LINQ asoslari

LINQ asoslari

LINQ (Language-Integrated Query) — bu ma’lumot manbasidan so’rov olish uchun oddiy va qulay til. Ma’lumotlar manbayi sifatida — IEnumerable interfeysini (masalan, standart to’plamlar, massivlar) amalga oshiradigan obyekt, DataSet, XML hujjati bo’lishi mumkin. Ammo manba turidan qat’iy nazar, LINQ ma’lumotni olish uchun barchasi uchun bir xil usulni qo’llashga imkon beradi.

Qisqacha qilib aytganda LINQkodni ixchamlashtirish va oson o’qish imkoniyatini beradi va undan turli xil ma’lumot manbalari uchun so’rovlarda foydalanish mumkin.

LINQ so’rovlari natijalarni obyekt sifatida qaytaradi. Bu sizga natijalar to’plamida obyektga yo’naltirilgan yondashuvni ishlatishga va natijalarning turli formatlarini obyektlarga aylantirish haqida tashvishlanmaslikka imkon beradi.

LINQ dan foydalanish uchun bizga .Net Framework 3.5 va C# 3.0 kerak bo’ladi(foydalanish uchun minimum versiyalar).

System kutubxonasiga qo’shimcha ravishda System.Linq kutubxonasidan foydalanamiz.

using System;
using System.Linq;
namespace LINQ_operations
{
    class Program
    {
        static void Main(string[] args)
        {
            // Ma’lumotlar manbayi (massiv)
            string[] names = { "Bill", "Steve", "James", "Mohan" };
            // LINQ so’rovi 
            var myLinqQuery = from name in names
                              where name.Contains('a')
                              select name;
            // So’rovni ishlatish
            foreach (var name in myLinqQuery)
                Console.WriteLine(name + " ");
            Console.ReadKey();
            
            //some comment
        }
    }
}

Dasturlash
LINQ asoslari