YAXSHIYAM SEN BORSAN JIGARIM

YAXSHIYAM SEN BORSAN JIGARIM
yaxshiyam sen borsan jigarim 6651e9b1039bf

images 3

YAXSHIYAM SEN BORSAN JIGARIM

DO`STLARGA ULASHING:

YAXSHIYAM SEN BORSAN JIGARIM

Birga o‘ynab kulib yoshlikda,
Ulg‘aydik bir hovli eshikda.
Katta bo‘ldik bitta beshikda,
Yaxshiyam sen borsan jigarim.

Bir qorindan tushdik talashib,
Bir biriga rosa yarashib.
Ishlarimga turgan qarashib,
Yaxshiyam sen borsan jigarim.

Men tinch bo‘lsam halovatligim,
Oqibatlik diyonatligim.
Ex o‘zimning qiyomatligim,
Yaxshiyam sen borsan jigarim.

Tomirdagi qonimda o‘zing,
Yomon kunda yonimda o‘zing.
Joning kuyib jonimda o‘zing,
Yaxshiyam sen borsan jigarim.

Qayg‘urasan bo‘lsa tashvishim,
Begonaga qoldirmay ishim.
Eng yaqinim eng aziz kishim,
Yaxshiyam sen borsan jigarim.

Onamdayin mehribonginam,
Otamdayin qadrdonginam.
Fayzing bilan to‘lar yonginam,
Yaxshiyam sen borsan jigarim.

YAXSHIYAM SEN BORSAN JIGARIM