Uzum marketga qayerdan tovar olib joylasa bo’ladi?
Uzum marketda 2023 yil oktabrdan beri ishlab kelaman, shu kungacha bozordan narsa olib sotayotgan edim, Iyul oyidan boshlab Xitoydan narsa buyurtma qilib joylashni boshladim.
Hozircha test ko’rinishda kamroq miqdorda buyurtma bervomman, ketmay qolishi ham mumkin, tovar tanlashni bilish katta yutuq hisoblanadi.
Agar noto’g’ri tovar olib kelib qo’ysangiz, pulingiz muzlab qoladi va Uzumda sotilmagan tovar uchun ma’lum muddatdan keyin pul to’lashni boshlaysiz va foyda ko’rish o’rniga minusga ketishga olib keladi.
Hozirgacha 150 xildan oshiq tovar bilan ishlab ko’rdim, o’zimga kerakli va turib qolmaydigan tovarlar ro’yxatini shakllantirvomman.
Uzum market bo’yicha SEO qanday ishlaydi, tovarga SEO qilish haqida barchasi bo’ladi.
Kursimga shu yo’nalishni ham qo’shib qo’ysam nima deysizlar?
Tez orada shu haqida ma’lumotlar bilan bo’lishaman. Qiziq bo’lsa qoldiring.
P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring!
Dasturlash, Uzum market
Uzum marketga qayerdan tovar olib joylasa bo’ladi?