IntelliJ IDEA: «Debug» qilish sirlaridan biri

IntelliJ IDEA: «Debug» qilish sirlaridan biri

IntelliJ IDEA: "Debug" qilish sirlaridan biri

Dastlab, juda katta ‘collection’ yoki ‘array’ lar bilan ishlaganimda,
sikl bloki ichida o’zgaruvchining ma’lum bir qiymatiga yetganda
qandaydir xatolik sodir bo’lganda, o’sha vaziyatda aynan nima
bo’layotganini aniqlash uchun o’sha vaziyatga yetib borish juda qiyin
bo’lardi(o’sha vaziyatga yetib borgunicha F9 ni bosib o’tirardim, juda
vaqtni yeydigan holat…). Va shu narsani oldini olish mumkinliga
ishonib Googlega yuzlandim. Nihoyat qidirib topdim, kimlargadir ham
foydasi tegar deb ushbu maqolani ochdim.

Tushunarli bo’lishi uchun juda oddiy holatni misol qilib oldim:
intellij idea debug qilish sirlaridan biri 6642a7f56daac
Sikl ichida kerakli joyga to’xtash nuqtasini qo’yamiz va ustiga sichqonchaning o’ng tarafini bosamiz, undan ‘Properties’ ni tanlaymiz.
intellij idea debug qilish sirlaridan biri 6642a7f60a63f
Natijada quyidagi oyna ochiladi. Undan ‘Conditions’ bo’limidan
‘Condition’ ni belgilab, ochilgan joyga kerakli shartni yozamiz,
keltirgan misolda i == 777 ni shart qilib oldim, ya’ni agarda i sikl o’zgaruvchisi 777ga teng bo’lsa o’sha yerdagi belgilangan to’xtash nuqtasida to’xtaydi.
intellij idea debug qilish sirlaridan biri 6642a7f65dd6b
Ya’ni quyidagicha holatda bo’ladi:
intellij idea debug qilish sirlaridan biri 6642a7f6dfa2a

Manba:

Umumiy Dasturlash
IntelliJ IDEA: «Debug» qilish sirlaridan biri