Parkent tumani haqida
Parkent Bu tuman 1926-yil dastlab tashkil etilganda «Yettikent bo’lisi» deb atalgan, 1938-yildan boshlab hozirgi nomi bilan ma’lum. Toponomik hududni kelib chiqishi haqida ko’plab manbalar mavjud. Yoqut Hamaviyning «Mu’jam ul — Buldon» asarida Barskat shahri haqida ma’lumot beriladi. Tuman ham shu nomdan, ya’ni Bars «tog’ yo’lbarsi» nomidan olingan degan faraz mavjud. Shuningdek, tumanning Farnkat, Farnakas, Farkat kabi nomlarda atalgan. Xususan,«Boburnoma»da bu hudud Farkat nomi bilan uchraydi. Ushbu manbaga asoslanib, «far» (turk. «Farovon»), «kat» (sug’d. «shahar, qishloq, manzilgoh»), ya’ni «Farovon o’lka» deb yuritilishi haqida tahminlar bor. Hamidulla Hasanovning kitobida, Parak (Chirchiq) daryosining bir irmog’i o’tganligi bois shunday atalganligi yozilgan. Mahalliy xalq orasida, tumanni ikkiga ajratuvchi Parkentsoy nomidan, yoki Parilar o’lkasi, Parikent nomidan olingan degan tahminlar mavjud!Parkent tumani haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Parkent tumani haqida