14 KUNLIK KELIN….Singilchani xayoti [Real Hikoya] to’liq malumot oling
Man hali 18 yoshgayam to’lmagan edim. Hech qayerda o’qimasdim uyda o’tirardim maqtanish emasu chiroyli, odobli qiz bo’lganim uchun uyimizga sovchilar yog’ilib kelardi.
Mundarija
скрыть
Birinchi iyul kuni dugonamni to’yiga bordim. Sochlarim nihoyatda uzun edi. Hamma uzun socharimu qosh ko’zimga haridor bo’lardi…. Bu hatimni hozir yig’lab yozyapman o’sha birinchi iyul kuni qandaydir bir notanish yigit to’yda yonimdan ketmadi, tinmasdan mani kuzatardi. Man odamovirog’man. Odamlaga uncha qo’shilmiman to’ydayam umuman davraga chiqib ,boshqa qizlaga o’xshab o’ynamadim . To’ylarga uncha bormasdim. Odam gavjum joyni yoqtirmiman… Hullas u yigitni obrosi baland ekan shekilli hamma egilib surashib hurmatini joyiga qo’yardi, lekin man e’tibor bermadim chunki man yigitlarga qiziqish bilan qaramasdim.
To’y juda chiroyli o’tdi , kelin bilan bir mahallada o’sganmiz yaqin dugonam edi… U yigit mahallamizdan mani ko’p surishtirgan ekan bilmiman nimaga aynan mani tanlagan nimaga ??? Hullas 2 kunni ichida mahalla ko’y qarindosh urug’ hamasini erinmasdan surishtirishgan ekan 3 iyul kuni oyisi uyimizga sovchilikka keldi man kutmagandim tog’risi o’glim ko’chada moshinada qarab turibdi degan gapini eshitib darrov derazadan qaradim ne ko’z bilann qarayki o’sha yigit Astagfirullox hayron qolgandim Nimaga man ??? Oyisi ertasi kuni yana kelib bugun unashtirib ketamiz ho’p deng deb oyimlaga iltimos qildi mani boshim aylanib ketti nimaga bunaqa tezlik bilan unashtirishmoqchi deb oyimla adasi qarindosh urug’ bilan maslahatlashaylik dedilar. Yigitni oyisi ertaga aniq javobilani aytilar deb ketti. Yigit astoydil manga uylanmoqchi ekan oyisi shunin un to’yni tezlik bilan qilamiz dedi oilada bitta ogil boy badavlat kelishgan, obroli etiborli odamlani yolgiz bolasi.
Adasini butun shahar tanidi obroli odam , qarindoshla bilan maslahtlashishdi o’sha kuni adamlar surishtirib ko’raman yaxshi yigit bo’lsa mayli dedila , mandan rozilik ham surab o’tirmadilar, lekin oyimlar qizim judayam odobli aqlli hush toparman yigit ekan oilasi ham juda yaxshi odamlar ekan dedilar. Man hali o’qishga kirishim kerak degandim yigitni oyisi to’ydan keyin o’zimiz o’qitamiz debdi. Hullas 10 iyul kuni mani unashtirishdi, yigit bilan 2 marta ko’rishdik, o’sha kunlarni eslasam yashagim kelmaydi to’g’risi, u mani yoqtirib qolganini surishtirib bilganini faqat to’yni tezlik bilan qilish kerakligini aytdi man hayron edim nimaga bunchalik tezlik bilann uylanmoqchi ??? Lekin gapirishlari o’zini tutishlari nihoyatda odobli har bitta gapni ham o’ylab gapirardi shunaqa aqlli ediki islomdan ilmi baland namoz oqir yuzidan nur yogilardi ismlari Sanjar edi…. Mani namoz o’qishimni bilib judayam hursand buldilar.. bir marta ko’rganimdayoq o’ziga boglagan edi
Mani telefonim yo’q edi, tutmasdim. Manga 10 kuni ko’rishganimizda telefon padarka qildilar telefon apparati ham nomerlarimiz ham bir hil edi. 14 kuni to’y belgilandi.. 1 iyul kuni mani ko’rgan edila 14 kunda tezlik bilann to’y qilishdi juda tez bo’ldi to’yimiz !!! Man baxtli edim To’yimiz judayam chiroyli havas qilsa arziguli to’y bo’lgandi. Hamma kelin kuyovga havas qilardi, biz bir birimmizga judayam mos edik. Baxtli edik, ha Baxtli edik Toyni o’tkazdk mani Mehribonim Sanjar aka mandan 10 yosh kotta edilar, lekin judayam mehribon nihoyatda rashkchi edilar ko’chaga umuman chiqarmasdila hijobga kirdim, odatda 7 kunli kelinla otasini uyiga 7 kuni borishi kerak lekin bir hafta bo’ldiku uyimga borib kelay desam ruhsat bermadilar ertalabdan kechgacha yonimda bo’lganlar mani bir minutgayam yo’lg’iz qo’ymaganlar hayotimdan mamnun edim haqiqiy bahtimni topgandim essiz o’sha kunlarim Baxtli kunlarim ko’pga cho’zilmadi atigi 14 kun ???
Mani suyangan tog’im mexribonim baxtim mani atigi 14 kungina man bilan birga baxtli yashagan edilar 14 kunda tezlik bilan to’y qilib 14 kunda mani tashlab ketdila…. Yoshim 10 yosh kichgina bo’lganii uchun kotta qizim derdila toyimizga 14 kun bo’lgandi ko’chaga ish bilan chiqib ketayotgan edilar manga qarab aqlli qiz bpo’lgin asal qizim kelgunimcha o’zini ehtiyot qilgin ko’chaga chiqmagin bilasana mani deb hazillahsib kulib chiqib ketdilar …. Lekin qaytmadilar/ Sanjar aka tezroq kelin deb sms yozdim javob keldi; hop hayotim azgina sabr qilgin ok man uchun o’zini ehtiyot qilgin ya tebya lyublu ,,,,, Lekin ko’chadan Avtohalokat uchragan Sanjar akamni o’ligi keldi, man tamom bo’ldim hushimdan ketib qolgan ekanman uygonsam boshimda hamma to’planib olgan hovli to’la odam uyimizda aza edi nima bo’lyapti tushunmasdim Sanjar akamni qidirardim ??? Lekin yo’q nimaga bunaqa tez mani tashlab ketdila o’ylab tamom bo’lganman yangi kelin uyiga ilk marotaba aza libosda kelsa g’alati ekan oyimlayam adamlaram tamom bo’lishdi
Bir tomonda oyim yig’lardi yosh qizim beva qoldi deb bir tomonda adamlar urishar edila qaydanam guldek qizimni berdim 14 kunda beva qoldiku deb lekin birorta gap qulog’imga kirmasdi man tamom bo’lgan edim hayotimni mazmuni shunaqangi o’ziga tez bog’lab shunaqangi sevdirib darrov tashlab ketdi.
Nimaga shoshilib to’y qilib to’ydan keyin ham uyimga jo’natmasdan tunu kun parvona bo’lganini endi tushundim . Kongli sezgan ekan. Ha sezgan ekan shekilli mani birovlaga berib qo’ymaslik uchun darrov to’y qildiyu tashlab ketdi. Mani vujudimda Sanjar akamni vorisi borligi bilib qaynonam qaynotam huddi o’g’illari qaytib kelgandek hursand bo’libb ketishdi yeru ko’kka ishonishmadi mani Sanjardan yodgorimiz deb avaylashardi bir tomondan manga rahmlari kelardi yosh guldek qiz beva bo’libb qoldi deb man hech bo’lmasa Sanjar akam uzidan yodgor qoldirib ketgani un ozimni qo’lga oldim farzandimiz uchun lekin buyam ko’pga chozilmadi homilam 3 yarim oyda tushib qoldi
Hayotimni mazmuni yo’q edi ko’p siqilishdan bolam ham tushib qoldi. Sanjar akamni uyida qololmasdim telba bo’lib qolgandim hamayog’ uni eslatardi oyimlar uyga olib ketdilar, iltimos o’ziga kelsin yana keladi deb ruhsat so’rab opkettilar man tildan qolgandim ahvolim yomonlashib balnitsaga tushib qoldim. Hamasi judayam tezlik bilan bo’lldi ko’z ochib yumgunimcha to’y aza hamasi o’tib ketdi mana bir yildan ham otdi man olib qolmadim yashayapman holamni qizi chet elda yashaydi. O’zbekistonga kelganida ahvolim yomonligini ko’rib birga ket man bilan unutasan o’zini qolga olishin kerak keyinchalik qaytib kelasan dedi uydegilar viza qilishdi birga ketdim mana 8 oydan beri Kareada yashiman unutib bularmidi 14 kun bo’lsa ham bahtli yashaganmanku baxtli edimku bir umrga tatigulik mehr bergan Sanjar akamni unutishni hayolimgayam sigdirolmiman har kun tushimga kiradilar har doim kulib man yonindamanku yiglama sabr qil deydilar tushimmi ongimmmi bilmiman har kechasi Sanjar akam yonimga keladilar balki havotir olib ruhlari kelar bilmadim
Xudo sabr berib yashayapman Alloxga iboat qilib sabr qilib man o’zimni qolga oldim hayotim sal yolga tushyatgan edi lekin «Odno”dan profil ochdim, o’rrtolarim bilan gaplashib turaman bollar uchunmas faqat o’rtoqlarim bilan gaplashib turaman salom alik digandey…. bir kuni bir yigitga ko’zim tushib qoldi Astagfirullox Sanjar akamni o’zi yig’lavordim ko’rib ismi ham Sanjar ekan ha Sanjar man ishonmadim ismi ham qosh kozlari ham kulishlari ham ko’piya dod deb yigladim rasmlarini birma bir kordim astagfirullox mani tashlab ketgan turmush o’rtogimni o’zi ko’zimga ishonmasdan opamga korsatdim opam ham manga qo’shilib yiglavordi
Har kun shu bolani profiliga kirardim mani profilim zakrit hech kim ko’rmidi u bola Sanjar akamdek kelishgan emasu lekin judayam o’xshidi ismi Sanjar ekanligini ko’rib shokka tushdim bir tasodif dedimda qo’l siltab qo’ya qo’ldim, qaynonam qaynotam bilan gaplashib turaman qaynonam oz qizidey koradilar qizim sizga eshigimiz har doim ochiq kongliz tortgan payt keling deydilar Mani oyog’im tortmaydi hammayoq Sanjar akamni eslatadi, mayli Alloxni sinovi deya hammasiga ko’z yumdim har kun Xudoga yolvoraman sabr bergin deya halol ibodatda yashashga nima yetsin man yolgizlikni tanladim Sanjar akamga hiyonat qilomiman konglimni ham o’zlari bilan birga olib ketdilar.
Hayotimda 14 kun manga umrga yetgulik quvonch baht sevgi mehr muhabbat bergan insonim bilan Xudo nasib qilsa Jannatlarda uchrashamiz , bugun suyukligim Sultonim Sanjar akani tugilgan kunlari yuragim siqilib tolib toshib ketdi ota onam ham Kareaga kelishdi oilaviy yashayapmiz
Ota onam yaqinlarim yonimda sog’ salomatman Alloxga behisob wukur manga o’xshab hech kim bevaqt hazon bo’lmasin hamma suyukli yori bilan bir umr baxt saodatda yashasin mani bahtim ota onam yaqinlarim borligida Alloxga behisob shukur !!! faqat suyukli insonim uzoqlarda…. mayli bu dunyoku,,, o’tkinchi abadiy dunyoda Jannatlarda ko’rishish nasib etsin deb yashashda davom etaman …….!!!
14 kun bulsaham turmush o’rtogimga suyukli yor sevimli rafiqa bo’ldim qaynonam qaynotamni suyukli erka kelini bo’ldim ozgina bo’l saham xizmatlarini qilib ko’ngillarini oldim. Allox manga ozgina bo’lsa ham kelinlik bahtini nasib ayladi. Sanjar akamni oilasida Mehr muhabbat qadr topdim shuyam manga berilgan baht va sinov debb o’yliman
Hikoyalar
14 KUNLIK KELIN….Singilchani xayoti [Real Hikoya]