Talaba akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi to’liq malumot oling

Talaba akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi to’liq malumot oling

Talaba akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi qarori (344-son) bilan Akademik ta’til berish toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, talabalar oʻz ixtiyori bilan qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’i nazar akademik ta’til olish huquqiga ega.

Akademik ta’til olish uchun talaba OTM rektori (direktori)ga ariza bilan murojaat qiladi.

✔️ Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

➖ harbiy xizmatni o‘tash uchun;

➖ salomatligini tiklash uchun;

➖ homiladorlik uchun;

➖ bolalarni parvarish qilish uchun;

➖ oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda beriladi. Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

✅ Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

➖ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

➖ Shuningdek, talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

➖ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

Talaba
Talaba akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi