20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami to’liq malumot oling
Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami (Yuxannus), uni 20- va 26-iyun orasidagi shanbada nishonlanadi. Uylar va shahar ko’chalari qayin shoxchalari bilan bezatiladi, bostirmalardan esa milliy kostyumlar chiqariladi. Oqshomga yaqin o’yin-kulgu boshlanadi. Kechkihavoda xalqning qo’shiqlari yangraydi «kantele” milliy asbobi hamrohligida, yig’ilganlar «tanhut”, polka va vals raqslariga tushishadi. Yarim tunda «kokko” o’t oldirish marosimi boshlanadi — g’oyat katta zig’ir poyasi, tayyorlab qo’yilgan an’anaviy suvga juda yaqin joyda yig’iladi. Mash’alani yoshi ulug’ mahalliy kishi olib keladi. Shu bayram bilan bog’liq bo’lgan ko’p an’ana va marosimlar majusiylik davriga xos (Yuxannus) bayramini Finlandiya aholisi hosildorlik va yorug’lik bayrami deb nishonlashgan, «kokko” esa ularning belgisi bo’lgan. Xristian cherkovi majusiylikdan qutulishga ko’p urinishlar qildi va yozgi eng uzun kun bayramini Ioann Krestitel Rojdestvosi bilan birlashtirdi, natijada Juhannus (Yuxannus) paydo bo’ldi. Hosildorlik g’oyasini mujassam qilgan bayram to’ylar uchun ommabop vaqt bo’ldi: marosimga talabnomalar bir yil oldin beriladi. Qizlar Yuxannus kechasida yostiqning tagiga to’qqizta har xil gullardan o’t bilan to’qqiz marta bog’lab tuzilgan guldastani qo’yishadi, tunda tushida bo’lajak turmush o’rtog’ini ko’rib qolish umidida bo’ladi. Yuxannus yana Finlyandiya milliy bayrog’i kuni ham hisoblanadi.
Muhim sanalar
20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami
Related Posts