Strategiya va Bajarish

Strategiya va Bajarish

Strategiya va Bajarish

Ertalab turib, ishni nimadan boshlasam ekan,- degay hayol koʻpchilikdan oʻtgan boʻlsa kerak.

Ishxonaga kelib majlisga 10 daqiqa qolganida kofe ichish yoki email tekshirish orasidagi tanlovchi?

Undan ham zoʻri bor: Excelga 100 ta ismni nusxalash (copy/paste) va bu ishni avtomatlashtirish (macros yoki boshqa usulda). Sizda ham boʻlganmi? Qaysi biri qizziqroq?

Ikkilanish xolatlarining asosi esa bizning strategik fikrlashimiz va ishni bajarishimiz orasidagi tanlov ekan.

Kayfiyatimiz tez oʻzgaruvchan boʻlgani uchun biridan ikkinchisiga sakrashga oʻtar ekanmiz. Bu albatta muammo. Chunki vaqtimizning koʻp qismi tanlov bilan oʻtib ketadi. Eng qizzigʻi tanlov natijasi aniq, yo ishni qilish kerak, yoki qanday qilishni oʻylash kerak.

Yechim: (matematikada masala ishlashni eslatvordi shu soʻz.)

Hullas yechim:

Rejalashtirish (strategiya) va bajarish (execution) vaqtlarini alohida qilib olish.

Aniq bitta vaqt olib, masalan ertalab soat 8:00, faqat rejalashtirish uchun sarflang. Qachon qaysi ishni qilishingizni puxta reja qiling.

Keyin esa reja qilgan ishingiz vaqti kelganida faqat shu ishga urgʻu bering. Endi strategiyani esdan chiqaring. Ishga qarang va ishni bajaring.

Bu usul kuningiz samarali oʻtishi va ish vaqtida barcha ishlaringiz tugashiga yordam beradi. Hech nima birdan boʻlmaydi. Har kuni oz ozdan yaxshilab borsangiz, bir necha oyda natijasini koʻrganingizni sezmay qolasiz.

Koʻp oʻylamay ishingni qil!

Qiynalvurmi kallangni ishlatsang boʻlardi!

Deyiladiganlar bagʻishlanadi.

Agar fikrlaringiz boʻlsa, oʻrtoqlashing. Boshqalarga ham foydali boʻladi.

Manba:

Boshqaruv
Strategiya va Bajarish