25-may So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni to’liq malumot oling

25-may So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni to’liq malumot oling

25-may So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni
So‘ngi qo‘ng‘iroq — maktabni bitirayotgan o‘quvchilar ananasi, bayram. O‘zbekiston va boshqa MDX mamlakatlarida 25-may kuni nishonlanadi. Bayram o‘quv yili tugaganida, lekin bitirish imtixonlaridan avval o‘tkaziladi. So‘ngi qo‘ng‘iroqda bitiruvchilar o‘qtuvchilar va ota — onalar ishtirok etishadi. Tadbirda mehmonlar, maktab direktori, ilk o‘qtuvchilari, ota — onalar, birinchi snif o‘qtuvchilari tabrik aytishadi. 9-sinfni yakunlayotgan bitiruvchilar oq yo‘l va muvaffaqiyat tilab nutq so‘zlashadi. So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirida bitiruvchilar maktab formasini kiyib kelishadi. Bitiruv kechasidan farqli o‘laroq, so‘ngi qo‘ng‘iroq bayrami kuni bitiruvchilar «Bitiruvchi — yil” (masalan «Bitiruvchi — 2017-yil”) yozuvli lenta va kichik qo‘ng‘iroqlar yoki qo‘ng‘iroq shaklidagi belgilarni taqishadi. Tadbir davomida ramziy so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinadi. Odatda biror bitiruvchi yelkasida qo‘lida maktab qo‘ng‘irog‘ini ushlab olgan birinchi snif o‘quvchisini o‘tkazib, davrani aylanib chiqadi. Ba’zan bitiruvchilar havoga havo sharlarini uchirishadi va valsga tushishadi. Bitiruvchilar maktab bilan xayrashib turli xil qo‘shiqlar ham ijro etishadi.

Muhim sanalar
25-may So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni