Go’shtli rulet tayyorlash resepti to’liq malumot oling

Go’shtli rulet tayyorlash resepti to’liq malumot oling

Kerakli masalliqlar:

1. Un

2. Sut — 750 gr.

3. Margarin — 250 gr.

4. Tuhum — 4 dona

5. Shakar — 1 choy qoshiq

6. Yog’ — 200 gr.

7. Achitqi — 2 osh qoshiq

8. Tuz — 3 choy qoshiq

9. Qiyma — 1 kg

10. Piyoz — 2 dona.

goshtli rulet tayyorlash resepti 1

Go’shtli rulet tayyorlash resepti

Tayyorlanishi:

Qiyma.

Qiyma go’shtga piyoz, tuz solinib, tovada biroz qovurib olinadi.

Tuhumni oqini shakar bilan aralashtirib, issiq sutga solinadi. So’ng, 2 stakan un bilan achitqi solinib, suyuq hamir qoriladi va 2 soatga muzlatkichga qo’yiladi. So’ng, suyuq hamir muzlatkichdan olinib, to’z, yog’, 3ta tuhum sarig’i va un solinib, yumshoq hamir qoriladi. Hamirni 5 ga bo’lib, har bir bo’lagini celofanga o’rab, yana muzlatkichga 1 soatga qo’yiladi. So’ng, har bir zuvalani yoyib, 50 grdam hona haroratida yumshagan margarin surtiladi.

Yoyilgan hamirga qiyma solinib, rasmda ko’rsatilgan shaklga keltirib o’raladi. Duhovka listiga oysimon shaklda qo’yilib, ustiga tuhum sarig’i surtilib, sedana sepiladi va o’rta olovda 35-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Eslatma: Tayyor zuvalalarni muzlatkichda saqlagan xolda ertalabki nonushtaga bittadan pishirish mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

Pazanda
Go’shtli rulet tayyorlash resepti