Domen nomini tanlashga doir 13 ta maslahat
Biror biznes boshlashda, shu biznesga oid sayt qilish odat tusiga kirdi. Shu hisobiga sayt tuzuvchi firmalar soni ko’paydi. Bu firmalar istalgan talabingiz asosida. kelishilgan narxda(savdolashish mumkin, chunki bunday firmalar soni ko’p, raqobat kuchli) sayt tuzishadi va internetga qo’yib ham berishadi. Shunday bo’lsa ham, sayt egasi tomonidan bajarilishi kerak bo’lgan asosiy ish bor, bu domen nomi (sayt nomi)ni tanlashdan iborat.
Maqolada domen nomi tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida bir necha maslahatlar berib o’taman. Demak, domen nomini tanlashda quyidagilarni yodda tuting:
1. Domen nomi sodda va esda qoladigan bo’lishi kerak. Bir marta saytga kirilgandan so’ng, keyingi safar kirguncha sayt nomi esdan chiqib qolmasligi shart.
2. Sayt nomi qisqa bo’lishi tavsiya qilinadi, uzun URL manzilni hech kim yozib o’tirgisi kelmaydi. Bir martta kirilgandan so’ng, brauzer bu sayt nomini esda saqlab qoladi, lekin siz boshqa kompyuterdan bu saytga kirmoqchi bo’lsangiz, qancha harf terishni tasavvur qiling.
3. Sayt nomi biror ma’noni anglatishi kerak yoki bo’lmasa sizning biznesingizga mos holda nom tanlansa, ham sayt nomi ham firma nomi esdan chiqmaydi.
4. Saytni reklama qilishda, sayt nomi reklama banerlarida, bukletlarda, vizitkalarda chiroyli ko’rinishi kerak. Shunda saytga kiradigan foydalanuvchilar soni ko’payadi va biznesingiz rivojlanadi.
5. Domen ham davlat nomiga mos bo’lgani yaxshi(misol uchun, O’zbekiston uchun «uz»), o’zbekcha sayt qilib «.com» domen olish meni fikrimcha to’g’ri emas.
6. Iloji boricha domen nomida sonlardan foydalanmang. Chunki ba’zi insonlar sonlarni yaxshi eslab qolishmaydi. Undan tashqari son va harfli sayt nomi jiddiylikni yo’qotadi, ko’rinishi ham biroz g’alati.
7. Defislarni(chiziq «-«) ham domen nomi sifatida ishlatmang. Bu unchalik yaxshi fikr emas. Agar siz o’z saytingiz nomida defisdan foydalansangiz, ba’zilar defisni esdan chiqarib, saytni defissiz yozishadi, bu orqali defissiz bo’lgan sayt foydalanuvchilari ko’payadi. Bunga misol qilib «tas-ix.net» saytini olish mumkin, men bu saytga kam kiraman va har kirganimda «tasix.net» ko’rinishida terib yuboraman.
8. Abbreviaturaladan foydalanishni ham o’ylab ko’ring, agar siz ishlatmoqchi bo’lgan abbreviatura mashhur bo’lsa, uni ishlatish foydali, agar hech kim bilmasa bu muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
9. Siz tanlagan nom biror firma yoki mahsulotning nomi bo’lishidan saqlaning. Boshida hech narsa bo’lmasligi mumkin, lekin keyinchalik(sayt rivojlanganan so’ng) o’sha firma bilan muammolar bo’lish ehtimoli katta.
10. Hozirgi kunda kiril alifbosida ham domen nomlari ro’yxatdan o’tmoqda, mani fikrimcha kirilcha nom tanlash yaxshi emas, chunki ba’zi telefonlarda hattoki kiril harflari mavjud emas, hozirgi kunda telefondan saytlarga kirish ehtimoli 40% ga yetdi.
11. Biror so’zni xato yozish orqali ham domen nomini tanlamang, ko’pchilik so’zlarni to’g’ri yozishga e’tibor beradi va xato yozilgan saytga kirgisi ham kelmaydi, chunki sayt nomi xato bo’lsa, saytdagi ma’lumotlar ham to’g’ri emasdek ko’rinadi, ishonch yo’qoladi.
12. Iloji boricha domen nomida bitta so’zdan foydalaning, bir necha so’zlarni birlashtirib tashlamang. Ma’no bo’lishi mumkin, lekin birovlar uchun bu ikki so’zni yozish biroz noqulayroq. Agar chet davlatlardan sizning bunday ko’rinishdagi saytingizga kirsa, sayt nomidagi ma’noni tushunmaydi va biroz qiynaladi.
13. Sayt asosan foydalanuvchilar uchun tuziladi, shuni bilinki, sizning saytga har xil dunyoqarashdagi odamlar kiradi va ular uchun qiyin bo’lmagan sayt nomini tanlang, o’zingizga yoqqan nom boshqalar uchun qiyin bo’lishi mumkin(misol uchun meni blogim nomi biroz qiyinroq, lekin sodda va qisqa, yodda qoladi deb o’ylayman).
Manba:
Boshqalar
Domen nomini tanlashga doir 13 ta maslahat