Algebra kursining to’plamlar mavzusidan shunisi ma’lumki, bizga quyidagicha A = {2, 3 , 5, 6, 8} va B={2, 3, 4, 7, 8} to’plamlar berilgan bo’lsa, AB to’plam A to’plamdan ikki to’plamning kesishmasidagi sonlarning olib tashlanganiga teng bo’ladi, ya’ni AB = {5, 6}.
LINQ metodlari ichida Except bizga xuddi mana shu imkoniyatni taqdim etadi. Demak, Except() metodi birinchi to’plamdagi ikkinchi to’plamda mavjud bo’lmagan yangi to’plamni qaytaradi.
Endi esa bir sinfga tegishli bo’lgan ikkita object ni qanday taqqoslash mumkinligi haqida bosh qotirsak. Masalan, bu muammoni “ Car ” sinfiga tegishli bo’lgan ikkita object ustida qanday hal etish mumkin ? Bu sinfga tegishli bo’lgan mashinalarimiz “Id” va “Name” xususiyatlariga ega bo’lsin.
publicclassCar{publicint Id { get; set; }publicstring Name { get; set; }}
Endigi navbat bu objectlarni taqqoslash uchun asosiy “CarsComparer” sinfini yaratish. Bu sinfga IEqualityComparer interfeysini implementatsiya qilamiz va ushbu interfeysga tegishli Equals() va GetHashCode() metodlarini qayta yuklaymiz:
publicclassCarComparer:IEqualityComparerCar>{publicboolEquals(Car x,Car y) { //Taqqoslangan objectlar bir xil ma'lumotlarga murojaat qilishini tekshirish.if (Object.ReferenceEquals(x, y)) returntrue; //Object larni null qiymatga tekshirishif (Object.ReferenceEquals(x,null) ||Object.ReferenceEquals(y,null))returnfalse; //Object larning xususiyatlarini taqqoslashreturnx.Id==y.Id&&x.Name==y.Name; }publicintGetHashCode(Car obj) { //Obyektni null qiymatga tekshirishif (Object.ReferenceEquals(obj,null)) return0; //Obyektning Id xususiyati uchun HashCode ni hisoblashint hashCarId =obj.Id.GetHashCode(); //Obyektning Name xususiyati uchun HashCode ni hisoblashint hashCarName =obj.Name==null?0:obj.Name.GetHashCode(); //Obyektning HashCode ni qaytarish return hashCarName ^ hashCarId; }}
Nega aynan bunday yozdik va bu qanday ishlaydi? GetHashCode() orqali Car sinfiga tegishli bo’lgan obyektimizning Id va Name xususiyatlari uchun HashCode ni hisoblab, Obyektimizning HashCode ni qaytardik. Equals() metodi orqali esa taqqoslanadigan obyektlarning bir xil ma’lumotga ega ekanligi, ulardan birortasi null qiymatga teng ekanligini va ularni xususiyatlari bo’yicha taqqoslash imkoniga ega bo’ldik.
Oxirgi bosqich: “Biz kutgan onlar yetib keldi” : So’ngida esa Car sinfiga tegishli obyektlarni o’zida jamlagan ikki massiv yaratib o’zaro farqli elemantlarni taqqoslashni ko’rib chiqamiz
usingSystem;usingSystem.Linq;usingSystem.Collections.Generic;namespaceexept{classprogram {publicstaticvoidMain(string[] args) { //Birinchi to'plamCar[] cars1 = {newCar{ Id=1, Name="BMW"},newCar{ Id =2, Name="RollsRoys"},newCar{ Id =3, Name="Wolskvagen"} }; //Ikkinchi to'plamCar[] cars2 = {newCar{ Id =1, Name="Lacetti"},newCar{ Id =2, Name="RollsRoys" } }; //To'plamlarni taqqoslashIEnumerableCar> result =cars1.Except(cars2,newCarComparer());foreach (var item in result)Console.WriteLine(item.Id+" "+item.Name); //Output: 1 BMW // 2 WolksvagenConsole.ReadKey(); } }publicclassCarComparer:IEqualityComparerCar> {publicboolEquals(Car x,Car y) { //Taqqoslangan objectlar bir xil ma'lumotlarga murojaat qilishini tekshirish.if (Object.ReferenceEquals(x, y)) returntrue; //Object larni null qiymatga tekshirishif (Object.ReferenceEquals(x,null) ||Object.ReferenceEquals(y,null))returnfalse; //Object larning xususiyatlarini taqqoslashreturnx.Id==y.Id&&x.Name==y.Name; }publicintGetHashCode(Car obj) { //Obyektni null qiymatga tekshirishif (Object.ReferenceEquals(obj,null)) return0; //Obyektning Id xususiyati uchun HashCode ni hisoblashint hashCarId =obj.Id.GetHashCode(); //Obyektning Name xususiyati uchun HashCode ni hisoblashint hashCarName =obj.Name==null?0:obj.Name.GetHashCode(); //Obyektning HashCode ni qaytarish return hashCarName ^ hashCarId; } }publicclassCar {publicint Id { get; set; }publicstring Name { get; set; } }}
Natijada esa “cars1” to’plamiga tegishli bo’lgan “RollsRoys” obyekti barcha xususiyatlari bo’yicha “cars2” da ham saqlangani uchun “cars1” dan olib tashlanganini ko’rish mumkin.