Katta jinsiy olat — ayollar orzusimi yoki erkaklarniki? to’liq malumot oling
«Jinsiy olatni kattalashtiring!» degan mavzudagi reklamalar internetda ko’payib ketyapdi. Ba’zilar allaqachon o’sha reklamalar bo’yicha buyurtma ham bergandir. Ammo, keling avval tushunishga harakat qilaylik: bizning munosabatlarimiz uchun bu o’lcham haqiqatan ham ahamiyatlimi?
Xususiy tibbiy klinikalar va sehrli kapsulalarni ishlab chiqaruvchi firmalar bizning elektron pochtamiz yoki turli saytlarni jinsiy olatni kattalashtirish bo’yicha reklama takliflari bilan to’ldirishyapdi va hatto +10sm dagi uzunlikni kafolat berishyapdi. Natijada menda savol tug’ildi: kim kattakon jinsiy olatni ko’proq orzu qiladi, erkakmi yoki ayolmi? Savol bema’ni bo’lib tuyulishi mumkin, ammo shu savolni javobidan boshqa xech narsa hozirgi zamon odamlarining shahvoniy istaklarini tasvirlab berma olmaydi.
Erkakdagi xayol: ayolni «sehrlab» olish
Jinsiy olat bugungi kunda erkaklik ramzi va shu bilan birga erkaklar uchun tashvish manbai bo’lib qolmoqda. Chunki, uni o’lchami, shakli, ereksiyasi va tez «charchab qolmasligi» haqida tinimsiz qayg’urish kerak. Ammo, «Ox sizniki namuncha katta va kuchli» degan gapni eshitgan har qanday erkakning boshi osmonga yetishi tayin. Shunday ekan, juda ko’pchilik erkaklar o’zining «kelishgan» jinsiy olati yordamida har qanday ayolni maftun etish mumkinligiga ishonishadi.
O’lcham — bu bahona!
Ba’zi ziddiyatlarga borib turadigan jufliklarda erkak (yoki ayol) janjallarning asosiy sababi «olatining kichchikligida» deb o’ylaydi. Aslida asa bunday o’lcham uchun tabiatni ayblash kerak, erkakni emas! Shuni ham aytish kerakki, oilaviy totuvlik jinsiy olat o’lchamiga emas, juftlikning bir-biriga bo’lgan sevgisiga bog’liq bo’ladi.
Ko’pgina hollarda, katta jinsiy olatni orzu qilish erkakning har doim benuqson bo’lishga intilishini anglatadi. Jinsiy yetishmovchilik zamonaviy erkakning asosiy qo’rquvlaridan biridir.
Jinsiy aloqa garmoniyasi ereksiya bilan bog’liq bo’ladi: ayol uchun bu uni xohlayotganini belgisi, erkak uchun esa sherigini qondirish qobiliyatining isboti. Lekin, ilmiy nuqtai-nazardan olib qarasak olat o’lchami va ereksiy o’rtasida xech qanday bog’liqlik yo’q. Shunday ekan, jinsiy olat bahaybat bo’lsa-yu, lekin ereksiya kuzatilmasa hammasi befoyda bo’ladi.
Ammo, mehribon erkaklar jinsiy olatini aslo o’zlari uchun kattalashtirmas ekan. Chunki ular jinsiy aloqa jarayonida ayolni qoniqtirishni o’z masulyatlari deb bilishadi va agarda ayol qoniqmaydigan bo’lsa erkak avtomatik tarzda «omadsiz» ga aylanib qoladi. Bu esa erkakning ruhiyatiga ta’sir o’tkaza boshlaydi va u vaziyatdan chiqish uchun olatini mukammalashtirishga kirishadi.
Juda katta jinsiy olat kompleksi
Katta jinsiy olat davomiy jinsiy munosabatlarni o’rnatishga to’sqinlik qilishi mumkin. Chunki u jinsiy yaqinlik paytida ayolga yoqimsiz hislar beradi. Natijada ayol lazzatlanishni emas faqat o’riqlarni his qila boshlaydi. Axir erkak xotinini (yoki ayol o’zini) pornografik filmlardagi professional foxishalarga tenglashtirish — bu axmoqlikni o’zginasidir.
Ayolning fantaziyasi: katta olat — kuch va qudrat
So’nggi o’n yillikda jamiyatdagi gender rollari o’zgardi: endi ayollar orgazmga erishish istagi va huquqlarini ochiq e’lon qilmoqdalar: ayollar orgazmni his qilishni xohlashadi va agar bunday bo’lmasa, ular eriga buni aytishdan uyalmaydilar va hatto uni o’zgartirishga urinadilar.
Hattoki ayol muntazzam ravishda orgazmni his qilib yursa ham, onda-sonda erining qulog’iga shipshib qo’yadi: «Yanayam kattalashtirishni iloji yo’qmikana!». Ayoldagi bu xohish «katta olat kuchli va huzurbaxsh bo’ladi» degan noto’g’ri tushuncha bilan bog’liqdir. Holbuki, jinsiy aloqada ayolning lazzatlanishi — jinsiy aloqa texnikasi, ma’lum bir pozalari, psixologik va atrof muhitga bog’liq bo’ladi. Va yana bir gap: ayolning jinsiy a’zosi shunchalik moslashuvchan va cho’ziluvchan bo’ladi-ki, mobodo eri jinsiy olatini kattalashtirgan taqdirda ham tez fursatda yana sezgilar kamaya boshlaydi. Natijada yana hammasi avvalgi holatiga qaytadi.
Endi sizga savol: agarda siz yuqoridagi holatga tushsangiz, keyin nima qilasiz? Vaginani qayta toraytirasizmi yoki olatni yanada kattalashtirasizmi? Iloji bo’lsa aytingchi, yana qanchalik va qachongacha kattalashtirmoqchisiz?
Hulosa
Jinsiy qoniqish bizning hissiyotlarimizga, shaxsiy fazilatlarimizga va hayot tarzimizga bog’liq bo’ladi. Seksologlarning ta’kidlashlaricha: agar sevgi ila munosabatlarni o’rnatgan erkak va ayol bir-biriga maksimal darajada zavq bag’ishlashga intilishsa, jinsiy olatning o’lchami xech qancha rol o’ynamaydi. Biz ko’proq tasavvurimizga, sezgilarimizga va jinsiy qobilyatlarimizga ishonishimiz kerak. Jinsiy olatni kattalashtirish borasidagi hayollarni esa shunchaki uniting!
Muallif: Temur Xalikov, yurakcha.ru — 2020
Jinsiy tarbiya
Katta jinsiy olat — ayollar orzusimi yoki erkaklarniki?