Dart — dasturlash tiliga kirish
Dart — Google kompaniyasi tomonidan, umumiy qo’llanish uchun yaratilingan dasturlash tilidir. U asosan veb dasturlar yaratish uchun mo’ljallangan bo’lib(ham mijoz, ham server tomon uchun), shu bilan birga mobil ilovalar ham yaratish mumkin.
Dart — obyektga yo’naltirilgan dasturlash tilidir. Dart tilidagi barcha qiymatlar obyektlardan iborat.
Dart dasturlash tili rivojlanishida ko’p yillik tarixga ega bo’lgan dasturlash tillarini ta’siri katta, bular, Smalltak, Java, JavaScript. Dart dasturlash tilining sintaksisi C dasturlash tiliga o’xshash.
Dart dasturlash tilini o’rnatish
Dart dasturlash tili bilan ishlash uchun Dart SDKni o’rnaish kerak bo’ladi. Buning uchun,
https://dart.dev/tools/sdk/archive shu manzildan Dart SDKsini zip-arxivini yuklab olish va uni arxivdan chiqarish kerak.
Dart SDKni yuklab olish sahifasida Windows, Linux va MacOS operatsion tizimlari uchun paketlar mavjud.
Deylik, Dart SDkni
C:dart-sdk manziliga arxivdan chiqardik. Agar arxivdan chiqarilgan papkadagi bin papkasiga kirsak, u yerda dart.exe dasturini ko’rishimiz mumkin.
Ushbu dastur orqali Dart dasturlash tilida dasturlar yaratilinadi.
Birinchi dastur
Endi, Dart dasturlash tilida birinchi oddiy dasturimizni yaratamiz. Buning uchun kompyuterimizda dasturimiz fayllari uchun papkani aniqlab olamiz. Masalan, C:dart papkasini yaratib olamiz. Ushbu papkada matn ko’rinishidagi fayl yaratamiz. Unga main.dart deb nom beramiz(Dart dasturlash tilida fayllar asosan .dart kengaytmasi bilan yaratilinadi). Yaratilgan fayl ixtiyoriy matn tahrirlovchi dasturda ochamiz. Masalan, oddiy Notepad++ dasturida. Va unga quyidagi kodni yozamiz.
void main() { print("Hello, Dart!"); }
Dart dasturlash tilida yaratilingan har qanday dastur main funksiyasi ega bo’lishi kerak. Bu funksiya void tipiga ega bo’lishi zarur. Va u hech qanday kiruvchi parametrlarni qabul qilmaydi. Shu sababli main funksiyasidan so’ng bo’sh qavslar yoziladi.
Funksiya tanasi figurali qavslar ichiga yoziladi. Yuqoridagi main funksiyasi ichida print() funksiyasi chaqirilgan, u o’z navbatida, konsolga qandaydir qatorni chiqaradi. Bizning dasturda «Hello, Dart» yozuvini.
Keyingi qadamda ushbu dasturimizni ishga tushiramiz. Buning uchun buyruqlar qatorini(terminal) ochamiz va cd buyrug’i orqali main.dart fayli joylashgan papkaga o’tamiz.
So’ng, buyruqlar qatoriga quyidagi buyruqni yozamiz:
c:dart-sdkbindart main.dart
Yuqoridagi holatda Dart SDK c:dart-sdk manzilida joylashgan deb ko’rsatilmoqda. Va bunda dart.exe dasturi ishga tushiriladi va unga main.dart skripti yuboriladi. Natijada bizni kichik dasturimiz ishga tushadi va buyruqlar qatoriga dastur natijasi chiqadi:
Dart dasturlash tilida har safar dastur yozganda dart.exe dasturi joylashgan manzilni ko’rsatmaslik uchun ushbu papkani operatsion tizim o’zgaruvchilar muhitiga kiritib qo’yish kifoya:
Va shundan so’ng, yozilgan dasturlar quyidagicha ishga turshiriladi:
dart main.dart
Dart dasturlash tilida dasturlar asosan Android Studio, IntelliJ IDEA va Visual Studio Code utilitalari yordamida yoziladi.
Manba:
Umumiy Dasturlash
Dart — dasturlash tiliga kirish