2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’liq malumot oling
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
Mundarija
скрыть
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizastiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
harakatlar strategiyasi
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
«Elektron Hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag`batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g`ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;
sudning mustaqilligi va beg`arazligi, sud prostessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo’lish holatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
fuqarolarning xususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-prostessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining prostessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instanstiyalarni qisqartirish;
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;
korrupstiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupstiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotastiya qilish tizimini takomillashtirish;
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institustional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag`batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investistiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sug`urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investistiya va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizastiya va diversifikastiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
ishlab chiqarishni modernizastiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilma loyiHalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investistiya siyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor maHsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizastiya va diversifikastiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
prinstipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag`batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperastiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikastiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikastiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soHa, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3. Qishloq xo’jaligini modernizastiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza maHsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog` olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog` va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug`ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag`batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirishga qaratilgan institustional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
investistiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g`ridan-to’g`ri xorijiy investistiyalarni faol jalb qilish;
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
Hududlar iqtisodiyotini modernizastiya va diversifikastiya qilish ko’llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag`larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investistiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvenstiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muHandis-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizastiya qilish.
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyastiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;
yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirgan holda sog`liqni saqlash soHasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g`inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o’rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolg`iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmastevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash.
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish Hamda modernizastiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostanstiyalarni qurish hamda rekonstrukstiya qilish;
yo’l infratuzilmasi qurilishi va rekonstrukstiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizastiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aHolini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg`i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustaHkamlash.
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug`ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstrukstiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovastiya faoliyatini rag`batlantirish, ilmiy va innovastiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog`lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik isloHotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
O’zbekiston Respublikasining konstitustiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot soHasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish;
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g`risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitastiya va demarkastiya qilish masalalarini hal etish.
Davlat Xizmatlari
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi