Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshirish to’liq malumot oling

Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshirish to’liq malumot oling

aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshirish 1

Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1 yanvardanKorruptsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.

Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
korruptsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korruptsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reestrini yuritish;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
korruptsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.

Foydali Maslahatlar
Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshirish