Dasturlashni o’rganmang. O’ylashni o’rganing.

Dasturlashni o’rganmang. O’ylashni o’rganing.

Dasturlashni o’rganmang. O’ylashni o’rganing.

Hamma
dasturlashni o’rganishga harakat qilayotganga o’xshaydi: Code.org’da
Bill Geyts (Bill Gates), Mark Zukerberg va Kris Bosh (Chris Bosh) kabi
taniqli shaxslar har kim dasturlay olishini aytishmoqda; CoderDojo’lar
dunyo bo’ylab o’sib bormoqda; Buyuk Britaniya informatikani boshlang’ich
sinf o’quvchilari uchun o’quv rejasiga kiritdi.

Menimcha,
bunday yondashuv biroz xato. Meni noto’g’ri tushunmang – men agar hamma
dasturlashdan habardor bo’lganda dunyo yaxshiroq bo’lgan bo’lardi deb
o’ylayman – biroq dasturlashning o’zi asosiy maqsad bo’lmasligi kerak.
Komputerlar va dasturlash qurollar holos. Ular maqsadga yetishish uchun
vositalar hisoblanadi.

Asosiy
maqsad insonlarni yangicha fikrlashga o’rgatish bo’lishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, biz informatikani (computer science)
o’qitishimiz kerak, dasturlashni o’zinigina emas. Bu maqolada ikkalasi
o’rtasidagi farqni, hamda nima uchun to’g’ri narsaga e’tibor qaratish
muvaffaqqiyat tomon olg’a borishda muhimligini ochib beraman.

Agar
video orqali tushuntirishni afzal ko’rsangiz, bu maqolani yozishga
ilhomlantirgan Simon Peyton Jones’ning Ijodiy Informatikani O’qitish
(Teaching Creative Computer Science) deb nomlangan ajoyib TED suhbatini
tavsiya qilaman (uni mover.uz da ham ko’rishingiz mumkin, faqat, suhbat
inglizcha, hali o’zbekcha subtitrlari qo’shilmagan): http://mover.uz/watch/fXwH968/

Hozircha
yozilgan variantini o’qish uchun shu yerdamisiz? Zo’r. Keling, asosiy
savoldan boshlasak: umuman nima uchun dasturlash va informatika haqida
o’ylashingiz kerak?

Bu savolga javob berish uchun biroz aylanib chiqamiz.

Haqiqiy dunyoga xush kelibsiz

Siz
bu maqolani novtbuk yoki desktop (stol kompyuteri)da Windows yoki
boshqa X operatsion sistemada (OS) ishlaydigan Chrome yoki Firefox’da
o’qiyotgan bo’lsangiz kerak. Taxminimcha siz bugun email’ni o’qishga,
o’rtoqlaringizning Facebook’dagi statuslarini tekshirishga yoki
Youtube’da video ko’rishga biroz vaqt sarflagansiz. Hozirgi kunda
hayotingizning ko’pgina qismi komputerlarda: sizning tibbiy ko’rik
natijalaringiz ma’lumotlar bazasida; rezume’ngiz LinkedIn’da;
mahsulotlaringizni namoyish qilish uchun Google yoki Facebook’dan
foydalanasiz; sotib olish uchun (misol uchun, bizda torg.uz) Amazon’dan
foydalanasiz; soliqlaringizni onlayn to’laysiz; vebsaytda bank (hisob)
akkauntingizni boshqarasiz; balki raqamli valyutalar bilan ham
shug’ullanarsiz.

Endi
kompyuteringizdan tashqariga qarang: cho’ntagingizda, karmoningizda
yoki yoningizda stol ustida smartfon bo’lishi mumkin. Unda GPS, kamera,
sezgir ekran va ko’plab ilovalar mavjud. Agar uyingizda bo’lsangiz sizda
raqamli kabelga ulangan LCD televizor, video kamera, DVD player, Apple
televizor, Xbox yoki Pleystayshin bo’lishi mumkin. Bu qurilmalarda
qo’yadigan kino, musiqa va o’yinlar kompyuter grafikasi va raqamli
ishlangan ovozga to’la.

Keling
tashqariga chiqaylik. Mashinangiz oldidan o’ttingizmi? Zamonaviy
avtomobillar dasturiy ta’minot yordamida ishlab chiqarilgan, zavodda
kompyuterlashtirilgan jihozlar va robotlar tomonidan yig’ilgan.
Mashinangizni haydaydigan bo’lsangiz, siz manzilga boradigan yo’lni
topish uchun Google Maps, ovqatlanishga joy topish uchun Yelp yoki
yashashga joy topish uchun TripAdvisor’dan foydalanishingiz mumkin.
Endi, tepaga qarang: qayerdadir sizning tepangizda avto pilot tomonidan
boshqarilgan, uchish vaqtida WiFi va ko’ngil ochar tizimlari mavjud,
hamda doimiy tarzda boshqa samolyotlar, trafikni boshqaruvchilar va uni
ishlab chiqaruvchi bilan aloqada bo’lib turadigan samolyot o’tadi.
Qayerdadir undan ham tepada, sun’iy yo’ldoshlar va fazo stansiyalari Yer
atrofida aylanib yuripti, suratga olmoqda, ob-havoni kuzatmoqda hamda
telefon qo’ng’iroqlarini ta’minlamoqda.

Dasturiy
ta’minot dunyoni yeb bormoqda. Biroq, bu hali boshlanishi. Uni
bilishdan oldin, siz texnologiyani kiyib, eshiklarni kompyuterlar bilan
berkitib, narsalarni yetkazib berish va uylarni tozalashda robotlardan
foydalanib, o’zingizning elektronik jihozlaringizni yasab, ishlab
chiqarish zavodlaringizni yurgizib, virtual reallikda yashab, o’z-o’zini
boshqaradigan mashinalarda sayohat qilib hamda fazoga uchib yurgan
bo’lasiz.

Hamma yerda matritsa

Hozirgina
aytib o’tilgan texnologiyalarning barchasi dasturiy ta’minotda
ishlaydi. Hayotning har bir jabhasida kodlar sizning atrofingizda.
Kelajakda kodlarning hajmi faqatgina o’sib boradi. Endi, texnologiyaning
hamma joyda bo’lishi kod yozishni maktabda o’rganish kerak degani emas.
Misol uchun, biz hammamiz samolyotda uchamiz, biroq uchuvchilik
guvohnomasini olish 12 yillik ta’limning rejasiga kirmaydi.

Balki, uchish haqida tushunchaga ega bo’lishda kerak bo’ladigan instrumentlar o’quv rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi:

  1. Fizika va matematika sizga gravitatsiya, kuchlar, bosim, tezlik, ishqalanish va ko’tarilishni tushunishga yordam beradi.
  2. Biologiya o’ta balandlikda, cheklangan kislorod va qattiq sovuqda inson tanasida nimalar ro’y berishini o’qitadi.
  3. Tarix samolyot qanday ishlab chiqilgani, qanday rivojlantirilgani va uning sayohat, savdo va urushdagi o’rnini tushuntiradi.

Siz
maktabni bitirganda samolyot nima, u qanday ishlaydi va undan qay
tarzda xavfsiz foydalanish mumkinligi haqida tushunchaga ega bo’lasiz.
Fizika, matematika, biologiya va tarix kabi umumiy fanlar sizga ma’lum
bir samolyot turida qanday uchish kabi bir instrumentni o’ragatadigan
kursdan farqli o’laroq juda keng mavzular haqida fikr yuritishga
o’rgatadi, jumladan samolyot haqida ham.

Shu
sababli, biz kod yozishning o’ziga emas informatikani o’qitishga
e’tibor qaratishimiz kerak: avvalgisi maxsus bir instrument bo’lsa,
keyingisi universal fikrlash uslubi hisoblanadi. Farqli jihatlari haqida
yaxshiroq tasavvurga ega bo’lish uchun, keling, informatika bilan
yaqindan tanishib chiqamiz.

Manba:

Umumiy Dasturlash
Dasturlashni o’rganmang. O’ylashni o’rganing.