ma’lumotli axborotning mohiyati va vazifasi ochib beriladi.
  • Loyiha mavzusini yoritib beruvchi, axborot.
  • Foydalanilgan manbalar ro’yxati.
          Bo’lajak tarix o’qituvchisi ushbu mavzuni guruh bilan ishlashga kelishib olindi.Laboratoriya mashg’uloti guruh a’zolari ishtirokida Kirish suhbatini o’tkazish bilan boshlanadi.Kirish suhbati “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida bo’lib, bu suhbat jarayonida mavzu orqali loyiha faoliyatiga cho’mishga hozirlaydi. Kirish suhbatida o’quvchilarning mavzu bo’yicha qanchalik ma’lumotlarga egaligi, mavzuni qay tarzda qiziqarli o’rganish mumkinligini aniqlashtirib oladi. Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusi orqali  XX asrning birinchi yarmidagi siyosiy voqealar , jahon mamlakatlarining olib borgan siyosatlari, Ikkinmchi jahon urushining asosiy jang   harakatlari va ularning yakunlari, oqibatlarining tub mohiyatini ochib berishni   muammo tarzida qo’yadi. O’quvchilar bu muammoni o’rganish uchun loyiha rejalashtiradilar.Loyiha rejasini tub mazmuni mavzuni darslik mavzusiga qaraganda yanada yorqin, batafsil, qiziqarli va chuqur tarzda o’rganishni taqozo etadi. Muhokama jarayonida bo’lajak tarix o’qituvchisi o’quvchilarga “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”mavzusiga oid ushbu adabiyotlarni tavsiya etadi:
  1. Lafasov M. Jahon tarixi 1918-2013 yillar .Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik T.Turon-iqbol 2013 y.
  2. Hidoyatov. G.Jahon tarixi. Eng yangi davr. Birinchi qism (1914-1945) Toshkent-2000 y.
  3. 3. Z.R. G’arb mamlakatlarining Eng yangi tarix (1939-1972) 2-kitob, Toshkent-1976 y.
  4. Vtoraya mirovaya voyna (1939- 1945) v 12-ti tomax. Moskva-1973-1982 g.g.
  5. 5. Google.uz www. Ziyonet.uz
Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”mavzusini o’quvchilardagi qiziqishni yanada orttirish uchun adabiyotlardan parchalar keltiradi:
«Adolf Gitlerni o’zim yoqqanman…»
   Gitlerniig shaxsiy haydovchisi Erix Kempka 1950 yilda o’z xotiralarini nashr qildirdi. Uning guvohliklari hazilu shumliklardan yiroq. U o’z vaqtida «mutlaqo siyosatga begona shaxs» degan nom qoldirgan edi.1945 yil 30 aprel, ayni tush payti.
*    *    *
Doktor Shtumpfegter va Linge qop-qora askar yoping’ichiga o’ralgan Adolf Gitler jasadini ko’tarib chiqishdi. Shefning yuzi qosh-ko’zlarigacha yopib qo’yilgan, butunlay oqarib ketgan sochlari orasidan bo’zarib ketgan peshonasi ko’rinar, chap qo’li yopinchiqdan chiqib, pastga osilib qolgan edi.Orqalaridan Martin Borman Yeva Gitler murdasini ko’tarib kelardi, yengil qora ko’ylak kiygan marhuma uning qo’llarida uxlab qolganday ko’rinardi. Uning qo’ng’iroq sochli boshi orqasiga qayrilib tushdi. Bu manzara meni marhum shef jasadidan ko’ra kuchliroq larzaga soldi.   Gitlerning murdasi hamon o’rog’likcha, bunker tarafga oyoq uzatib yotar — uni shunday yerga qo’yishgan edi. Uzun qora shimining pochalari ko’tarilib qolgandi. Gyunshe ikkalamiz Yeva Gitler jasadini uning eri yoniga qo’ydik. Hamon atrofda o’ris snaryadlari portlar, go’yoki xuddi shu daqiqalarda zarba ikki karra zo’raygandek edi. Men nafas rostlab olish uchun orqaga — bunkerga o’tildim. So’ngra bak to’la benzinni olib, yugurib chiqdim-da, murdalar yoniga qo’ydim. Darhol egilib, Gitlerning chap qo’lini to’g’rilab, tanasiga yaqin surdim. Uning oppoq sochlarini shamol o’ynar edi.Men idishning qopqoqchasini oldim.
      Shunday yonginamizda snaryadlar portladi. Bizni chang-tuproq bosib qoldi. Oskolkalar har tarafga vizillab uchardi. Biz jon saqlash uchun yana bunkerga qaytdik.Asabiy tanglik so’nggi nuqtasiga yetgandi. Biz jasadlarga benzin sepish uchun snaryadlar portlashi kamayuvini sabrsizlik bilan kutardik. Nihoyat men Gitlerning so’nggi buyrug’ini bajarish uchun otildim va ming mashaqqatlar bilan o’z-o’zimni majburlab murdalar ustiga benzin quyib chiqdim.Butun vujudimni titroq bosdi. O’z-o’zimni idrok qilolmay qolgan lahzalar ham bo’ldi.«yo’q, men bunday qilolmay-man!»—degan o’y ko’p o’tdi xayolimdan.Lekin baribir javobgarlik hissi menga yordamga keldi. Men bilan yonma-yon Gyunshe va Linge ham Gitler va uning rafiqasi oldidagi o’z burchlarini bajarishayotgan edi. Murdalarning kiyimlarini, ular to benzin shimib shalabbo bo’lmaguncha, shamol tinmay hilpiratib o’ynar edi.Gyunshe va Linge ham Adolf Gitlerning so’nggi topshirig’ini bajarisharkan, ichki bir kurashni boshdan kechirishayotganliklari aniq sezilib turardi.Snaryadlar hamon tinimsiz portlardi. O’lim xavfini ham unutib, men bunkerdan ketma-ket benzin to’la idishlarni olib chiqaverdim. Murdalar ustiga to’kaverdim. Beton devor oqayotgan benzin yo’lini to’sdi. Murdalar yotgan joyda ko’lmakcha hosil bo’l-di. Ularning kiyimlari hamon benzin shimib olayotgandi. Biz yana benzin olib chiqish uchun bunkerga otilib kirdik. Ammo shunda shturm shunchalik zo’raydiki, tashqariga chiqish mutlaqo mumkin bo’lmay qoldi. Faqat mo’jiza tufayligina omon qoldik. Bunkerdan chiqaverishda, bu dahshatli vazifani bajararkanmiz, Gebbels, Borman va do’xtir Shtumpfegterlar ham biz bilan yonma-yon turishardi. Hammamiz do’zax ichida qolganday edik. Ammo qanday qilib benzinni o’t oldirsak ekan endi? Granata uloqtirib yoqish taklifini men rad qildim. Tasodifan bunker ostonasida o’ralib yotgan o’t o’chirish shlanglari orasidagi lattaga ko’zim tushib qoldi.
— Ana latta bor ekan!— qichqirdim hayajonda.
Gyunshe darhol uni olib keldi. Shu ondayoq lattaga benzin quyib:
— Gugurt!— deb   baqirdi   u.
Gebbels cho’ntagidan gugurt qutichasini chiqarib, menga uzatdi. Men lattaga o’t qo’ydim. Olov gurillab ketmasidan, men yonayotgan lattani benzin shimib yotgan murdalar ustiga uloqtirdim.
Hammamiz nafas yutgancha, tosh qotib qarab turardik. Bir daqiqa ham o’tmay, bahaybat gulxan paydo bo’ldi, qop-qora tutun ko’kka o’rladi.O’t ichida qolgan poytaxtda bu ulkan va yovuz qora gulxan juda qo’rqinchli manzara kasb etgandi.Gebbels, Borman, do’xtir Shtumpfegter, Linge, Gyunshe va men hamon toshday qotgancha bu fojiani kuzatardik. Olov asta-sekin murdalarni yutib yubormoqda edi. Biz, oltovlon, hammamiz shef va uning rafiqasi bilan so’nggi bor vidolashdik. So’ngra yuraklarimizni bu voqealar dahshati bosgancha, bunker ichkarisiga tushdik.Benzin yonib tugay deb qoldi. Ammo murdalar hali to’lig’icha kuyib ko’mir bo’lmagan edi. Tamomila so’nib ulgurmagan gulxanga benzin sepishning iloji yo’qligidan yana bir qancha muddat kutib turishga to’g’ri kelardi. Ammo o’ris to’pchilari otishmani to’xtatishmadi. Jasadlar kuyib kul bo’lmaguncha benzin sepib, o’t yoqishimiz mumkin emasdek tuyulardi.Murdalarga o’t qo’yish soat 14-00da boshlanib to 19 dan 30 daqiqa o’tguncha cho’zildi. Haddan tashqari og’ir sharoitlarda, naq o’lim xavfi ostida qolib, yana bir necha yuz litr benzin topishga to’g’ri keldi. Biz bunkerga qaytib kelgani-mizda, u yerda butun shtab to’plangan ekan. Ayrimlar fyurer va uning rafiqasi hurmati uchun yana bir bor tashqariga chiqib tushdilar. Hukumat mavzeining komendanti, brigada fyureri Monke, politsiya generali Rattenguber kabi janglarda chiniqqan ofitserlarning ko’zlaridan tinmay yosh oqar edi. Garchi bu voqealar ko’pchiligimiz uchun kutilmagan hodisalar bo’lmasa-da, fyurerning endi oramizda yo’qligi — bizni qattiq larzaga solgan edi. Bu qarorgohda hukm surgan osoyishtalikdan Adolf Gitler o’lgach, asar ham qolmagandi. Hamma qattiq iztirobda qolgan, endi nima bo’lishini hech kim bilmas edi. Hammani qo’rquv zabt etgandi.
Reja muhokamasi jarayonida “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” ga oid quyidagi jihatlar ajratib olinadi:
-Ikkinchi jahon urushini boshlanishi va asosiy janglar
-Ikkinchi jahon urushi yakunlari
           Ushbu holatda o’quvchilar Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari haqida tasavvur qilish uchun loyiha metodi asosida ish olib borishadi. Shu tariqa loyiha ustida asosiy ish – izlanish tadqiqot faoliyati boshlandi.Faoliyat boshidayoq o’quvchilar yangi ma’lumotlarni to’plash, uni tahlil qilish, tuzilmalarga  bo’lish, rasmiylashtirish, asosiysi izlanishlar davomida o’z imkoniyatlarini anglay boshlaydilar. Ushbu kichik guruh o’zlariga sardor saylaydi. Har bir ishtirokchining ishi taqsimlanib, o’qituvchi va  konsultant bilan maslahat uchun uchrashuv vaqti kelishib olinadi.    
LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI
O’rta maxsus ta’limi o’quv yurtlari  o’quvchilaridan tuzilgan guruhlar  avvalo, M.Lafasovning  Jahon tarixi (1918-2013 yillar) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsligidan “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusini o’qib chiqib, tarix o’qituvchisi tomonidan tavsiya etgan adabiyotlarni ARMlar bazasidan, internet saytlaridan ma’lumot yig’ib chiqadilar. O’quvchilar to’plagan ma’lumotlari asosida slayd tayyorlashadi. Shu o’rinda o’quvchilarga slayd tayyorlash texnikasi o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Slayd tayyorlashda Power Point dasturidan foydalaniladi. Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
O’quvchi  slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni to’g’ri foydalanishi talab etiladi. Masalan o’quvchi “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida slayd tayyorlayotganda uning samaradorligini  oshirish  uchun   tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va xokazo  animatsiyalardan foydalanib mavzuni yoritish mumkin. Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, o’z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olish mumkin. O’quvchi tarixiy mavzuga oid slayd tayyorlayotganda dizayn qolipiga alohida e’tibor berishi lozim. O’quvchi mavzudan kelib chiqqan holda, II Jahon urushi davomida harbiy harakatlar, davlatlararo o`zaro siyosiy paktlar, shartnomalar va turli ko`rinishdagi kelishuvlar, o`zaro harbiy yordamga qaratilgan rejalar), urush yo`nalishlari ko`rinishlarini tasvirlab, dizayn berilishi mavzuni samaradorligini oshiradi.
Slaydda o’quvchi mavzuga oid materiallarni sodda va ravon tarzda berishi kerak: Ikkinchi jahon urushining asosiy sabablari, asosiy maydonlari, tarixiy shaxslar, ularning tarixda tutgan o’rni, urushning yakunlari va oqibatlarini aks ettirishi lozim. “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusini yanada kengrpoq yoritish uchun hujjatli filmlardan foydalanishi mavzuning mazmun mohiyatini kengroq ochib beradi. Filmlardan tarix darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi va boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Dars jarayonida filmlardan to’la foydalanish mumkin, uning bo’limlardan va qism yoki lavhalaridan  foydalanish mumkin. Kinofilmni namoyish qilish darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Film boshlanishdan oldin o’quvchilar filmni maqsadini, unda nimalar tasvirlangannini, qanday savollarga qo’uvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi.  Film  namoyishi jarayonida o’qiuvchi ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish lozim. Kerakli joylarda film namoyishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Filmda keltirilgan dalilllar, mulohazalar, ta’surotlar, ilgari olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Filmda olingan  bilimlari bilan darslik matnini orasidagi aloqalar ochib beriladi.
Kinofilmlar darsga o’ziga xos xususiyatlarni beradi, o’quvchilarni bilish faoliyatini  jadvallashtiradi, bilimlarni bevosita ko’rish orqali o’zlashtirishga imkon beradi, filmda tarixiy voqea va hodisalarni sodir bo’lishini kuzatishga imkon beradi.
Agar mavzuga doir ko’plab filmlar yig’ilsa, filmlar saralanib aynan mavzuga doir qismlari ajratib olinadi. Hujjatli filmlardan ajratilgan qismlarni birlashtirib, mavzuga doir bitta hujjatli film qilish uchun, kompyuter grafikasi (Ulead Video Studio  programmasi va boshqasi) dan foydalaniladi.
Ulead VideoStudio dasturini quyidagicha faollashtirish mumkin:
Agar  Ulead VideoStudio  belgisi kompyuter ishchi stolida turgan bo`lsa, u holda sichqonchani shu belgiga keltirib sichqonchaning chap tugmasi 2 marta bosiladi. Natijada ekranda Ulead VideoStudio  dasturining ishchi stoli paydo bo`ladi. Kerakli video yoki hujjatli filmni unga yuklab olamiz. Yuklangan videoni kerakli qismlari belgilanib, uskunalar panelidagi qaychi orqali kesib olinadi. Qirqilgan video hujjatlarni yuqoridagi dastur orqali birlashtirib, yangi hujjatli film yaratiladi.
Agar o’quvchi mavzuga turli qarashlar bilan yondoshsa ,unda tanqidiy fikrlar yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan o’quvchi o’z fikr mulohazalarini soha mutaxassisi bilan o’rtoqlashsa,fikr almashsa,mavzuning yangi qirralari ochilishi mumkin. Bu o’rinda intervyu metodidan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.Intervyu 2 xil usulda amalga oshiriladi:diktafonda ovozni yozib olish orqali,kamerada tasvirga olish orqali.
O’quvchi intervyu olishi uchun quyidagi jihatlarga etibor qaratish lozim:
  • mavzu va o`rganilayotgan davr haqida umumiy ma’lumotga ega bo`lish kerak;
  • intevyu berayotgan shaxs mutaxassis yoki tarixchi bo`lishi lozim, chunki intervyu jarayonida ochib berilayotgan mavzu yanada tiniqlashadi;
  • intervyu olayotgan shaxs berayotgan savollarining aniq, tushunarli va konkretligiga e’tibor qilishi kerak;
  • intervyu olayotganda so`zlashuv uslubidan chikinib, adabiy til me’yorlarida gapirishi maqsadga muvofiq;
  • intervyu olish jarayonida mavzu yuzasidan barcha elementar narsalarni nazardan qochirmaslik lozim;
  • intervyu oluvchi shaxs javob berilayotgan vaqtda so`zlovchi nutqini bo`lmasligi lozim, aks holda uning fikridan chalg`itishi mumkin;
Intervyu berishda quyidagi jihatlarga etibor qaratish lozim:
  • eng avvalo intervyu oluvchi shaxs berayotgan savollarni to`g`ri tahlil qilib, ularga aniq va atroflicha javob berishi lozim;
  • hech qanday chalg`ituvchi va noaniq ma’lumotlarni bermasligi shart;
  • aytiladigan ma’lumotlari aniq va manbalarga tayangan bo`lishi kerak;
  • har bir aytilgan ma’lumot iloji boricha misollar orqali qiyosiy tarzda berilishi kerak;
  • berilgan savoldan chetga chiqmasdan, unga to`liq va konkret faktlarga asoslanib javob berish lozim.
           Intervyu matni: Intervyu matnini  quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:o’quvchi mavzudan kelib chiqib, NavDPI dotsenti, t.f.n R.Tolibov bilan “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida suhbatlashib olimdan intervyu oladi.
O’quvchi: Ro’ziqul Nasimovich! Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari va ularning mohiyatini tushuntirib bersangiz?
    “Umumiy tarix ” kafedrasi dotsenti t.f.n R.Tolibov:
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixining eng ayanchli davri hisoblanadi.Bu urush nihoyat darajada keskinlik bilan davom etdi. Ikkinchi jahon urushida Sovet-German fronti urushning hal qiluvchi  fronti bo’lib qoldi. 1942 yil noyabrida Gitler Germaniyasining  va uning  sheriklarining Sovet-German frontidagi diviziyalari soni  268 ta, 1943 yil avgust-sentyabrida 230 ta edi. 1943  yil avgustida Gitler Germaniyasining  294 diviziyasidan 196 tasi, 1945 yil 313 diviziyasi va 32 brigadasidan 185 tasi va 21 brigadasi  SSSRga  qarshi qo’yildi. Holbuki, g’arbiy frontda 1941 yilda  Germaniyaning 10-11 ta diviziyasi, 1941-1942  yillarda Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiyaning 15 ta diviziyasi, 1945  yil yanvarida g’arbiy frontda va Italiyada 108 diviziyasi harakat qildi, xolos.
            1941 yilning  yozida  Angliya va «Ozod Fransiya»  qo’shinlari  gitlerchilarning Iroq, Suriya va Livandagi qo’poruvchilik faoliyatiga, SSSR va Angliya gitlerchilarning Eron  territoriyasidagi  hatti-harakatiga  zarba berdilar.
II-jahon  urushining  doirasi  kengayib bordi.  1941  yil  7 dekabrda  Yaponiya urush e’lon qilmay, AQSHva Angliyaning Tinch okeandagi  harbiy-dengiz va harbiy-havo  kuchlariga  hujum qilib,  jiddiy  zarar yetkazdi. Pirl-Xarbor  (Gavay orollari)ga  hujumi  natijasida AQSHning Tinch okeandagi harbiy kemalarining  deyarlik yarmisi yo’q qilindi. AQSHning Pirl-Xarbordagi  talofati juda og’ir talofat bo’ldi: shu  bazadagi  8 linkorn  ishdan  chiqarildi, uning yarmisi cho’ktirib yuborildi; 316 samolyoti  shikastlandi  va yakson  qilindi;  3 mingga  yaqin  amerikaliklar  halok bo’ldi. Yaponiya tezlik bilan hujum boshlab, 1941  yil oxiri — 42 yil boshida Tailand, Birma, Gonkong, Indoneziya orollari,  Singapur, va Filippinni ishg’ol qildi. AQSH va Angliyaning   Tinch okeandagi bir qator orollarini  (Guam, Ueyk, Yangi Britaniya,  Yangi Gvineyaning  bir qismi va boshqalarni)  egalladi.
            Yaponiya Tinch okeanda urush harakatlarini boshlab yuborgandan  keyin, o’sha  1941 yil  11 dekabrda  Germaniya va  Italiya AQSHga qarshi,  8 dekabrda  AQSH, Yaponiyaga, so’ng Germaniya  va Italiyaga qarshi, Angliya  o’z dominionlari bilan  birga Yaponiyaga qarshi urush  e’lon qildilar.  Xitoy rasmiy  ravishda  Yaponiya, Germaniya va Italiyaga qarshi urush e’lon qildi. Uch agressiv davlat- Germaniya, Italiya va Yaponiya 1941 yil 11 dekabrda Uchlar ahdnomasiga (1940 y)  qo’shimcha yangi  harbiy ahdni  imzoladilar:  birgalikda va barcha  vositalar bilan Angliya va AQSHga  qarshi urush olib borish, o’zaro roziliksiz ular bilan yarashmaslik  va sulh tuzmaslik majburiyatlarini oldilar. Ular harakat zonalarini ham belgilab olishdi.  Bu paytda esa,ya’ni  1941 yil oxiriga kelib SSSR, Angliya va AQSHdan  iborat antifashistik kaolitsiya vujudga keldi.
            Gitlerchilar  Sovet-German frontining  eng asosiy vazifasi   Moskva tomon borish deb  bilib,  80 ga yaqin  diviziyasini va katta  harbiy-havo kuchlarini shu tomonga tashladi. Ular noyabrning  oxiri va dekabr oyining boshlarida Moskvaga 23-25 kmgacha  yaqinlashib keldilar, 1941 yilning  5-6 dekabrida boshlangan qarshi hujum natijasida dushmanning 50 tacha diviziyasi majaqlandi  va 1942  yilning 23  fevraligacha  dushman  Moskva  yonidan 120-400 km g’arbga uloqtirib tashlandi. Nemis-fashist   armiyasining «engilmasligi» to’g’risidagi  afsona «Barbarossa  rejasi»  uzil-kesil  barbod bo’ldi.
            Dushman  1942  yilning  iyun  oxirida  katta  kuch bilan  yana hujumga o’tdi. Biroq, Sovet qo’shinlarining yangi shiddatli  janglari natijasida 1942 yilning 19 noyabridan 1943  yilning 2 fevraligacha nemis-fashistlarning 330 minglik 2 ta armiyasi  tor-mor  qilindi. Bulardan 147 mingi halok  bo’ldi, 91 mingdan ortig’i  feldmarshal  Pauls boshchiligida asir olindi. Italyan, rumin  va venger diviziyalari yakson qilindi, hammasi bo’lib dushman 800 mingdan ortiq soldat va ofitserini, 2000 tank,  3 ming samolyot,  70 ming  avtomashinasini yo’qotdi. Germaniyada umumiy motam e’lon qilindi. Nemis-fashistlar ikkinchi frontning ochilmaganidan   foydalanib, 1943 yilning yozida Sovet-German frontida  o’zlarining 257 diviziyasini to’pladilar. Kursk yonida ular  «Sitadel»  deb nomlangan  operatsiyani  amalga  oshirish uchun  900 ming   soldat  va ofitserini, 10 mingga yaqin  to’p va minomyotni, 3 mingga yaqin tank va o’zi yurar to’plarni, 2 mingdan ortiq  samolyotni  tashladilar.  1943  yilning 5 iyulida  ular hujum  boshladilar,  biroq,  12 iyulda  Sovet qo’shinlari qarshi  hujumga o’tib  23 avgustgacha dushmanning katta kuchini tor-mor qilib  tashladi. Dushman o’zini o’nglab ololmaydigan darajaga kelib qoldi.  Kursk ostonasidagi jang 2-jahon urushining eng katta  janglaridan biri  hisoblanib,  tubdan burilish tugallandi. Faqat Kursk  ostonasida  dushmanning  30 ga  yaqin diviziyasi  yakson qilindi. Nemis-fashistlarining Stalingrad ostonasida   so’ngra Kursk   yonida bo’lgan katta mag’lubiyati yevropada  fashizmga qarshi milliy- ozodlik kurashining boshlanishiga olib keldi. Yugoslaviya,  Fransiya, Italiya, Chexoslovakiya, Polsha, Bolgariya, Albaniya, Gretsiya, Ruminiya, Norvegiya, Gollandiya va boshqa  mamlakatlarda  bunday kurashlar o’sdi. Osiyoda va Tinch okean  havzasida -Xitoyda, Koreyada, Hindi-Xitoyda, Filippin orollarida, Birma, Malayya  va Indoneziyada erksevar  xalqlar  Yaponiya bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashini boshladilar. 1941 yil kuzida  Angliya-Amerika  qo’shinlarining asosiy qismi Shimoliy Afrikada edi. Dushman  asosiy kuchlarining  Sovet-German frontida bo’lishi Angliya-Amerikaga Shimoliy Afrikada xujumga o’tish imkoniyatini  tug’dirdi. 1941 yil  kuzida Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiya 100 ming kishilik  harbiy kuchga, Angliya  esa 150 ming  kishilik harbiy kuchga  ega edi.  1941 yil noyabrida gen. Montgomeri qo’mondonligidagi ingliz  qo’shinlari hujumga o’tib, 1942 yil yanvarida Kirenaikani egalladilar. Lekin general Rommel  qo’mondonligidagi  nemis-italyan  qo’shinlarining qarshi hujumlari natijasida inglizlar yana  Misrga   Al-Alamaynga  chekindilar. 1942 yilning  23 oktyabrida  ingliz  qo’shinlari  qarshi hujumga o’tib, agressorlarni Misrdan surib chiqardilar, Kirenaika  va  Tripolitaniyani egalladilar.  1942 yilning 8 noyabrida Amerika generali Eyzenxauer  boshchiligidagi  700 ming  kishilik  ingliz-amerika  qo’shinlari  uch guruhga  bo’linib hujum boshladi  va Shimoliy-g’arbiy  Afrika,  Fransiya Marokashi va Jazoir  hududlarini  egallab  Tunis  hududiga kirdilar.  1943  yilning  20-21 martida  ittifoqchilar  hujumni  davom  ettirdilar. Italyan-nemis qo’shinlari ko’p talofat  ko’rib, O’rta yer dengizi qirg’oqlariga chekindilar. Angliya-Amerika  armiyasi  Tunisni  ishg’ol qildilar  va nihoyat 1943  yilning 12 mayida Shimoliy  Afrikada  italyan-nemis  qo’shinlari  taslim bo’ldi.
 O’quvchi :Ikkinchi jahon urushiningqay tarzda yakun topdi?
        “Umumiy tarix ” kafedrasi dotsenti t.f.n R.Tolibov:
Potsdam Konferensiyasida militaristik  Yaponiyani  tezlikda  tor-mor  qilish masalasi  ham ko’rib  chiqilgan edi. 1945  yil  6 va 9 — avgustda  prezident  Trumen  buyrug’i bilan  Yaponiyaning Xirosima  va Nagasaki  shaharlariga  atom  bombasini   tashladilar.  Xirosima  butunlay  vayron qilindi.  Hammasi bo’lib  300 mingga yaqin kishi halok  bo’ldi, 200 mingga  yaqin kishi  yarador, mayib-majrux bo’lib qoldi. Xirosimaga tashlangan bombaning quvvati 12 kiloton edi. Sovet hukumati Yaponiyaning urush davridagi antisovet  pozitsiyasini hisobga olib, 1945 yil 8 avgustda  9 avgustdan boshlab Yaponiyaga  qarshi  urush  boshlashini   bildirdi.
            Sovet-Yaponiya  frontidagi  kuchlar nisbati  (1945 yil avgust)
Harbiy kuchlar
SSSR
Yaponiya
Nisbati
Odam soni
1500000
1200000
1,2:1
To’plar va minamyot
26000
8500
3,5:1
Tank va o’zi yurar to’plar
5500
1155
5:1
Samolyotlar
3800
1800
2,1:1
            9 avgustda Sovet qo’shinlari  shiddatli  hujumlarini  boshlab yubordi va 1945 yilning 2 sentyabrida Yaponiya so’zsiz taslim bo’lish aktiga imzo  chekdi.  Janubiy Saxalin va Kuril orollari  SSSRga  o’tdi. Yaponiyaning taslim bo’lishi bilan 2-chi jahon  urushi ham tugadi. II-jahon urushi 6 yil davom etdi va deyarli barcha mamlakatlarni o’ziga tortdi. Urushda 61 davlat ishtirok  etdi, 40 ta mamlakat hududida urush xarakatlari bo’ldi. Jahon aholisining 80 % urushda  faol  qatnashishga  majbur bo’ldi. Hammasi bo’lib,  110 mln kishi  qurollantirildi, 60 mlnga yaqin kishi  halok bo’ldi, 35 mln kishi  mayib-majruh  bo’lib qoldi. Yevropadagi  qamoq va o’lim  lagerlarida 12 mlndan  ortiq kishi  halok bo’ldi.  Urushda  AQSH 300 ming, Angliya 250 ming,  SSSR 24 mln, Germaniya 12; mln,  Polsha 6 mln  kishisidan  ajraldi.  II-jahon urushi keltirgan zararlar 3 trillion 300 mlrd  dollarga yetdi. Harbiy harajatlarni  ham qo’shib hisoblaganda 4 trillion  dollarga  tenglashdi. SSSR ko’rgan zarar  2 trillion  600 mlrd.  so’mga  yetdi.  Sovet-German  frontida hammasi bo’lib,  507 ta  nemis diviziyasi va uning  ittifoqchilarining 100 ta diviziyasi tor-mor qilindi. SSSR ittifoqchilari-AQSHva Angliya  dushmanning 176  diviziyasini  tor-mor  qildilar.  Dushmanni tor-mor qilishda Sharqiy frontning roli katta bo’ldi. AQSHning sobiq davlat kotibi  Stetinnus  o’z asarlarining  birida  (1950 y) shunday deb yozadi: «Amerika xalqi  o’zining  1942  yilda   halokat yoqasida  turganini esdan  chiqarmasligi kerak. Agar  Sovet Ittifoqi o’z frontini ushlab qolmaganda,  nemislar Buyuk Britaniyani  zabt etish imkoniyatiga  ega bo’lardilar. SHuningdek, ular Afrikani bosib olishga so’ngra  esa Lotin  Amerikasida  platsdarm  yaratishga qodir  bo’la olar edilar».  1945 yil 8 avgustda London shahrida SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya  vakillarining konferensiyasi bo’lib, bunda Xalqaro harbiy tribunal tuzish va uning nizomini ishlab chiqish  masalasi ko’rildi, hamda fashistik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayonini olib boradigan Xalqaro harbiy tribunal  tuzilganligi to’g’risida bitim tuzdilar. qisqa vaqt ichida bu bitimga 19 ta davlat qo’shildi. Tribunalda asosiy qoralovchi davlatlar SSSR, AQSH, Angliya va Fransiyadan iborat qoralovchilar komiteti tuzildi.  29 avgustda  fashist  bosh aybdorlarining ro’yxati  e’lon qilindi, ular 24 ta bo’lib,  natsist  siyosatchilari, harbiylari,  diplomatlari, ideologlari va ishlab chiqarishdagi mutaxassislaridan iborat edi. Jumladan, Gering, Gess,  Ribbentrop, Borman, Keytel, Ley, Krupp, Kaltenbrunner, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Shaxt, Funk, Denits, Reder, Shirax, Zaukel, Iodl, Papen, Zeyss-Inkvart, Shpeyer, Neyrat va  Frichlardan iborat edi. Nyurnberg jarayoni, xalqaro jamoatchilik ko’zi oldida   oshkora olib borildi. 403 ta  ochiq sud majlisi  bo’lib o’tdi. Sud zaliga  60 mingta ruxsatnoma tarqatilgan edi. Radio, kino, matbuot millionlab kishilarni bo’layotgan sud jarayonidan  xabardor qilib bordi.  Buning uchun ommaviy  axborot vositalarining  vakillariga  zaldan ko’p o’rin ajratildi, 350 o’rinning 250 tasi  ularga berildi. Nyurnberg  jarayoni  22 ta  bosh nemis-natsistlari  ustidan  2500 ta hujjatli faktlar keltirdiki, ularning oqlovchi-himoyalovchilari ham biron-bir ish qilolmay qoldilar. Nima  uchun  22 ta dedik, shuning uchunki, Borman  delosi u yashiringanligi uchun sirtdan ko’rildi  va hukm  chiqarildi, Krupp  kamerada o’zini urib, shol qilib tashlaydi, shuning  uchun uning ishi  to’xtatiladi. Ley qoralovchi xujjatning xulosasi bilan tanishib chiqqandan  keyin kamerada  o’zini-o’zi  osib qo’yadi. Nyurnberg  sud jarayoni  10 oy davom etdi  va 1946 yilning 1 oktyabrida  Xalqaro harbiy tribunal  o’zining hukmini  chiqardi: Gering, Ribbentrop, Keytel,  Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Zaukel, Yodl, Zeys-Inkvart, Kaltenbrunner va Borman  (sirtdan)   osib o’ldirish bilan  o’lim jazosiga  hukm qilindi; Gess, Reder  va Funk — umrbod  qamoqqa, Shirax va Shpeyer — 20 yilga;  Neyrat — 15 yilga; Denits- 10 yilga  qamoq jazosiga hukm  qilindi.
 O’quvchi : Ro’ziqul Nasimovich! Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.
Loyiha papkasi (loyiha portfoliosi)-O’quvchilar loyihani bajarish davomida to`plangan hujjatlar, ma`lumotlarni, ko’rgazmali vositalarni jamlashtirib hisobot tayyorlaydilar va  loyiha portfoliosiga joylashtiradi
Loyihani bajarish bo’yicha ish rejasi (Lavha)
Ishti-rokchi-larning ismi va sharifi
Vazifalar
Ishning mazmuni
Tayyor mahsul turi
Baja-rish muddati
Barcha ishtirokchilar
Olingan axborotni yig’ish
“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusi bo’yicha axborot to’plang, yig’ilgan axborotni matn, jadval hamda sharhlar ko’rinishida rasmiylashtirish. Nusxa ko’chiring, elektron variantini to’plang, skanerdan foydalanish
To’plangan ma’lumotlarni elektron variantda tayyorlash, loyihalashtirish vazifalari bo’yicha tizimlashtirish
1-hafta
*
*
  manbalar asosida slayd tayyorlash
davrga oid hujjatli film va
O’quvchi tarixiy mavzuga
oid slayd tayyorlayotganda
dizayn qolipiga e’tibor berib,unda
oldindan tayyorlab qo’yilgan grafiklar, bo’yoqlar,
jilolar, tovushlar dizayn  ishlatish
Mavzuga doir ma’ruza
6-kun
*
mavzuga oid hujjatli filmlarni topib, uni xillashtirish ,kerakli saralangan filmlar topilgandan keyin, uni mavzuga doir qismlari ajratib olinadi. Hujjatli filmlardan ajratilgan qismlarni birlashtirib, mavzuga doir bitta hujjatli film qilish uchun, kompyuter grafikasi (Ulead VideoStudio  programmasi va boshqasi) dan foydalaniladi. Qirqilgan video hujjatlarni yuqoridagi dastur orqali birlashtirib, yangi hujjatli film yaratiladi.
Hujjatli fi’lm,
6-kun
mavzuga oid mutaxassis bilan suhbat uyushtirib, intervyu tayyorlash
“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida tarix mutaxassisi bilan suhbat uyushtirib, undan intervyu tayyorlash
intervyu
1-hafta
*
Hisobot tayyorlash
Hisobotga tayyorgarlik ko’rish
Hisobot
1-kun
*
Loyiha ishi to’g’risida hisobotga tayyorgarlik bo’yicha yo’riqnomaga asosan hisobotni yakunlash
Hisobot(oxirgi varianti)
1-kun
*
Loyihani taqdimotga tayyorlash
Loyihaning eletron varianti ishlab chiqish
Eletron varianti
1-kun
*
Taqdimotni tayyorlash
Taqdimot(oxirgi varianti)
1-kun
 
 
LOYIHANING TAQDIMOTI
             Loyihani bajarish uchun berilgan muddat tugagach,o’quvchilar to’plangan materiallarni portfoliga joylashtirib, loyiha yakuni bo’yicha yozma hisobot tayyorlaydilar. Taqdomot kuni sinf xonasi guruhlar tomonidan “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusiga moslab bezatilgan. Sinf  ushbu mavzu yuzasidan uch guruhga bo’linib , mavzuni loyiha metodi asosida o’rganishgan. Guruhlar sinf xonasini uch qismga bo’lib joylashgan. O’z qismlarida loyiha hisoboti, mavzuga doir materiallar portfolisi,  ko’rgazmali qurollardan iborat burchak tashkil etishgan.
Ta’lim berish shakllari: guruhlarga bo’lib  ishlashish
Laboratoriya ishini amalga oshirish vositalari va jihozlari:
Lafasov M.Jahon tarixi (1918-2013 yillar). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik , lohiha portfolisi, loyiha topshirig’i, uslubiy ko’rsatmalar, kompyuter, videoproektor, videokamera, doska, flomaster, skotch, qog’oz
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: (2 daqiqa):
O’qituvchi: Kunlik yo’qlamani olib,sinf xonasini darsiga moslashtiradi, mavzuni e’lon qiladi guruhlarni aniqlashtirib oladi.
Guruhlar : 1) Tinchlik  2) Dunyo 3) Everst
Kirish bosqichi (2 daqiqa):
O’qituvchi: o’quvchilarni  mavzu va uning rejalari bilan tanishtiradi, loyiha metodi shartlari, qoidalari haqida ma’lumot beradi
Asosiy bosqich (35 daqiqa ):
O’quvchilar o’zlari tayyorlab kelgan slaydlarini namoyish etadilar. Slaydnib namoyishida kompyuter, videoproektordan foydalanadilar. Qolgan o’quvchilar kerakli ma’lumotlarni yozib olishadi , savol berishadi, muhokama qilishadi.
Mavzuga yanada teranroq tushinishi uchun guruhlar tomonidan tayyorlab kelingan hujjatli filmlar monitorda namoyish qilinadi.
Mavzuga doir   mutaxassis bilan suhbatdan olingan intervyu namoyish qilinadi.
Yakuniy bosqich (3 daqiqa).
O’qituvchi rag’bat kartochkalarini hisoblab, g’olib guruhni aniqlaydi va baholaydi.
Talabalar bildiradilar.
Uyga vazifa: Bugungi darsdan olgan o’z fikr mulohazalarini yozma ravishda bayon qiladi.
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
 
Guruhli loyihada quyidagilar baholanadi
ballar
1.
Har bir talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida (mavzular bo’yicha) qismlari
Eng yuqori 5 ball
2.
Hisobot  
Eng yuqori 5 ball
3.
Ko’rgazmali vositalar taqdimoti
Eng yuqori 5 ball
4.
 loyiha himoyasi
Eng yuqori 5 ball

“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”