Tug‘ruq jarayoni: to‘lg‘oq boshlanishi va tug‘ish belgilari to’liq malumot oling
Homilador ayolga tug‘ish jarayoni boshlanishini aniqlab olish oson bo‘lmaydi, lekin tez kunlarda farzandning dunyoga kelishini bildiruvchi belgilar ham bor.
Mundarija
скрыть
Homiladorlikning so‘ngi haftalarida ayollar sabrsizlik bilan farzandi dunyoga kelishini kutishadi va “Qachon bolakay tug‘iladi ?” degan savolni ko‘p berishadi.
Homiladorlikning so’nggi haftalari
Farzandning dunyoga kelish kunini oldindan aniq aytib berish qiyin, ba’zida homiladorlikning 38–40 hatto 42-haftalarida ham tug‘ruq jarayoni boshlanishi mumkin. Agar ayol o‘z organizmidagi o‘zgarishlarga diqqat bilan e’tibor qaratsa, farzand dunyoga kelish belgilarini sezib oladi.
Bola dunyoga kelish kuni yaqinlashgan sari ayolning emotsional holati ham o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi: ba’zilar qo‘zg‘aluvchan bo‘lib qolishsa, ba’zilar esa tug‘ish oldidan o‘zlarini hotirjam sezadilar.
Ko‘pchilik ayollarda ko‘zyorar kuni yaqinlashishi oldidan “uy instinkti” degan tushuncha paydo bo‘ladi. Homilador ayol xonadonda yangi oila a’zosi dunyoga kelishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi: xonalarni tozalaydi, yuvadi, narsalarni yig‘ishtiradi. Ammo ayol o‘z kuchini ortiqcha sarflamasligi lozim, chunki uning energiyasi unga tug‘ish jarayonida kerak bo‘ladi.
To‘lg‘oq boshlanish belgilari
Yetilgan homila deb 38 haftagacha davom etgan homilaga aytiladi – ayol organizmi tug‘ish jarayoniga tayyorlana boshlaydi. Ayol qonida homilani ushlab turuvchi gormonlar konsentratsiyasi pasayib, tug‘ishni stimullovchi gormonlar miqdori ortadi.
Tug‘ish jarayoni maxsus gormonlar konsentratsiyasi maksimal darajaga yetganda boshlanadi.
Tug‘ruq jarayoni: to‘lg‘oq boshlanishi va tug‘ish belgilari
Albatta, gormonal o‘zgarish organizmning jismoniy va psixologik holatiga ta’sir qiladi. Tug‘ish jarayonining belgilari bir necha bo‘lishiga qaramay, ularning barchasini ayollar o‘zlarida sezavermaydilar. Ayrim belgilar yuzaga chiqishining o‘zigina tug‘ish jarayoni boshlanishi yaqinlashganidan dalolat beradi.
Tug‘ish kuni yaqinlashgani sari homila boshi chanoq halqasiga kirib boraveradi, buning natijasida homilador ayolning qorni “pastga” tushadi. Ko‘pchilik ayollar nafas olishning yengillashgani, jig‘ildon qaynashlar yo‘qolganligi, ginekolog-akusherlar esa bachadon tubining pastroqqa tushganini qayd etishadi. Bolakayning boshi chanoq halqasiga tushishi tug‘ishdan 2 hafta oldin yoki tug‘ish jarayoni boshlanishida kuzatiladi.
ЎҚИНГ: Egizaklar tug‘ilishini qanday aniqlash mumkin?
Tug‘ishdan avval ayollar ko‘p marotaba yolg‘on qisqarishlarni (to‘lg‘oq) his qiladi. Shunday yo‘l bilan organizm tug‘ishga tayyorlanib boradi. Tug‘ishdan oldin ayol organizmida suyuqlik ushlanib turishi kamayadi, shishlar yo‘qoladi, tana vazni biroz pasayadi.
Bundan tashqari organizmda najasning suyuq kelishi ham yuzaga keladi. Birinchi bor va avval tug‘gan ayollarda tug‘ish oldi belgilari, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, diareya paydo bo‘ladi. Peshob ajratish soni ham ortadi, shu yo‘l bilan organizm zaharli moddalardan o‘zini tozalaydi va tug‘ish jarayoniga tayyorlanadi. Bu belgilar to‘lg‘oq vaqtida ham, hatto bachadon bo‘yni ochilganda ham saqlanib qolishi mumkin.
Ba’zi ayollar bel soxasida og‘riqlar sezishadi, ba’zilar esa bola tana massasining qorin pastki soxasiga tushganligini his qilishadi. Qo‘shimcha ravishda bo‘lajak ayollar tug‘ish oldidan o‘z bolakaylarining kam harakat bo‘lib qolganini sezadilar, chunki tug‘ilajak bola kattalashgan sari bachadon ichida harakati cheklanib qoladi. Bu holat tug‘ishga bir necha kunlar qolganda boshlanadi.
Birinchi marta tug‘ayotgan ayollar tug‘ish oldidan odatda to‘lg‘oqni (bachadon siqishi) uncha ko‘p sezavermaydilar, kun davomida ularni sezish kuchayib boradi. Bunday hollarda sabr bilan to‘lg‘oqning doimiy bo‘lishigacha kutish kerak.
Ko‘pchilik ayollar uy sharoitida hotirjam bo‘lish to‘lg‘oqning yengil o‘tishi, tug‘ish jarayonining tez va oson kechishini ta’minlashini aytishgan. Uy sharoitida faqatgina birinchi bor tug‘ayotgan ayollar, homila suvi kelmagandagina qolishlari mumkin, lekin avval tug‘ganlar uy sharoitida uzoq vaqt qolishlari mumkin emas, chunki ularda tug‘ish qisqa muddatda boshlanib qolishi mumkin.
Birinchi to‘lg‘oq sezilgandan keyin ayollarga biroz tammadi qilib olish tavsiya qilinadi. Chunki energiya talab qiluvchi tug‘ish jarayoniga ayol organizmi tayyor bo‘lishi kerak.
Har 10-15 daqiqada takrorlanuvchi va 1 daqiqadan uzoq davom etuvchi to‘lg‘oqlar eng aniq tug‘ish jarayonining belgisi hisoblanadi. Agar ayollar shunday belgini sezishsa darhol tug‘uruqxonaga borishlari shart.
ЎҚИНГ: Tug‘ruqdan so‘ng, “chilla” paytida jinsiy aloqa qilish mumkinmi?
Ilk bor tug‘ayotgan ayollar tug‘ish belgisini yolg‘on to‘lg‘oqlar bilan bog‘laydilar. Bunday to‘lg‘oqlar og‘riqli, lekin ma’lum vaqt o‘tgach o‘tib ketadigan bo‘ladi. Bunday “mashq” organizm uchun juda foydali, chunki yolg‘on to‘lg‘oq tufayli bachadon bo‘yni aniq vaqtida ochilishi uchun tayyorlanadi.
Tug‘ish boshlanganligining aniq belgilari
Butun homiladorlik davrida bachadon bo‘yni yopiq va maxsus shilliq bilan to‘lgan bo‘ladi. Bu bolakayni turli xil infeksiyalardan himoya qilib turadi. Shilliq qoplamaning ochilishi bachadon bo‘yni ochilganligi va tug‘ishga tayyor ekanligidan dalolatdir. Bu qoplama tug‘ishdan ikki hafta oldin, yoki tug‘ishdan bir necha daqiqalar oldin ham ochilishi mumkin.
Tug‘ishning ikkinchi asosiy belgisi to‘lg‘oqdir (bachadon mushaklarining qisqarishi). Birinchi tug‘ayotgan ayollar yolg‘on va chin to‘lg‘oqlarni farqlay olishlari qiyin bo‘ladi. Ammo chin to‘lg‘oqlar o‘tib ketmaydi, balki borgan sari kuchayib boradi, ayolni ko‘proq bezovta qila boshlaydi. Ko‘pincha to‘lg‘oq davriy og‘riqlar bilan kechadi, bel soxasida, to‘g‘ri ichakda, son va boldir mushaklarida. Demak, to‘lg‘oq soni va uning kuchi oshishi tug‘ish jarayoni yaqinlashganligining asosiy belgisidir.
Bundan tashqari tug‘ish oldi belgilarga qaltirash (oznob) ham kiradi. Umumiy qaltirash to‘lg‘oq vaqtida yuzaga chiqib, bu normal organizm reksiyasi hisoblanadi.
Homila oldi suyuqligi kelishi – bu ham tug‘ish oldi belgilaridan biridir. Normada suv kelishi tug‘ishdan avval kelishi kerak, boshqacha qilib aytganda bachadon bo‘yni yetarlicha ochilganda. Ba’zi hollarda suv kelishi tug‘ishdan ancha avval ham kelishi mumkin, bunda suv vaqtli kelganligi sababli to‘lg‘oqlar kuzatilmaydi. Bunday holatda tug‘ish jarayonini stimullash uchun statsionar sharoitda medikamentoz muolajalar buyuriladi.
Agar ayolda suv kelish jarayoni boshlangan bo‘lsa zudlik bilan tug‘uruqxonaga borish kerak, chunki homila suvsiz uzoq muddat bo‘la olmaydi. Suvsiz holatda homila qancha uzoq vaqt bo‘lsa, asoratlar qolishi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ayrim vaziyatlarda shifokor sun’iy ravishda yo‘ldosh pufagini o‘zi yoradi, shunchaki tug‘ish jarayonini tezlashtirish maqsadida. Kelayotgan suvning rangi ham katta ahamiyatga ega, uning normadagi rangi tiniq yoki och sarg‘ish rangda bo‘lishi kerak. Yashil rangli suv homilaga kislorod yetishmaganligidan dalolat beradi.
ЎҚИНГ: Kesarcha kesishning bolalar uchun bartaraf etib bo‘lmaydigan salbiy oqibatlari aniqlandi
Birnchi bor va qayta tug‘ish jarayoni deyarli bir xil kechadi. Faqatgina qayta tug‘ayotgan ayollarda tug‘ruq jarayoni yengil kechadi. Qayta tug‘ayotgan ayollarda birinchi tug‘ruq oldi belgilari yuzaga kelishi bilan darhol tug‘ruq xonaga borishlari zarur.
Ko‘pchilik ayollar xavotirlanadilar, tug‘ish jarayoni belgilarini o‘tkazib yubormadimmikan deb. Bunday xavotirlanish asossiz, chunki to‘lg‘oq, homila qopg‘og‘ining ochilishi, suv ketishi va bachadon qisqarishlari kabi belgilarni sezmaslikning iloji yo‘q.
Tug‘ruq belgilari boshlanishi bilan nima qilish kerak ?
Ginekologlar ayollarga oldindan kerak bo‘ladigan buyumlarni tayyorlab qo‘yish kerakligini tavsiya qilishadi: prokladkalar, tungi yotoq kiyimlari, gigiyenik vositalar, tug‘ilajak farzand uchun tagliklar kabi. Tug‘ruqxonada kerak bo‘ladigan narsalar haqida tug‘ruqxonadan aniqlik bilan bilib olsa bo‘ladi.
Albatta, zarur bo‘lgan hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘ygan yaxshiroq, oxirgi davrlarda shoshib qolmaslik uchun. Qo‘shimcha sifatida, tug‘ruqxonaga yetib borish yo‘llarini ham oldindan rejalashtirib qo‘yish zarur. Eng asosiysi tug‘ruq jarayoni boshlanganda havotirlanish va vahima qilmaslik zarur, hotirjam bo‘lish to‘lg‘oqlarni yengillashtiradi. To‘lg‘oq jarayoni boshlanganda hech qachon avtomobil ro‘liga o‘tirmang, yaxshisi tez tibbiy yordam yoki taksi chaqirtiring.
Agar homilaning tug‘ilish muddati yaqinlashgan bo‘lsa, ammo sizda yuqoridagi belgilar paydo bo‘lmasa, shifokor tekshiruvidan o‘ting, homilaning sog‘lomligi haqida ma’lumot oling. Homiladorlik muddati cho‘zilsa, tug‘ish jarayoni kechishini shifokor belgilaydi.
Shuni yodda saqlang, tug‘ish jarayoni patologiya emas, tabiiy hodisa bo‘lib hisoblanadi. U har qanday muddatda erta yoki kech vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ayollar homiladorlikning 38-haftalaridan boshlab, o‘zida bo‘ladigan o‘zgarishlarga e’tibor qaratishi zarur.
Siz va bo‘lajak bolakayingizga tug‘ruqning yengil kechishi va doimo sog‘ bo‘lishga tilakdoshmiz !
Ayollar uchun
Tug‘ruq jarayoni: to‘lg‘oq boshlanishi va tug‘ish belgilari