Madaniy nutq mavzusida insho rejasi bilan

Madaniy nutq mavzusida insho rejasi bilan

Savol:

Madaniy nutq haqida insho kerak

Javob:

Reja:
1. Nutq rang-baranligi
2. Nutqning asosiy maqsadi
3. Nutqning aniqligi va mantiqiyligiga yetgazilgan zarar

Nutq yordamida bir narsaning o’zini turilcha ifodalash mumkin. Bunda ma’nodosh so’zlardan, so’zlarning ko’p ma’noliligidan va yangi so’z yasash imkoniyatlaridan foydalaniladi. Turlicha ta’bir birikma, gap, fasl, bob va kitob doirasida ham amalga oshiriladi va bu nutq san’atining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Ohang va so’zlarni to’g’ri tanlagan holda rang-baranglik vujudga keladi, inson qalbiga yo’l topiladi. Nutq faqat insonlarga xos bo’lgan hislat, u ongning ajralmas bir qismi.

Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazishdan iborat. Shu yo’l bilan tinglovchiga ta’sir qilish ham mumkin, ham ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo’lishi uchun albatta, madaniylik talablariga javob berishi zarur. Buning uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo’lishi kerak. Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar bir qancha bo’lib uning asosiylari: to’g’rilik, aniqlik, mantiyqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, o’rinli foydalanishlar kiradi. Shu o’rinda «Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar» maqolini eslash kifoya.

Xalqda orasida bir vaqtlar «Mehmon otangdan aziz» kabi «hikmatli» so’zlar tarqalgan. Bunda nutqning buzilishi tufayli tenglashtirish solishtirish bilan almashib ketgan. So’ng ilm ahli bunga izoh berib, hikmatli so’zni «Mehmon otangdek ulug'» degan to’g’ri shaklini eslatib o’tishdi. Shu tufayli nutqni ishlatganda har bir kishi avvalo uni bir nechta elakdan o’tkazishi, filtrlashi, foydali yoki zararli ekanligini anglashi va ana shundan keyingina so’zlashi kerak. Avval o’yla keyin so’yla kabi hikmatli so’zlar ham shunga misol bo’ladi.

Savollarga javoblar
Madaniy nutq mavzusida insho rejasi bilan