Assalomu aleykum bo’lajak .NET dasturchilar, ushbu mavzuda sizlarga nimalardir tushintirishga harakat qilaman, tushunmasangiz menda emas 🙂 xaxaa
Console.WriteLine() malumotlarni chiqarish, chop etish (output) uchun foydalaniladi. Endi belgilar oqimini o’qish uchun (input) Console.ReadLine() dan foydalanamiz. ReadLine() metodi (funksiyasi) Console sinfi ga tegishli.
Console.ReadLine() bilan ma’lumotlarni faqat string tipida olishimiz mumkin. Masalan int tipida son kiritmoqchi bo’lsak uni string tipidan int tipiga (o’zgartirishimiz) konvertatsiya qilishimiz kerak. Bunda Convert sinfining ToInt32() metodi yoki int sinfining Parse() metodidan foydalanashimiz mumkin!
usingSystem;namespaceConsoleApp2{classProgram {staticvoidMain(string[] args) {string ism;int yosh;Console.Write("Ismingizni kiriting: "); //string tipidagi qiymat qaytadi ism =Console.ReadLine();Console.Write("Yoshingizni kiriting: "); //string turidan int turiga aylantiriladi yosh =Convert.ToInt32(Console.ReadLine()); //int.Parse yordamida convertatasiya qilamiz //yosh = int.Parse(Console.ReadLine()); } }}
Convertatsiyani ikki xil usulini ikki sonning yig’indisi (a+b) da ko’rib chiqamiz.
namespaceConsoleApp2{classProgram {staticvoidMain(string[] args) {int a, b; a =Convert.ToInt32(Console.ReadLine()); b =int.Parse(Console.ReadLine());Console.WriteLine("Natija: "+ (a + b)); } }}
Parse() metodidan foydalanishni maslahat beramiz. Har bir tur (int, long, double…) ushbu metodni o’z ichiga oladi. Ya’ni string turidan o’sha joriy turga o’girish uchun foydalaniladi
a]:text-periwinkle-700 [&>a:hover]:text-periwinkle-800 [&>code]:bg-periwinkle-700/4 [&>code]:text-inherit [&>code]:shadow-none text-periwinkle-900 fill-periwinkle-700 stroke-periwinkle-700 dark:text-periwinkle-200 dark:[&>a]:text-periwinkle dark:[&>a:hover]:text-periwinkle-600 dark:[&>code]:bg-periwinkle-200/2 dark:[&>code]:text-inherit decoration-periwinkle-700/6 dark:decoration-periwinkle/6 dark:fill-periwinkle-400 dark:stroke-periwinkle-400 flip-heading-hash»>Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, Console sinfi, ekrandan ma’lumot o’qib oladigan 3 ta metodni o’z ichiga oladi.Read(), ReadLine(), ReadKey()
ReadKey() — Biror klavish bosilishini kutadi va uning kodini qaytaradi (ConsoleKeyInfo turida)
Read() — Bir belgi kiritilishi kutiladi va o’sha belgining ASCII kodi qaytariladi (int turida)
ReadLine() — Satr kiritilishi kutiladi va string turida qaytaradi.
Boshida ozroq tushinarsiz bo’lishligi mumkin, lekin tezda o’rganib ketasiz 🙂