Yangi boshlovchilar uchun Linux distributivini tanlaymiz.
Yangi boshlovchilar uchun Linux distributivini tanlaymiz.
Biz boshlovchilar uchun qulay boʻlgan uchta Linux distributivini toʻpladik, ularni siz hozirni o’zida sinab koʻrishingiz mumkin. Buning uchun sizga faqat flesh-disk va .iso fayllarini yozish uchun dastur — Rufus kerak.
Fedora — bu Red Hat Linux oilasiga mansub (fedora — shlyapa turi). Bu DistroWatch ma’lumotlariga ko’ra, eng mashhur 10 ta Linux distributivlaridan biridir.
Plyuslari
Tizim har 6 oyda katta yangilanishlarni oladi.
O’rnatilgan dasturchi vositalariga ega.
Minuslar
Bepul dasturiy ta’minotga qaratilgan, shuning uchun MP3 va DivX uchun kodeklar mavjud emas.
Kimga mos keladi?
Fedora tizimni yaxshiroq tushunishni va yangi funksiyalarini birinchilardan bo’lib o’rgangisi kelayotgan odamlarga to’gri keladi . Uni Fedoraning rasmiy saytidan yuklab olish mumkin
Manjaro — bu Arch Linux-ga asoslangan distributiv. Manjaro nomi, ehtimol, Kilimanjaro vulqonidan kelib chiqqan. Distributiv prokatli reliz texnologiyasidan foydalangan holda yangilanadi — vaqti-vaqti bilan butun tizimni yangilash o’rniga siz uchun kichik yangilanishlar doimo mavjud.
Plyuslari
Yangilash qulayligi.
Ishlab chiquvchilar uchun o’rnatilgan dasturiy ta’minot.
Minuslar
Linuxni chuqurroq tushunish kerakli.
Kimga mos keladi?
Manjaro nostandart yechimlar va yo’riqnomalarni o’qishdan qo’rqmaydiganlar uchun ma’qul. Manjaro rasmiy veb-sayti ‘da siz grafik qobiqni tanlashingiz va tizimni yuklab olishingiz mumkin.
Ubuntu zulu tilida «insoniyat» (odamgarchilik) degan ma’noni anglatadi. Bu eng mashhur Linux distributivlaridan biri hisoblanadi. Ubuntu Debian-ga asoslangan va Canonical tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
Plyuslari
Ubuntu o’rnatish uchun eng oson Linux distributividir.
Windows bilan yonma-yon o’rnatish mumkin (Ubuntu Ubiquity o’rnatuvchisi boshqa tizim mavjudligini mustaqil ravishda aniqlaydi).
5 yil davomida qo’llab-quvvatlanadigan tizimning LTS versiyalari.
Bir marta bosish bilan o’rnatiladigan ko’p sonli dasturlarga ega amaliy markaz (Microsoft do’koniga o’xshash). «Ubunto Store».
Kamchiliklari (yo’q)
2011 yilgacha Canonical kompanyasi distribyutor disklarini bepul jo’natdi (2021 yilda CD diskini topishdan, yoki ishlatishdan ko’ra 2 GB hajmlik tizim faylini yuklab olish osonroq).
Kimga mos keladi?
Ubuntu yangi boshlovchilar uchun ajoyib Linux distribyutsiyasi bo’lib, uni o’rnatish, sozlash va ishlatish oson. Eng so’nggi yoki LTS versiyasini rasmiy Ubuntu veb-sayti ‘dan yuklab olish mumkin.
Ushbu ma’lumotlar sizga ma’qul bo’ldi degan umiddamiz. Albatta Pingvinchaning 🐧 boshqa distributivlari masalan Kali Linux lar ham bor nasib etsa ular haqida alohida maqolalar beriladi.
Umumiy Dasturlash
Yangi boshlovchilar uchun Linux distributivini tanlaymiz.