O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol

O’tgan maqolalarda minimal yashovchan mahsulot nima ekanligi haqidagi nazariyani gapirib bergandik. Bunga bir nechta misollar keltiramiz.

Airbnb

ota muvaffaqiyatli mvplarga 4 ta misol 66f5f3d995cc4

2007-yilda san-fransiskolik Brayan Cheski va Jo Gebbiya biznes boshlamoqchi bo’ldi, biroq ularning ijara haqini to’lashga ham puli yo’q edi. Shaharda dizayn bo’yicha konferensiya bo’lib o’tishi kerak edi, shu tufayli yigitlar o’z ijara uyining yuqori qavatini mehmonxonalarda xona yetishmay qolgan konferensiya ishtirokchilariga arzon narxda ijaraga berishga qaror qildi.

Ular kvartirani suratga tushirib, rasmlarni oddiy saytga joyladi, tez orada uch nafar mijoz topildi va konferensiya bo’lib o’tgan vaqt davomida ijarada turib, pulini to’ladi.

MVP-konsyerj va mehmonlar bilan muloqot Brayan va Joga maqsadli bozor bo’yicha gipotezalarni tasdiqlash, maqsadli auditoriyani aniqlash va g’oyaning yashovchanligini tasdiqlash imkonini berdi. Ular begona uyda yashash uchun pul to’lashga tayyor kishilar faqat talabalar emasligini tushundi.

Natijada ikki san-fransiskolik Airbnb — qisqa muddatli ijara uchun qidiruv va reklama joylash uchun maydonga asos soldi.

Twitter

ota muvaffaqiyatli mvplarga 4 ta misol 66f5f3d9f4069

iTunes ularning yechimini bozordan siqib chiqargach, Odeo platformasi jamoasi yangi mahsulotni o’ylab ko’ra boshladi, g’oyalardan biri twttr degan kodli nomga ega mikroblog yuritish uchun mo’ljallangan maydoncha edi.

Birinchi prototip Odeo xodimlari uchun ichki servis sifatida qo’llanildi, ular ushbu servisdan faol ravishda foydalandi. Bu jamoani platfomani omma uchun ochiq qilishga undadi, biroq Twitter’ning foydalanuvchilar bazasi u 2007-yilda SXSW konferensiyasida taqdim etilgachgina shiddat bilan o’sa boshladi.

Ko’rib turganingizdek, minimal yashovchan mahsulotni ishlab chiqish tamoyillari yetakchi dunyo korporatsiyalari uchun ham, o’z g’oyasining inqilobiy ekanligiga ishongan tadbirkor uchun ham bir xildir.

Davomi bor…

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://leanstartuprussia.ru/

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol