SINGLIM BOR MЕNING

SINGLIM BOR MЕNING
singlim bor md0b5ning 665083766a49c

images 2

SINGLIM BOR MЕNING

DO`STLARGA ULASHING:

SINGLIM BOR MЕNING

Jigarin yo‘qlashga topadi imkon,
Oh desam yonimda bo‘lar o‘sha on,
O‘zi ojiza-yu, tikib turar jon,
Onamga o‘xshagan singlim bor mening.

Dunyoda bormikan shundayin jigar,
Hatto farishta ham boshini egar,
Hovlisin to‘ldirib rayhonlar ekar,
Onamga o‘xshagan singlim bor mening.

Yugurar, tinchimga xavf solsa bir dard,
Taftidan jonimga tushmas sira gard,
Bir so‘zli, vafoli, yigitlarday mard,
Onamga o‘xshagan singlim bor mening.

O‘zini o‘ylamas fidokor shamday,
Jilmayib turadi, ko‘zlari namday,
Dardlarim aritar xuddi onamday,
Onamga o‘xshagan singlim bor mening.

Shu sabab mehr deb so‘lmaydi yuzim,
Doim omadlardan quvonar ko‘zim,
Bergan Xudoyimdan aylanay o‘zim,
Onamga o‘xshagan singlim bor mening.

SINGLIM BOR MЕNING