Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin to’liq malumot oling

Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin to’liq malumot oling

Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin

🛑 ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali yuborilgan shubhali fayllarni, hatto ular do‘stlaringizdan kelgan bo‘lsa ham ochmang. Firibgarlar zararli dasturlarni tarqatish uchun do‘stlaringiz sahifalaridan foydalanishlari mumkin

🛑 qurilmalaringizda antivirus dasturlarini muntazam yangilab turing. Bu zararli dasturlarni aniqlash va ulardan himoyalanishga yordam beradi

🛑 ikki faktorli autentifikatsiyani o’rnating, bu maxfiy kodlarni nafaqat SMS orqali, balki maxsus ilovalardan ham kiritishni talab qiladi. Bu firibgarlar ishini murakkablashtiradi

🛑 SMS-xabarnomalarni kuzatib boring, ayniqsa o‘zingiz ma’lum operatsiya amalga oshirib tasdiqlash kodini kutmagan vaqtingizda SMS orqali kod kelganda ehtiyotkor bo‘ling. Agar sizda biroz shubha paydo bo‘lsa ham, darhol bank bilan bog’laning

🛑 agar siz qurilmangiz virusli dastur bilan zararlanganligiga shubha qilsangiz, uni skanerlash va tozalash uchun mutaxassislarga murojaat qiling

Boshqa mavzular
Firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin