Hafsa binti Umar to’liq malumot oling
Hazrati Hafsa (roziyallohu anhu) bilimli, yuksak axloqli, irodasi mustahkam, sadoqatli bir sayyida ayol edi. U hijratning uchinchi yili Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) oilalariga qo‘shilib, mo‘minlarning onasi bo‘lish sharafiga erishdi.
* * *
Hafsa (roziyallohu anhu) payg‘ambarlik kelishidan besh yil oldin Makkada tug‘ildi. Otasi Islom tarixida adolati bilan mashhur bo‘lgan ikkinchi xalifa Hazrati Umardir (roziyallohu anhu). Onasi Zaynab Usmon ibn Maz’unning singlisi edi. Hafsa otasi bilan birga Makkada musulmon bo‘ldi. Ashobdan Hunays ibn Hazofa (roziyallohu anhu) bilan oila qurdi. Ilk musulmonlar safidan joy olgan bu baxtiyor oila Habashistonga, keyinroq Madinaga hijrat qildi.
Hazrati Umar (roziyallohu anhu) qizining beva qolishini xohlamas edi. Bir ota o‘laroq, qizini solih bir kishiga uzatishni orzu qilardi. U bu masalani juda ko‘p o‘yladi va Hazrati Hafsaning iddasi tugagach, Hazrati Usmonga (roziyallohu anhu) nikohlash maqsadida uning oldiga bordi. Hazrati Usmon (roziyalohu anho) ham bu paytda yolg‘iz qolgan edi. Zavjasi Payg‘ambarimizning(sollallohu alayhi va sallam) qizlari Ruqayya vafot etgan edi. Abdulloh ibn Umar otasi va Hazrati Usmonning uchrashuvini otasidan shunday naql etadi:
«Usmon ibn Affonning oldiga bordim. Juda g‘amgin kayfiyatda ekan. Ko‘nglini ko‘tarib, tasalli berish uchun unga Hafsadan so‘z ochdim. Xohlasang, Hafsani senga nikohlab beray, dedim. Usmon darhol javob bermadi. Bu haqda o‘ylab ko‘rish uchun muhlat so‘radi. Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng u bilan yana uchrashdim. Usmon hozircha uylanmasligini aytib, uzr so‘radi».
Hazrati Umar Abu Bakrga (roziyallohu anhu) ham shunday taklif qilmoqchi bo‘ldi. Hazrati Umar:
— Ey Abu Bakr, agar istasang senga qizim Hafsani nikohlab beray, — dedi.
Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhu) indamadilar. Hatto bir og‘iz so‘z ham aytmadi. Bu holatdan Hazrati Umar (roziyallohu anhu) ranjidilar.
Hazrati Umar ikki samimiy do‘stidan ijobiy javob ololmagach, yuragi siqilgancha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga kirib, shunday dedi:
— Yo Rasululloh! Men Usmonga hayronman. Hafsani unga nikohlamoqchi bo‘ldim, u esa rozi bo‘lmadi. Abu Bakr ham shunday…
Ikki jahon quyoshi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) tabassum qilib:
— Yo Umar! Hafsa Usmondan, Usmon ham Hafsadan xayrliroq bo‘lgan birisi bilan oila quradi, — dedilar.
Hazrati Umar bugunlay o‘y-xayol ichida qoldi. Usmondan ham xayrli kuyov kim bo‘lishi mumkin? Shu tariqa bir necha kunni o‘tkazdi. Bir kuni Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsani o‘zlariga so‘rab, Hazrati Umarga:
— Sen qizing Hafsani menga nikohla. Men esa qizim Ummu GulsumniUsmonga nikohlayman, — dedilar.
Bu xabardan Hazrati Umarning boshi osmonga yetdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu xabar bilan Hafsani o‘zlariga nikohlash Allohning amri ekanini bildirmoqchi bo‘ldilar. Kisqa fursat ichida to‘y taraddudlari tugallandi. Hijratning uchinchi yili sha’bon oyida Hazrati Hafsa Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) nikohlanib, mo‘minlarning onasi bo‘lish baxtiga erishdi.
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bu go‘zal tashabbuslari bilan uch ulug‘ sahobalari o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlikni, qarindoshlikni yanada mustahkamladilar. Hazrati Oyishani nikohiga olib, Hazrati Abu Bakrning, Hafsani nikohiga olib esa, Hazrati Umarnint ko‘nglini ko‘tardilar. Har ikkisining ham qizlarini mo‘minlarning onalari bo‘lish baxtiga erishtirdilar.
Hazrati Abu Bakr Hazrati Umar (roziyallohu anhum) bildirgan taklifga aniq javob bermagani uchun ich-ichidan ezilib yurgan edi. Chunki u bir sirni bilar, ya’ni, Hazrati Hafsa bilan Rasuli Akramning (sollallohu alayhi va sallam) turmush qurishlari Hazrati Abu Bakrga ma’lum edi. Bu haqqa gapirish omonatga xiyonat bo‘lardi. Shu sababli sukut saqladi. Nikoh o‘qilgach, Hazrati Abu Bakr Hazrati Umarning oldiga kelib, uzr so‘radi va shunday savol bilan murojaat kildi:
— Hafsaga uylanishimni so‘raganingda, javob bermaganim uchun mendan ranjigan bo‘lsang kerak?
— Ha, — dedi Hazrati Umar. Shunda Abu Bakr (roziyallohu anhu) bo‘lib o‘tgan voqeani gapirib berdi:
— Menga bu masala bo‘yicha gap ochganingda, senga javob bermaganimning sababi shuki, Rasululloh Hafsaga uylanishlarini menga aytgan edilar. Albatta, bu sirni senga oshkor qilolmadim, Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Hafsaga uylanishdan yuz kechsalar, shubhasiz unga uylanardim, — deya Hazrati Umarga tasalli berdi.
Kanday nazokat!.. Kanday yaxshi adab!.. Kanday sadoqat!.. Mana haqiqiy Islom odobi!.. Omonat bir sir… Sukut bir xazinadir… Omonatga rioya va sukutni ixtiyor etish insonga amniyat va bezakdir…
* * *
Hazrati Hafsa Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) xonadonlariga Savda va Oyisha onalarimizdan keyin kelin bo‘lib keldi. Saodat uyiga kelganida u yigirma yoshlarda edi. Savda onamiz Oyisha kabi uni ham buyuk bir ko‘ngil xotirjamligi ichida qarshi oldi. Har ikkisiga ham xizmat qildi. Hafsa yosh bo‘lishiga qaramay, oqila, otasi kabi bir so‘zli, irodasi mustahkam edi.
Xonai saodatda bu ikki yosh onalarimiz Payg‘ambarimizga ( sollallohu alayhi va sallam) xizmat qilishda, go‘yo musobaqalashayotgandek g‘ayrat qilar edilar. Juda yuksak darajada sevgi-hurmat ko‘rsatar edilar. Rasululloh bu ikki yosh zavjalari ikki aziz birodarlarining qizi bo‘lgani bois ham imkon boricha sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lar, ayollik zaifiyatlarini, yoshliklari nihisobga olib, yanada marhamatli, yanada shafqatli muomala qilar edilar. Lekin barchalari ahli bashar emasmi, og‘ir kunlari ham bo‘lib turardi.
* * *
Bir kun Rasuli Akram (sollallohu alayhi va sallam) Zaynab binti Jahshning xonasida asal sharbati ichdilar va biroz ushlanib qoldilar. Bu holat ikki yosh zavjalarining diqkatini tortdi va ikkovlari kelishgan holda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yonlariga borganlarida ul zoti muborakdan sarimsoq hidi kelayotganini aytishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sarimsoq yemaganini, asal sharbati ichganlarini aytdilar va:
— Demak, asalari sarimsoq yalagan ekan, — deb, bundan so‘ng aslo asal sharbati ichmaslikka qasam ichdilar.
Bu voqea sabab bo‘lib Alloh taolo Tahrim surasining ushbu oyatlarini nozil qildi (mazmuni):
«Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab, Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir».
Faxri Koinot Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) zavjalaridan ayrilib, xilvatga yuz burdilar. Bu tadbir bilan yosh zavjalarini tarbiyalamoqchi bo‘ldilar. Biroq ashob orasida Rasululloh zavjalari bilan ajrashibdilar, degan so‘z tarqaldi. Hazrati Umar bu xabarni eshitgach, qizi Hafsadan biror xato o‘tdimikin deb darhol hujrai saodatga yo‘l oldi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) ichkari kirishga izn olgach, ko‘ngilga taskin beruvchi shu so‘zlarni aytdi:
— Yo Rasululloh! Zavjalaringiz sababli qanchalik qayg‘u chekyapsiz. Shoyad, ular bilan ajrashsangiz, Alloh ham, farishtalari ham Siz bilan birgadir. Men ham, Abu Bakr ham, mo‘minlar ham Siz bilan birga…
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tabassum kildilar. Guldek yuzlaridan nur sochildi.
— Zavjalarim bilan ajrashganim yo‘q, faqat xilvatga kirdim, — deya Hazrati Umarning qalbiga orom beruvchi va mo‘minlarni sevintiruvchi so‘zlarni aytdilar.
Hazrati Umar masjidga keldi va musulmonlarga vaziyatni tushuntirib berdi.
* * *
Hazrati Hafsa tabiatan biroz qattiqqo‘l edi. Hazrati Oyisha uni shunday tavsif etadi: «Hafsa tom ma’noda otasining qizidir. Mustahkam irodasi bor. Bir so‘zli va qat’iyatlidir».
Bir kuni Rasuli Akram Hafsa onamiz oldida Hudaybiyada bay’at etgan ashobni eslab:
— Inshaalloh, Hudaybiyada bay’at etgan ashobim jahannamga kirmaydi, — deb marhamat qildilar.
Hafsa (roziyallohu anhu) esa: «Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz. (Bu)Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir», (Maryam, 71) oyatini o‘kidi. Payg‘ambarimiz ham unga: «So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz», (Maryam, 72) oyatini o‘qib, javob berdilar.
Hazrati Hafsa onamiz ibodatda mustahkam edi. Ko‘p namoz o‘qir va nafl ro‘za tutardi. Uning hayoti ham boshqa onalarimiz kabi faqirlikda o‘tdi. Yotoq o‘laroq foydalanadigan birgina sholchasi bor edi. Yoz kunlari uni tagiga to‘shar, qishda esa bir tarafini ostiga to‘shab, bir tarafini ustiga yopardi. Ko‘pincha yeyishga non topolmas edi. Shunday bo‘lsa ham sira shikoyat qilmas, doim shukr qilib yashardi.
U Rasuli Akramga (sollallohu alayhi va sallam) sadoqat va muhabbat bilan bog‘langan edi. O’ziga hadya qilingan narsalarni yeb-ichmay, Rasulullohga iqrom qilardi. Ul zotni doimo o‘z nafsidan yuksak va afzal bilardi. Bir kuni Hazrati Hafsaga bir tulum asal tortiq qilishdi. Rasuli Akram uning xonasiga kirganlarida, Hafsa o‘sha asaldan ikrom etardi.
* * *
Hazrati Hafsa Faxri Koinotning (sollallohu alayhi vasallam) dorulbaqoga irtixollaridan so‘ng ham muhim xizmatlarni ado etdi. Hazrati Abu Bakr davrida Qur’oni karim oyatlari bir yerga to‘planib, Mushaf holiga keltirilgan edi. Bu yagona nusxa Hazrati Abu Bakrda turardi. Vafotidan so‘ng Hazrati Umarning nazoratiga berildi. Hazrati Umar ham yaralanib, shahid bo‘lgach, qizi Hazrati Hafsa onamizga topshirildi. Hazrati Hafsa uni sadoqat bilan muhofaza qildi. Hazrati Usmon davrida bu nusxa ko‘paytirildi.
* * *
Hazrati Hafsa onamiz oltmishga yaqin hadis rivoyat qilgan. Hijratning 45-yili Hazrati Muoviyaning xalifaligi davrida oltmish yoshida vafot etdi. Janoza namozini Madina voliyi Marvon ibn Hakam o‘qidi. Baqi’ qabristoniga, mo‘minlar onalari oldiga, abadiy istirohatgohiga qo‘yildi. Alloh taolo Hazrati Hafsa onamizni rahmatiga olgan bo‘lsin. Omin.
«Qahramon mo’mina ayollar» kitobidan (Toshkent, «Movarounnahr», 2005) olindi.
Hafsa binti Umar roziyallohu anho qanday xonadondan ekanliklarini ta’riflab o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak. U kishining otalari ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhudir. Onalari esa Zaynab binti Maz’un ham mashhur xonadondan bo‘lib, sahobiy Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhuning singlisidir. Ibn Sa’d rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda hazrati Umar roziyallohu anhu:
«Hafsa Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Gayg‘ambar etib yuborilishlaridan besh yil oldin, Quraysh Baytni qurayotgan paytda tug‘ilgan», degan.
Bundan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy kela boshlaganda Hafsa binti Umar roziyallohu anho besh yoshli qizcha ekani ma’lum bo‘ladi. Hafsa es-hushini taniganidan boshlab, islomiy muhitda o‘sdi. Umar roziyallohu anhu Islomga kelganlaridan keyin u kishining uylari Makkadagi din tayanchlaridan biriga aylangan edi. U kishining tog‘asi Maz’un roziyallohu anhuning bolalari ham Islom fidokorlaridan edi. Hafsaning ammalari Fotima binti Xattob va u kishining eri Sa’id ibn Zayd musulmonlikni dastlab qabul qilgan kishilardan edilar.
Oila qurish va hijrat
Hafsa binti Umar roziyallohu anho ana o‘shandoq islomiy sharoitda taqvodor va fidokor bo‘lib o‘sdi. U kishi oila qurish yoshiga yetganida Xunays ibn Huzofa as-Sahmiyga turmushga chiqdi. U kishining turmush o‘rtoqlari ham Islomga avval kirganlardan edi. Yangi oila o‘sha paytda Islom asosida qurilgan nodir oilalardan biri bo‘lib, baxtiyor hayot kechirish niyatida edilar. Ammo din dushmanlari bunga yo‘l qo‘ymadilar. Mushriklarning tazyiqlaridan qochib, Xunays ibn Huzofa as-Sahmiy Habashistonga hijrat qilishga majbur bo‘ldilar. U yerda boshqa muhojirlar bilan ma’lum muddat turganidan keyin yana Makkaga qaytib keldilar. Mushriklarning tazyiqi tobora kuchaydi. Madinaga hijrat qilishga izn bo‘lganda Hafsa binti Umar ham eri Xunays ibn Huzofa as-Sahmiy bilan birga hijrat qilishdi. Ular Madinada Rifo’a ibn Abdul Munzirnikida yashadilar. Hijratning ikkinchi yili Xunays ibn Huzofa as-Sahmiy Badr jangida ishtirok etdi. U kishi bahodirlardan edi. Uning kuchli zarbalaridan qo‘rqqan dushmanlar undan qutulish yo‘llarini axtarishdi. Dushmanning ko‘pchilik bo‘lib qilgan hujumlari oqibatida Xunays ko‘p jarohat oldi, tanasidan tinmay qon oqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jang tamom bo‘lganidan keyin ham Badrda uch kun turdilar. Bu vaqtda Xunaysning jarohati biroz bitib, qon to‘xtadi. Keyin Madinaga qaytishdi. Hafsa binti Umar ham ko‘pchilik qatori muzaffar Islom lashkari jangchisi bo‘lgan eri Xunaysni g‘alaba bilan tabriklab, kutib oldi. Ammo Xunays ibn Huzofa as-Sahmiy roziyallohu anhu mazkur jarohati tufayli vafot etdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu xabardan ko‘p mahzun bo‘ldilar va o‘zlari janozani o‘qib, shahidni Baqiy’ga, Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhuning yoniga dafn etishni amr qildilar. Shundoq qilib, Hafsa binti Umar roziyallohu anho tul qoldi.
Eng ulug‘ kuyov
O‘sha vaqtlarda er tomon uylanish uchun ayol izlar edi. Ayol tomondan avval gap chiqishi uyat hisoblanar edi. Ammo qizi beva qolgan Umar ibn Xattob yangicha yo‘l qo‘llashga o‘tdilar. U kishi o‘zlari Hafsaga munosib kishini axtara boshladilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu uzoq o‘yladilar. O‘sha paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari, Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning zavjalari Ruqayya roziyallohu anho ham vafot etgan edi. Bir kuni Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning oldiga Umar ibn Xattob kelib, salom berdilar. Ikkovlari bir oz gaplashib o‘tirishdi. Umar roziyallohu anhu hazrati Usmon ibn Affonning mahzunliklarini ko‘tarish maqsadida:
«Agar istasang, Hafsani senga nikohlab beray», dedilar.
Ammo Usmon ibn Affonning hali dardlari arigani yo‘q edi. U kishining ko‘ngliga qil sig‘mas edi. Shundoq bo‘lsa ham qadrdon do‘stini ko‘ngli uchun:
«Bir o‘ylab ko‘rarman», deb qo‘ydilar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu ancha kutdilar. Ammo Usmon ibn Affondan hech gap chiqmadi. Bir kuni uchrashib qolganlarida esa «Hozirda uylanishga hech rag‘batim yo‘q», dedilar. Hazrati Umar roziyallohu anhu bir gap demasalar ham, ko‘ngillari bir oz ranjidi. So‘ng Abu Bakr roziyallohu anhuning oldilariga borib, u kishiga ham arz qildilar. Ammo Abu Bakrdan churq etgan sado chiqmadi. U kishi o‘zlarini qo‘ygani joy topa olmay qoldilar. Albatta, odatdagidek bundoq paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilinardi. Hazrat Umar roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib, Usmon va Abu Bakr roziyallohu anhulardan shikoyat qilgandek bo‘ldilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga:
«Hafsaga Usmondan yaxshi kishi uylanajak, Usmon Hafsadan yaxshi kishiga uylanajak», dedilar.
Imom Buxoriy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Hafsa Xunays ibn Huzofa as-Sahmiydan beva qoldi. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bo‘lib, Madinada vafot etgan edi. Bas, Umar aytadi:
«Hafsani Usmonga taqdim qildim. U bu ishga bir nazar solay, dedi. Bir necha kun kutdim. So‘ng u menga uchrashib, hozirgi kunda uylanmay turganim ma’qulga o‘xshaydi, dedi. Abu Bakr Siddiqqa uchradim va, agar xohlasang, senga Hafsani nikohlab beraman, dedim. Abu Bakr indamadi. O‘shanda Usmondan achchig‘im chiqqanidan ko‘ra ko‘proq achchig‘im chiqdi.
Bir necha kundan so‘ng unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sovchi bo‘ldilar va men uni u Zotga nikohlab berdim. So‘ngra Abu Bakr menga uchrab:
«Ehtimol, Hafsani menga taqdim qilganingda va men senga javob bermaganimda achchig‘ing chiqqan bo‘lsa kerak?», dedi.
«Ha», dedim.«Meni senga javob berishimdan faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uni zikr qilganlarini eshitganim man qilgan edi, xolos. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirlarini ochishim mumkin emas edi. Agar u Zot tark qilsalar, qabul qilishim mumkin edi», dedi Abu Bakr».
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudek hassos inson beva qolgan qizlari Hafsaga ko‘ngildagidek ahli fazl yo‘ldosh axtarishga harakat qilganlari ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Ba’zi kishilar bu ishni or hisoblashadi. Qizi bor odam o‘z qizini birovga xotinlikka qandoq qilib, taqdim etishi mumkin, deb o‘ylashadi. Qizi bor odam sovchi kelgan chog‘da ham noz qilib turishi lozim, degan fikrda bo‘lishadi. Bu urf-odatga bog‘liq narsa bo‘lib, shariatga hech taalluqi yo‘qdir. Mana, hazrati Umar roziyallohu anhuni olib ko‘raylik. Shariatga eng qattiq amal qiladigan odamlardan biri, hasab-nasablari, ijtimoiy holatlari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yaqinliklari, kishilar orasidagi hurmat-e’tiborlari havas qilarlik darajada. U kishining qizlari Hafsaning ham hech bir kamchiliklari yo‘q. Ular hech bir noz qilib, sovchi kutmay, ahli fazl kuyov axtarishgan. Hazrati Usmonga, mening qizimni ol, deb iltimos qilganlar. Bir necha kun o‘tib, yana qaytib borib so‘raganlar. Oxiri rad javobini olganlar. Shuning o‘zi anchagina zarba bo‘lib tushishi kerak edi. Ammo Umar roziyallohu anhu bu bilan kifoyalanmadilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning oldilariga borib, Hafsaga uylanishni taklif qildilar. Abu Bakr roziyallohu anhu o‘zlarini g‘alati tutdilar. «Ha» ham demadilar, «yo‘q» ham demadilar. Indamay ketaverdilar. Bu holat Umar roziyallohu anhuning achchiqlarini chiqardi. Lekin ko‘p o‘tmay eng munosib, eng yaxshi, eng ulug‘ kuyov topildi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari Hafsaga uylanish istagini bildirdilar va uylandilar
Ana shundan so‘ng Abu Bakr roziyallohu anhu o‘zlarini g‘alati tasarruflarining sirini ochdilar. U kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Hafsaga uylanish niyatlari borligi haqidagi gaplarini eshitgan ekanlar. Buni Umar roziyallohu anhuga aytolmas edilar. Chunki bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy sirlari hisoblanar edi.
muslimaat.uz
Hafsa binti Umar ibn Xattob ibn Nufayl ibn Abdul U’zzo al-A’daviy al-Qurashiy
Hijratdan o‘n sakkiz yil oldin (melodiy olti yuz beshinchi) yili Makkai mukarramada tug‘ilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Hafsa binti Umar roziyallohu anhoning shajaraci Ka’b ibn Luayda tutashadi.
Hafsa binti Umar roziyallohu anho qanday xonadondan ekanliklarini ta’riflab o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak. U kishining otalari ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhudir. Onalari esa Zaynab binti Maz’un ham mashhur xonadondan bo‘lib, sahobiy Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhuning singlisidir.
Ibn Sa’d rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda hazrati Umar roziyallohu anhu: “Hafsa Nabiy sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambar etib yuborilishlaridan besh yil oldin, Quraysh Baytni qurayotgan paytda tug‘ilgan”, degan.
Bundan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy kela boshlaganda Hafsa binti Umar roziyallohu anho besh yoshli qizcha ekani ma’lum bo‘ladi.
Hafsa esxushini taniganidan boshlab, islomiy muhitda o‘sdi. Umar roziyallohu anhu Islomga kelganlaridan keyin u kishining uylari Makkadagi din tayanchlaridan biriga aylangan edi.
Hafsa roziyallohu anhoning eri Uhud g‘azotida yarador bo‘ladi. Ana shu jarohat sababli vafot etadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Hafsa roziyallohu anhoga hijratning uchinchi yili ellik olti yoshlarida eri vafotidan so‘ng uylandilar.
Hafsa roziyallohu anho hadislarni rivoyat qilishda Oisha, Ummu Salama va Maymuna roziyallohu anhumlardan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turadilar. U kishi oltmishta hadis rivoyat qilganlar.
Hafsa roziyallohu anhoning Islom olamida tutgan o‘rinlari u kishining otalari Umar roziyallohu anhuning xalifalik vaqtlarida katta ahamiyat kasb etdi. Umar roziyallohu anhu Hafsa onamizga maslahat solar va u kishining aytgan gaplarini qaytarmas edilar.
Hafsa roziyallohu anho tufayli Alloh taolo bir necha oyatlar nozil qilgan. Buning sababi quydagicha bo‘lgan edi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bir kuni Zaynab bint Jahsh roziyallohu anho ismli xotinlari huzurida asal iste’mol qilib, biroz qolib ketadilar. Buni payqagan boshqa xotinlari – Oysha roziyallohu anho bilan Hafsa roziyallohu anho onalarimizning rashklari kelib, ul zotni “jazolab qo‘yishga” o‘zaro kelishib oladilar va On hazrat chiqishlari bilan: «Og‘zingizdan badbo‘y hid kelmoqda, nima yedingiz?» – deydilar. Badbo‘y hidni yoqtirmaydigan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam biroz qizishib: «Asal yegandim», – deydilar va bundan keyin asal yemaslikka qasamyod qiladilar. Shunda Alloh taolo quydagi oyatlarni nozil qilgan:
يَاأَيُّهَاالنَّبِيُّلِمَتُحَرِّمُمَاأَحَلَّاللَّهُلَكَتَبْتَغِيمَرْضَاةَأَزْوَاجِكَوَاللَّهُغَفُورٌرَحِيمٌ
قَدْفَرَضَاللَّهُلَكُمْتَحِلَّةَأَيْمَانِكُمْوَاللَّهُمَوْلَاكُمْوَهُوَالْعَلِيمُالْحَكِيمُ
وَإِذْأَسَرَّالنَّبِيُّإِلَىبَعْضِأَزْوَاجِهِحَدِيثًافَلَمَّانَبَّأَتْبِهِوَأَظْهَرَهُاللَّهُعَلَيْهِعَرَّفَبَعْضَهُوَأَعْرَضَعَنْبَعْضٍفَلَمَّانَبَّأَهَابِهِقَالَتْمَنْأَنْبَأَكَهَذَاقَالَنَبَّأَنِيَالْعَلِيمُالْخَبِيرُ
إِنْتَتُوبَاإِلَىاللَّهِفَقَدْصَغَتْقُلُوبُكُمَاوَإِنْتَظَاهَرَاعَلَيْهِفَإِنَّاللَّهَهُوَمَوْلَاهُوَجِبْرِيلُوَصَالِحُالْمُؤْمِنِينَوَالْمَلَائِكَةُبَعْدَذَلِكَظَهِيرٌ
Ey, Payg‘ambar! Nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh Siz uchun halol qilgan narsani (asalni) harom qilib olursiz! Alloh mag‘firatli va rahmlidir. Darvoqe, Alloh sizlar uchun (ma’lum miqdorda kafforat – jarima to‘lab) qasamlaringizni halollab olishni farz qilgan. Alloh xojalaringizdir. U (barcha narsani) Biluvchi va (etuk) Hikmatli (zot)dir. Payg‘ambar xotinlaridan biriga (Hafsaga) bir gapni (cho‘risi Moriya talog‘i va xalifalikni) xufyona aytganini eslang! Bas, qachonki, (Hafsa roziyallohu anho) u (sir) haqida (Oyshaga) xabar bergach, Alloh uni bundan voqif qildi va u (Hafsaga o‘zi bilgan narsaning) ba’zisini bildirdi va ba’zisidan yuz o‘girdi (bildirmadi).Bas, qachonki, (Payg‘ambar Hafsaga) xabarni aytgach, u: «Kim Sizga bu xabarni berdi?», – dedi, (Payg‘ambar): «Menga Biluvchi va Xabardor (Alloh) xabar berdi», – dedi. (Ey, Hafsa va Oysha!) Agar sizlar Allohga tavba qilsangiz (o‘zlaringizga yaxshi). Chunki dillaringiz (haq yo‘ldan)toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar uning (Payg‘ambar) zarariga hamkorlik qilsangiz, u holda, shubhasiz, Allohning o‘zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo‘minlar ham uning himoyachisidirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg‘ambarga hamma ishlarida) yordamchidir.
Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li| Muslim.uz
Biografiya
Hafsa binti Umar