1-sentyabr Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlangan. to’liq malumot oling
1-sentyabr Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlangan.
2009-yil 2-10-aprel kunlari YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan yubiley tantanalari bo’lib o’tdi. 2009-yil 26-27-mayda Toshkent shahrida «Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi. 2009-yil 1-sentyabrda YuNESKO ishtirokida Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahrining 2200 yilligi oldidan Mamlakatimiz poytaxtida juda katta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shaharning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga doir belgilangan tadbirlar amalgam oshirildi. Jumladan, Toshkentning qadimgi Mingo’rik shahar xarobasining qoldiqlari konservatsiya qilindi; Ko’kaldosh madrasasining kirish peshtoqi va old qismi sathi, Suzukota maqbarasi ta’mirlandi; «Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilishining 2-navbati tugallandi; Yoshlar ijod saroyi, Toshkent Islom universitetining yangi o’quv binosi qurildi; «Paxtakor” markaziy stadioni to’la rekonstruksiya qilindi; Amir Temur shohko’chasi, Abdulla Qodiriy, Parkent, Shahrisabz, Taraqqiyot ko’chalarida keng ko’lamda rekonstruksiya ishlari olib borildi, Toshkent shahar markazida eng muhtasham «O’zbekiston” anjumanlar saroyi qad ko’tardi va shaharning yangi kuranti qurildi.
Muhim sanalar
1-sentyabr Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlangan.
Related Posts