Komilov Farrux haqida, oilasi, instagram, rasmlari to’liq malumot oling
Komilov Farrux Ravshanovich 1989-yil 20-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
1996-yil Chilonzor tumanidagi 270-o’rta maktabda ilk tahsilni ola boshlagan. 5 yil tahsil olgach 195-gimnaziya maktabida tahsilni davom ettirgan. 1998-yil musiqaga bo’lgan qiziqishi tufayli Chilonzor tumanidagi 7-sonli musiqa maktabiga fortepiano bo’limiga o’qishga kiradi. Musiqiy bilimini yanada kuchaytirish uchun 2004-yil Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga imtihon topshiradi va tahsil olishga layoqatli deb topiladi. Estrada sozandasi bo’limiga kirgan Farrux 1 yildan so’ng o’z istagiga ko’ra estrada xonandasi bo’limiga o’tkaziladi. Chunki, o’sha vaqtlarda Farruxda xonandalikka qiziqish paydo bo’lgan edi. 2007-yil a’lo baholar bilan ushbu bilim yurtini tamomlaydi. 2008-yil Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga buhgalteriya audit bo’limiga o’qishga kiradi. Yosh Komilovning maqsadi aynan mana shu ikki sohani yaxshi o’rganib, o’z sohasining ustasiga aylanish.
Farrux Komilovning san’atga kirib kelishiga otasi Ravshan Komilov sababchi bo’lgan. Uning birinchi qo’shig’i «Har taraf» deb nomlangan bo’lib, u Farruxga ilk shuhratni olib kelgan.
Har bir qo’shig’ini yaralishida albatta avval otasi bilan maslahatlashadi. 2005-yil Ravshan Komilov hamda Farrux Komilov birgalikda sobiq Xalqlar do’stligi saroyida konsert dasturlarini taqdim etishdi.
Komilov Farrux oilasi
Biografiya
instagram, Komilov Farrux haqida, oilasi, rasmlari