O‘zbekistonliklar eng ko‘p pulini nimaga sarflayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p pulini nimaga sarflayotgani ochiqlandi
ozbekistonliklar eng kop pulini nimaga sarflayotgani ochiqlandi 662e513194f81

photo 2024 04 28 00 10 57

O‘zbekistonliklar eng ko‘p pulini nimaga sarflayotgani ochiqlandi

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekistonliklar eng ko‘p pulini nimaga sarflayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilar topgan pulining eng ko‘pini benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun sarflayapti. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

2024 yilning I choragida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra quyidagi mahsulotlar eng ko‘p sotilgan:

Metan gaz – umumiy realizatsiya summasi 3,4 trln so‘mlik;
Benzin AI-80 – 2,6 trln so‘m;
Avia chipta (xalqaro) – 2,3 trln so‘m.
Kuchli o‘nlikdan AI-92 markali benzin (1,2 trln so‘m), 1-navli bug‘doy uni (1,1 trln so‘m), uyali telefonlar (638,3 mlrd so‘m), Fast-fud (613 mlrd so‘m), kungaboqar yog‘i (543,1 mlrd so‘m), asosiy go‘shtli taomlar (470,2 mlrd so‘m), pishiriqlar (427,4 mlrd so‘m) o‘rin olgan.

Siz pullaringizni asosan nimalarga ishlatasiz?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p pulini nimaga sarflayotgani ochiqlandi