Dasturlash o’ldi tan olish kerak…

Dasturlash o’ldi tan olish kerak…

Dasturlash o'ldi tan olish kerak...

Kecha Adham Zokirov kanalida Ustoz-Shogir kanalidagi ish e’lonlarini Prompt Engineering bilan tahlil qilib chiqqanini e’lon qildi. Bu ma’lumot Sardor Og’a kanalida ulashgandan keyin qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi. Va ulardan eng asosiysi Sardor Og’a o’zi ham alohida e’tibor qaratgan quyidagi fikr.

Dasturlash o’ldi tan olish kerak, 3 karra ish kamaygan

Dasturlash rostdan ham «o’ldi»mi?

Yuqoridagi fikrda jon bor. Chunki jadval 2020-yildagi ish e’lonlari soni 900 dan 2023-yilga kelib 300 taga tushganini yaqqol ko’rsatib turibdi. Lekin umumiy holatni tahlil qilmay turib faqat bu sondan xulosa chiqarish xato bo’lishi mumkin.

2020-yil

Bu yerda eng muhim va esdan chiqayotgan jihat jadval aynan 2020-yildan boshlangani. Pandemiya nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda birdaniga kompaniyalarni onlayn rejimga o’tishga majbur qildi. Onlayn xizmatlarga ehtiyoj ortishi natijasida esa dasturchilarga bo’lgan talab ham osmonga sakradi (qolgan ishlar esa «o’ldi»).

Tasvirni kattaroq olish uchun esa AQSHdagi yangi ish o’rinlari statistikasiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Pandemiya dunyoga tarqalgan mart oyidan ish o’rinlari keskin kamayib, aprelda 6 yillik minimumga (4637 ta) tushgan. Ammo o’sha yil iyul oyidayoq o’zini ancha tiklab olgan (6439 ta) va bu aynan texnologik ishlar hisobiga amalga oshgan.

2021-yil

2021-yil boshida pandemiya cheklovlari kamayishni boshladi va AQSH hukumati «o’tirib qolgan» iqtisodni tiklash uchun kredit foizini minimum darajaga tushirib qo’ydi. Natijada kompaniyalar katta miqdorlarda kreditlar olib, o’z faoliyatini tiklashga kirishib ketdi. Ustoz-shogirdda ham 2021-yil pik bo’lganini ko’rish mumkin.

Ammo buning natijasida 2021-yil oxiri va 2022-yil boshlarida AQSHdagi inflyatsiya «osmonlarga» ko’tarilib ketdi.

2022-yil

Izdan chiqayotgan inflyatsiya (7-8%) ni jilovlash maqsadida 2021-yil oxiridan boshlab FED keskin tarzda kredit foizini ko’tarishni boshladi. Natijada kompaniyalar moliyalaviy holati cheklandi, bozor keskin qisqarishni boshladi va xarajatlarni kamaytirish ehtiyoji paydo bo’ldi.

Moliyaviy bosim sababli endi kompaniyalar yoppasiga dasturchilarni ishdan bo’shatishni boshladi (layofflar mavsumi). O’zi shundoq ham ishdan bo’shatib turganda esa yangi ish o’rni ochish ham sezilarli tarzda pasaydi.

2023-yil

Inflatsiya tezda pasayib qolmadi va 2023-yilda ham 5-6% atrofida qoldi. Layofflar ancha kamaygan bo’lsa ham, kompaniyalar yangi xarajatlar haqida juda ehtiyot bo’lib harakat qilishni boshladi.

Bundan tashqari 2023-yil boshida ommalashishni boshlagan Generative AI bozordagi noaniqlikni kuchaytirib yubordi. Umumiy shov-shuv ortidan AI bilan bog’liq kompaniyalar narxi uchib ketishiga qaramay, unga tezda moslasha olmaganlar biroz tahlikali vaziyatga tushib qoldi (Google va Apple ham shular qatori).

Natijada kompaniyalar xarajatlari judayam konsentratsiyalashib ketdi. Deyarli barcha mablag’lar AI uchun mos serverlar va qurilmalarga yo’naltirildi. Natijada dasturlash ish o’rinlari ham juda tor mavzuda bo’lib qoldi.

2024-yil

Bu yilga kelib AQShdagi inflatsiya stabil pasayishni boshladi va hozirda 3% atrofida. Ammo FED o’zi maqsad qilgan 2% ga yetmaguncha foiz stavkalarini baland ushlab turishda davom etyapti.

Bozordagi noaniqliklar ham ancha bosildi. Kompaniyalar ham, dasturchilar ham AI plyus-minus tomonlarini tushunib oldi va ikkisi ham «hali beri vahima qilish shart emas ekan» degan xulosaga keldi.

Tech ish o’rinlari ham 2024-yilda stabillashib, sekin o’sishni boshlayotganini ham ushbu jadvaldan ko’rish mumkin.

Xulosa

Dunyoning eng katta IT bozoridagi holat butun dunyo qatori O’zbekistonga ham, Ustoz-Shogirddagi e’lonlar soniga ham ta’sir qildi. Shu sababli ham

Dasturlash o’lmadi, u shunchaki o’ziga kelib oldi )

Manba:

Boshqalar
Dasturlash o’ldi tan olish kerak…