Oyoqlarda tomir tortishishi to’liq malumot oling
OYoQLАRDА TOMIR TORTIShIShI NIMАDАN DАRАK?
?Shifokor-ortoped, Germaniyada sport tibbiyoti va profilaktikasi jamiyati vitse-prezidenti Аkselь Klyayn oyoqlardagi tomir tortishishining asosiy sabablarini maʼlum qildi.
?Uning soʼzlariga koʼra, bu jismoniy faollik yetishmasligi, shuningdek, jiddiy kasalliklar alomati ham boʼlishi mumkin.
Аgar oyoq mushaklari toʼsatdan qotib qolsa va bu holat kuchli ogʼriqni keltirib chiqarsa, qalqonsimon bezni tekshirtirish kerak. Bundan tashqari, u diabet alomati yoki ayrim dori vositalarining noxush taʼsiri boʼlishi ham hech gap emas.
?Klyaynning taʼkidlashicha, oyoqdagi tomir tortishishiga oʼta tor poyabzal ham sabab boʼladi. Bu dardning keksalarda kuzatilishi esa qon tomirlardagi oʼzgarishlardan dalolat.
??Tomir tortishishi tezlashganda nevrologga murojaat eting: u nerv yoki mushak shikastlanishi alomatlari bor-yoʼqligini tekshiradi.
Shifokor magniyli qoʼshimchalar mushak spazmini kamaytirishga yordam beradi degan mish-mishni rad etdi. Uning soʼzlariga koʼra, magniyning mushaklar holatiga ijobiy taʼsirini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yoʼq.
Kasalliklar
Oyoqlarda tomir tortishishi