TARVUZ haqida to’liq malumot oling

TARVUZ haqida to’liq malumot oling

TARVUZ haqida

Tarvuz deyarli 90% suvdan iborat boʻlib, chanqogʻingizni juda yaxshi qondiradi.

Tarkibida oqsillar va yogʻlar yoʻq, ammo tez hazm boʻlib energiya beradigan uglevodlarga boy. Ushbu meva, ayniqsa, jismoniy faol odamlar uchun foydalidir.

Tarvuz tarkibida juda koʻp qizil pigment — likopin mavjud. Bu modda kuchli antioksidant.

Tarvuz C va B guruh vitaminlariga, ayniqsa minerallarga boy.

Tarvuz deyarli suv va kam kaloriyaga ega boʻlgani uchun uni cheksiz miqdorda isteʼmol qilish mumkin degan notoʻgʻri tushuncha bor.

Tarvuz oddiy uglevodlarga boy boʻlib, glikemik indeksi baland mahsulotlar roʻyxatiga kiradi. Shuning uchun qandli diabetda ehtiyot boʻlib iste’mol qiling.

Tarvuz 3 yoshgacha boʻlgan bolalarga berish tavsiya qilinmaydi, allergenligi sababli emas, balki tarvuzni sanoat usulida yetishtirishda ishlatiladigan oʻgʻitlar, nitratlar va boshqalarni zararli taʼsiridan.

Shu sababdan kattalarga tarvuzni qobigʻigacha isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi aynan shu qatlamida zararli moddalar koʻproq boʻladi.

Diuretik taʼsiri va siydik kislotasining chiqarilishini koʻpaytirishi tufayli buyraklar qumdan tozalanadi.

Ma’lum boʻlishicha tarvuz shishlarni, yurak va buyrak kasalliklarini, gipertoniya va ich qotishini yengillashtiradi.

Tarvuzni urugʻlari alohida mavzu, unga ham alohida post joylayman.

@taomlanish_ilmi

Boshqa mavzular
TARVUZ haqida