21-may Ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochgan kun to’liq malumot oling
1502-yil 21-may ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochdi. Portugaliya 1143-yildan beri davlat sifatida bo`lsada, har doim dengizga yuzlangan. Azaldan bu yerda baliq ovlash va savdo kemalarning dengizda yurishi muhim tirikchilik vositasi bo`lgan. Tadqiqotlarga qiziqish dengizda kemalar yurishi texnologiyalari rivojlanishi bilan birgalikda Portugaliyaning ekspansiyasini va buyuk geografik kashfiyotlarni yuzaga keltirdi. Birinchi yangi yerlarni ochuvchi sayyohlardan biri portugallarda xizmat qiluvchi ispan dengiz sayyohi Juan ha Nova edi. 1501-yilda Portugaliyadan Hindistonga qatnovchi 4 ta kemadan iborat flotga boshchilik qilgan. Juan da Nova, Atlantika okeanida Vozneseniya orolini, qaytishda esa -yana bir unchalik katta bo`lmagan orolni ochdi. Bu orolni Da Nova janubiy Atlantikada 1502-yil 21-mayda Muqaddas Yelena kunida ochgan, shuning uchun orolning nomi shunday atalgan. Muqaddas Yelena oroli — Atlantika okeanining janubiy qismidagi vulqonga oid orol bo`lib, Janubiy Afrikadan 1900 km g`arbda joylashgan va maydoni 122 kv.km bo`lgan. Orol uzoqdagi boshqa yevropaliklarga noma’lum bo`lgan. 1588-yilda ingliz kapitani Kavendish yer sharini kemada aylanib qaytayotganda unga tashrif buyurdi. Insonning orolda doimiy yashashi esa keyinroq boshlandi. Faqat XVII asrlar o`rtasida, qachon gollandlar shu yerda birinchi mustamlakaga asos solishdi. Ma’lumotlarga qaraganda, Muqaddas Yelena oroli yevropaning janubiy yarim shardagi birinchi mustamlakasi bo`lgan. Bu orol strategik nufuzli obyekti bo`lgan, chunki bu joy dengiz kemalarini Hindistonga boorish yo`lida suv va oziq-ovqat bilan ta’minlashga xizmat qilgan. XVII asrda orolga ozgina vaqt gollandlar ega bo`lishgan, lekin orolga egalik uchun kurashda Angliya g`alaba qilagan va 1659-yilda orol Ost-Ind kompaniyasi qaramog`iga o`tdi va 1834-yilga qadar egalik qildi, keyin orol Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylandi. Lekin Muqaddas Yelena oroli ayniqsa, 1815-1821-yillarda Napoleon Bonapart surgun qilingan joyligi bilan mashhur, Angliya hukumati shu yerda uni asirlikda saqlagan, shu yerda u 1821-yilda olamdan o`tgan. Endi orol bevosita ingliz tojiga tegishli. 1967-yil Konstitutsiyasiga binoan MuqaddasYelena oroli cheklangan o`zini o`zi idora qilish huquqini oldi. Boshqaruvni ingliz gubernatori olib boradi, u qonun chiqaruvchi va ijro kengashlar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Qonun chiqaruvchi Kengash tarkibiga gubernatordan tashqari hukumat kotibi va xazinachi tayinlanadi, Kengashning 12 ta a’zolarini aholi tarafidan saylanadi. Ijro Kengashi hukumat funksiyasini bajaradi. Orol aholisining asosiy mashg`uloti — qishloq xo`jalik va baliq ovlashdan iboratdir. Tashqi savdo faqat Buyuk Britaniya va AQSH bilan olib borilmoqda. Muqaddas Yelena oroliga metropoliya tomonidan ancha moliyaviy yordam beriladi. Orol aholisi 6 ming kishi, asosan bu habashlar.
Mundarija
скрыть
Muhim sanalar
21-may Ispan dengizchi-sayyohi Juan da Nova Muqaddas Yelena orolini ochgan kun