O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol (2-qism)

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol (2-qism)

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol (2-qism)

O’z yo’lini MVP’dan boshlagan muvaffaqiyatli va butun dunyoga taniqli startaplar haqidagi avvalgi maqolaning davomi bilan tanishing.

Pebble

ota muvaffaqiyatli mvplarga 4 ta misol 2 qism 6664eed2de575

Elektron qog’ozdan soat ishlab chiqaruvchi kompaniya. «Aqlli aksessuarlar» bozorini ommabop qilgan ishlab chiqaruvchi shudir.

Investorlarning puli tugagach, Pebble asoschisi Erik Mijikovski Kickstarter’da kampaniya boshladi, u oxir-oqibat kraudfanding tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi bo’ldi — mahsulotga qiziqish bildirgan iste’molchilar unga 10 million dollar investitsiya kiritdi.

MVP sifatida prototipning namoyish roligi qo’llanildi, unda investitsiya qilish haqida so’raldi. Talab etilgan mablag’ (100 ming dollar) ikki soat ichida yig’ildi, investitsiya davrasi yakunida esa, 60 mingdan ziyod kishi Mijikovskining loyihasiga 10 million 200 ming dollar kiritdi.

Zynga

ota muvaffaqiyatli mvplarga 4 ta misol 2 qism 6664eed36329d

2013-yilda in-app xaridlardan 1 milliarddan ortiq daromad olgan ijtimoiy o’yinlar ishlab chiqaruvchi studiya.

Ishlab chiqish jarayonida kompaniya o’yinga yoki uning ma’lum bir jihatiga bo’lgan qiziqishni aniqlash uchun AdWords’dagi maqsadli sahifalar va kampaniyalardan foydalanadi.

Online tarzda, shuningdek, joriy o’yinlarda reklama «aylantirish» yo’li bilan Zynga qimmatli ma’lumotlarni qo’lga kiritadi, ular ishlab chiqish rejasini tuzish va auditoriya uchun qiziq bo’lmagan o’yinlarga investitsiya kiritishdan qochish imkonini beradi.

Xulosa o’rnida: ishlab chiqishga boshingiz bilan sho’ng’ib, qo’l ostingizdagi barcha resurslarni investitsiya qilish kerak emas — batafsil tahlil o’tkazing, funksionalni o’z me’yorida qo’shing va ishlab chiqishni kichik topshiriqlarga taqsimlab, jamoa diqqatini ushlab turing.

Shuningdek, oddiy formulani unutmang: sinovdan o’tkazing, joriy qiling, va yana sinovdan o’tkazing.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://leanstartuprussia.ru/

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol (2-qism)