Struct
Dasturlashga endi kirib kelganlar orasida turli xil yangi atamalarga duch kelish oddiy holat. Shu atamalardan biri bu Struktura yoki ingliz tilda Structdir.
C# dasturlash tilida (boshqa dasturlash tillarida ham) ma’lumotlar ikki xil bo’ladi: value type va reference type.
Value type tipidagi ma’lumotlar xotirada o’zi ma’lum joy egallab, qiymati yozilgan holda saqlanadi. Bu tipga misol qilib oddiy tiplar: int, double, char, string, boolean kabilarni, bundan tashqari structni ham keltirishimiz mumkin. Struktura o’zi ham value type hisoblanadi va value type dagi ma’lumotlarni jamlangan holatda saqlash uchun ishlatiladi. value type turidagi ma’lumotlar stack xotirada saqlanadi.
Reference typedagi ma’lumotlar esa xotirada saqlanganda o’zi bilan birga qiymatini olib yurmaydi, ular shunchaki xotirada boshqa ma’lumot yozilgan manzilga ko’rsatkich (havola)ni o’zida saqlaydi. Reference typega classlar, interfacelar, delegatlar, massivlar misol bo’la oladi. Reference type turidagi ma’lumotlar heap xotirada saqlanadi.
Struktura bir nechta o’zaro bog’liq ma’lumotlarni ular orasidagi mantiqiy bog’liqlikni ta’minlagan holda saqlash imkoniyatini beradi. Strukturani tushunishdan avval, undan foydalanmagan holda talabalar haqidagi ma’lumotlarni saqlashga urinib ko’raylik. Bu holatda talabalarga tegishli har bitta ma’lumotni yangi o’zgaruvchiga yuklashimizga to’g’ri keladi:
Lekin bir muammo bor, foydalanuvchilar soni ko’paygani sari har bir foydalanuvchining ma’lumotlarini boshqalari bilan chalkashishini ko’rishimiz mumkin. Sababi ma’lumot ko’p va har bir foydalanuvchining ma’lumoti bir-biriga mantiqiy tomondan bog’lanmagan.
Shu payt Struktura bizga yordamga keladi. U har bir foydalanuvchining ma’lumotlarini xotirada alohida saqlaydi va mantiqan bog’lab beradi. Bu o’z o’rnida dasturchiga qulaylik yaratadi.
Misol uchun yuqoridagi kod Struktura yordamida quyidagi ko’rinishga keladi:
Keling, C# dasturlash tilida Struktura qanday ishlatilishini ko’rib chiqamiz.
Birinchi o’rinda Struktura yaratish struct kalit so’zini yozish bilan boshlanadi, shundan so’ng, uning nomi va uning xususiyatlarni e’lon qilishimiz lozim. Misol uchun, Talaba nomli Struktura quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
Talaba Strukturasini huddi qolip kabi tasavvur qiling. Lekin sezganingizdek biz faqat qolip yasadik. Undan hali birorta ham o’zgaruvchi yaratganimiz yo’q. Shu qolip asosida o’zgaruvchi yaratish uchun:
ko’rinishida dasturning Main qismida e’lon qilamiz. Uni ma’lumotlar bilan to’ldirish uchun yaratilgan o’zgaruvchini chaqirish, shundan so’ng uni ma’lum xususiyatlar bilan to’ldirish lozim. Buni quyidagicha ko’rsangiz bo’ladi:
Kiritilgan xususiyatlarni Consoleda chiqarish uchun quyidagi funksiyadan foydalanish kifoya.
Natija quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Strukturada ochiq xususiyatlaridan tashqari yashirin xususiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin. Buning uchun xususiyatlarni konstruktorda e’lon qilish davomida public (ommaviy) o’rnida private (shaxsiy) operatoridan foydalanamiz. Bu hodisani quyidagi kodda, yosh public xususiyatini private xususiyatga o’zgartishi orqali ko’rishimiz mumkin:
Hozirdan boshlab talabaning yoshini dasturda ishlata olmaymiz. Lekin, ma’lumotni ishlata olmasak nima keragi bor, to’g’rimi?
Shu sababdan shu kabi yashirin xususiyatlarni namoyon qilish yoki ularga qiymat berish uchun maxsus funksiyalar — eventlar e’lon qilishimiz mumkin. Shunday qilsak, dasturning Main qismida talabaning bu xususiyatiga faqatgina shu event orqali murojaat qilish mumkin bo’ladi. Bunday usulda ulanish ma’lumotlar bexosdan o’zgarib ketishini oldini oladi. Misol uchun talabaning faqatgina yoshini ko’rsata oladigan Event quyidagicha bo’ladi:
Quyida foydalanuvchi yoshini e’lon qiluvchi va uni Consoleda chiqaruvchi Eventlar va Strukuraning to’liq ko’rinishi:
Consoleda natija quyidagicha bo’ladi:
Bundan tashqari, eventlar yordamida o’zgaruvchiga qiymat berishda ma’lum shartlar qo’yish, qo’shimcha amallar bajarish mumkin. Masalan, odatda talabaning yoshi eng kamida 17 yosh bo’ladi deb hisoblasak, yosh o’zgaruvchisiga bundan kichik qiymat berish mumkin bo’lmasin:
Natija:
Ko’rib turganingizdek, eventlar ma’lumotlar ustidan nazorat qilib turishimizni osonlashtiradi.
Dasturlash
Struct