Qancha erta boʻlsa, shuncha yaxshi

Qancha erta boʻlsa, shuncha yaxshi

Qancha erta boʻlsa, shuncha yaxshi

Siz qaysi sohani oʻrganishni necha yoshda boshlash kerak deb oʻylaysiz?

Garvardning tadqiqotlariga koʻra istalgan sohani iloji boricha yoshroq oʻrganishni boshlagan maʼqul. Bu nazariyaga bir qancha ijobiy sabablar asos boʻla oladi.

Ushbu maqolada ham sohalarning eng zamonaviysi — dasturlashni bolalikdan boshlashning afzalliklarini yoritish maqsad qilingan. Quyida esa shu mavzuga doir Top 5 argument keltirdik:

#1 Bolalikdan strateg boʻlib ulgʻayish

qancha erta bocabblsa shuncha

Dasturlashda har qanday masalaga mantiqiy qarash, qisqa va oson yoʻllarni axtarish talab qilinadi. Yaʼni, bolalar oʻrganish davomida turli mashgʻulotlar ustida ishlashadi. Ularning aksariyatida esa chuqur mulohaza bilan strategiya tuzish zarur boʻladi.

Masalan, siz bir turdagi bir nechta vebsayt yoki ilovani bilasiz. Keling, bu bir xorijiy onlayn kurslar platformasi va oʻzimizning Mohirdev boʻlsin. Xorijiy platforma kursni olish uchun oʻnlab qadamlardan oʻtish kerak va sahifa dizayni ham murakkab. Mohirdevda esa sayt tushunarli koʻrinishda va xarid qilish deyarli vaqt olmaydi. Shu vaziyatda siz eng sodda va xavfsizini tanlaysiz, toʻgʻrimi? Bolalar ham oʻz ishlanmalarida kelajakda foydalanuvchiga qulay, uning xavfsizligini taʼminlaydigan dasturlar yaratish uchun hozirdanoq yechimni maksimal optimallashtiruvchi yoʻllarni oʻrganishadi. Shunday qilib ular strategiyalar asosida muammolarni hal qilish koʻnikmalarini orttirib borishadi.

#2 Sabrli bolani koʻrganmisiz?

qancha erta bocabblsa shuncha

Dasturlashni oʻrganganlari shunaqa boʻladi. Ha, bolalar odatda injiq va jizzaki boʻladi. Dasturlashda bunday feʼldan voz kechishga toʻgʻri keladi. Yaʼni biror dastur yaratish davomida tajribaga qarab, oʻnlab, balki yuzlab xatolarga(baglarga) duch kelinadi. Ularni toʻgʻrilash uchun baʼzida sabr bilan juda uzoq vaqt bosh qotirish zarur boʻladi. Baʼzan butun boshli dastur rejasini noldan koʻrib chiqish yoki har bir qator kodni tekshirib chiqishga majbur boʻlasiz. Shunda bolalarcha tor xulosalar yoʻqolib, sabr shakllanadi. Muammo ustida qatʼiyat bilan ish olib borish va yechim uchun turli yondashuvlarni sinab koʻrish oʻrganiladi. Ular qancha qiyin topshiriqni bajarishsa va qancha koʻp xato qilishsa, shuncha toblanib, intizomli boʻlib borishadi.

#3 Boy bolalar ( gʻoyaga boy 🙂 )

qancha erta bocabblsa shuncha

Bolalarda gʻayritabiiy fikrlar doim topiladi. Dasturlashda esa bu ayni muddao. Ular noodatiy dizaynlar hosil qilishlari, hech kim oʻylab ham koʻrmagan vebsayt yoki ilova gʻoyalarini yaratishlari mumkin. Bu jarayon ular uchun ham qiziq, ham serdaromad boʻlishi mumkin. Chunki AyTi sohasida kreativlikka xaridorlar juda koʻp. Boshqa xarajatlar yoʻqligi tufayli, bolalar mablagʻni boricha oʻz oʻqishlari uchun investitsiya qilishlari mumkin. Masalan, Nik Daloysiyo shu orqali 16 yoshida 30 million dollar investitsiya qoʻlga kiritadi. U yana oʻqishda davom etib, Oksfordni bitirgan, soʻng hozir Doktorlikka oʻqimoqda.

#4 Ofis bolalari

qancha erta bocabblsa shuncha

Dasturlashda bir muammoga yechimni optimallashtirish uchun muloqot kerak. Jarayonda siz oʻylab koʻrmagan, yanada soddaroq yoʻl topilishi mumkin. Shuning uchun loyihalar jamoaviy amalga oshiriladi. Buning yana bir sababi –– qilinadigan ishning koʻpligi va tubdan farq qiluvchi bilimlarni talab qilishi. Yaʼni bir dasturchi bitta ilovani yaratish uchun kerakli koʻnikmalarni hammasini bilishi deyarli ilojsiz. Shu sababga koʻra, jamoa shakllantirilib, topshiriqlar boʻlib beriladi. Masalan, bolalar kalkulyator yasash uchun ham guruh tashkil qilib, birga harakat qilishadi. Natijada, tengdoshlari koʻcha changitib yurganda ular allaqachon muomala madaniyati, jamoaviy ishlash qobiliyatini oʻzlashtirib olishadi.

#5 Shuncha ustunliklarga ega sohaga hamma oʻzini «urgan» boʻlsa kerak?! Kamiga bu zoʻr sohani egallash uchun yaxshigina ter toʻkilar. Bola sinib qolmaydimi?

qancha erta bocabblsa shuncha

Toʻgʻri, bugun AyTi trendda, hamma oʻrganyapti va barcha soha kabi uning ham murakkab joylari bor. Lekin bu na sizning farzandingiz yoki oʻquvchingizga «non» yoʻq va na bolaning oʻrganishi ilojsiz degani. Bozorda dasturchilarga talab yuqori, ammo hali qondirilmagan. Faqatgina Sunʼiy Intellekt sohasining oʻzidagina 2035-yilga kelib 4-5 million dasturchi kerak boʻlishi kutilmoqda va bu hali boshqa yoʻnalishlarni hisobga olmaganda. Barcha jarayonlar virtuallashtirilayotganda mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish qiyin. Xullas, bozor keng, hamma ish topa oladi.

Undan tashqari, dasturlashni oʻrgatish uchun yosh bolaga katta yuklama berilmaydi. Ular avval Formatdagi kabi sodda algoritmlar bilan ishlashadi, oʻz iqtidorlarini AyTining aynan qaysi sohasida ekanligini kashf qilishadi. Hayotiy masalalar esa oʻrganishni iloji boricha mavhumlikdan uzoqlashtiradi. Qolaversa, mutaxassis boʻlish uchun 8-10 yil talab qiluvchi sohalardan farq qilib, AyTida 3-7 yilda professional boʻlish mumkin.

Eng muhimi — sohaning zoʻri boʻlish uchun koʻp vaqt kerak, erta boshlash esa koʻp vaqt degani.

Manba:

Ta‘lim
Qancha erta boʻlsa, shuncha yaxshi