Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri to’liq malumot oling

Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri to’liq malumot oling

Jinsiy munosabat er-xotin hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Aynan shu munosabat orqali shirindan shakar farzandlar vujudga keladi. Bu vaqtda er va xotinning bir-biriga mehri ortadi. Ha, bu gaplarni davom ettirsak anchaga cho‘zilishi tabiiy. Gapni qisqa qilgan holda sizga “Shifo info” gazetasida chop etilgan seksopatolog Dilmurod Ergashevning jinsiy yaqinlik miyaga qanday ta’sir etishi to‘g‘risidagi fikrlarini ulashsak.
Mundarija скрыть

“Erkak kishi jinsiy yaqinlik vaqtida juda kuchli hayajonga berilib, barcha tashvishlarini unutadi. Bu paytda uning yurak urishi va nafas olishi tezlashadi. Qon bosimi ko‘tariladi. Xullas miya faoliyati yuqori darajada ishlaydi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rohatlanish hissi ayollarga nisbatan erkaklarda kuchli ekan. Xulosalarga ko‘ra, bir erkak butun hayoti davomida o‘rtacha 9,3 soat orgasm his qiladi.

jinsiy aloqaning miyaga tasiri 1

Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri

O‘zaro yaqinlik jog‘ida erkak miyasida qo‘zg‘alish kuchayib, unga kelayotgan turli qoniqtiruvchi garmonlar miqdori oshadi. Shu tufayli u barcha ko‘ngilsizliklar, tashvishlar va yomon o‘y-hayollarni unutadi. Sababi bu vaqtda nafaqat bosh miya, balki butun organizm maksimal darajada ishlaydi. Shuningdek, yaqinlik vaqtida organizmda oksitotsin deb ataluvchi gormon hosil bo‘ladi. Bu garmon er-xotinning bir-biriga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ularga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlaydi.  Seksopatologlar fikricha, orgazm miyaga boruvchi og‘riq hissini bloklab qo‘yadi. Shu sabab muntazam, tartibli jinsiy hayot kechiruvchi erkaklar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmaydi.

Qizig‘i shundaki, jinsiy yaqinlik bosh miyada xotira va aql uchun javobgar hujayralarning ham o‘sishiga yordam beradi. O‘z jufti haloli bilan osoyishtalikda haftasiga 2-3 marta yaqinlik qiladigan erkaklar yurak kasalliklariga kam chalinishadi. Qonda yoshlik uchun javobgar gormonlar miqdorining oshishi hisobiga qarish jarayoni ortga suriladi, teri tetiklashadi. Agar erkakning tos sohasida qon aylanish yaxshi bo‘lsa, unga prostatit xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek, yaqinlik ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam beradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Jinsiy tarbiya (Saralangan savol-javob)

Yuqoridagilarni keltirishimizdan muddao jinsiy munosabatga harismandlikni aslo rag‘batlantirish emas. Chunki har bir insonga Yaratgan tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me’yor va imkon ato etilgan.

Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo‘yishning salbiy jihatlari ham ko‘p. Masalan, ayrim g‘arb olimlari o‘z ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning  aksariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Lekin aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.”

avitsenna.uz/jinsiy-aloqaning-miyaga-tasiri/

Erkaklar uchun
Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri