Mastercardda «meeting free day»
1-qism
Kecha bizda «meeting free day» — majlislarsiz kun bo’ldi. O’zi odatda bu kabi kunlar yiliga 2-3 marta bo’lib turadi. Lekin hozirgacha aynan bizning menejer unga ko’p e’tibor bermasdi. Bu safar bo’lsa rahbariyat bir haftacha oldin tayyorgarlik qilib, bu kunda hammaga ish bilan o’z ustida ishlash haqida topshiriq berishdi.
Men nimalar qilganim va o’rganganimni shu yerda yozib qoldirmoqchiman.
Kun birinchi yarmi — Open Banking haqida o’rganish
👉 Bir kun biror bir texnologiyani chuqur o’rganib chiqish qiyinligi va shundoq ham har kuni bu borada nimadir o’rganayotganimni hisobga olib men bizning departamentimiz — Open Banking nimaligini yaxshiroq tushunishga qaror qildim
👉 Hozirgi vaqtda ko’p kompaniyalar o’z API larini ishlab chiqib, ma’lum bir ma’lumotlarini ochiqlayotganidan xabaringiz bo’lsa kerak. Ochiq Banklar (Open Banking) ham huddi shu konsepsiya — u yerda banklar o’z mijozlari va ularning ma’lumotlarini API lar orqali ochadi. Bu API lardan esa boshqa kompaniyalar, fintech startuplar foydalangan holda yangi mahsulotlar ishlab chiqishi mumkin
👉 Eng yorqin misollardan biri sizdagi 4-5 bank hisob raqamingiz, kartalaringiz, omonatlaringiz, kreditlaringiz va tranzaksiyalaringizni bitta ilovaga yig’ib beruvchi mahsulotni olish mumkin. Lekin Open Bankingdan foydalanish holatlari (https://stripe.com/ie/resources/more/how-open-banking-is-changing-financial-services-common-use-cases-to-know) faqat bu bilan cheklanmagan.
👉 Eng qizig’i shulardan biri banklar va hisob raqamlar oralig’ida to’lov protsessorlari (PayPal, Stripe, Payme, Click) va tarmoqlarisiz (Visa, Mastercard, Uzcard, Humo) pul o’tkazish ekan. Bu degani men ishlayotgan bo’lim qaysidir ma’noda Mastercardning asosiy faoliyati uchun tahdid hisoblanar ekan 🙂
👉 Albatta, Mastercard ham, Visa ham buni sezgan holda o’zlari Open Banking haqida eng ko’p gapirishyapti (https://www.fxcintel.com/research/reports/ct-open-banking-cross-border-payments), turli xil startaplarni sotib olishyapti. Masalan, Mastercard oxirgi 5 yilda bu sohadagi Aiiaa va Finicity startapini sotib olgan. Visa esa 2021-yilda bozordagi eng katta o’yinchi Plaidni sotib olish imkoniyatini qo’ldan chiqargan, lekin o’tgan yili Tink startapini sotib olgan.
👉 Meni qiziqtirgan joyi bu kabi sotib olishlar orqali ular Open Banking sohasini yaxshilashmoqchimi yoki shunchaki kuchli o’yinchilar ularga xavf tug’diradigan mahsulot ishlab chiqishini oldini olishyaptimi degan savol bo’ldi. Aytishadiku «Agar raqobat qila olmasang, sotib ol» deb 🙂
👉 O’zbekistonga keladigan bo’lsak, birorta bank hali ochiq API chiqarganini topolmadim. Bu borada qandaydir rasmiy yangilik ham ko’rmadim. Ammo Qozog’iston allaqachon bu sohani yo’lga qo’yish uchun qonunlar ishlab chiqayotganinin ko’zim tushdi
👉 Ochiq API larga ko’zim tushmagan bo’lsa ham, O’zbekistondagi menejerim sherikchiligida Open (https://opentech.uz/uz/business/multibank) loyihasi borligini bilaman. Ular qilayotgan «MultiBank» loyihasi aynan shu sohaga to’g’ri keladi.
👉 Yana bir o’rgangan juda qiziq narsam — bu Stripe startapi bo’ldi. Hozirgacha to’lovlarni amalga oshirishda Stripega juda ko’p duch kelganman. Lekin bu startap 2021-yili salkam $100 milliardga baholangani va Irland aka-ukalar tomonidan asos solinib, Dublinda Yevropadagi bosh ofisi borligini bilmagandim (asosiy ofisi esa Californiada)
Shunday qilib kunning birinchi yarmida texnik bo’lmasa ham, biznes tomonlama juda qiziq mavzuni o’rganib chiqdim.
Umumiy Dasturlash
Mastercardda «meeting free day»