Python yordamida QR kod hosil qilish
Python-da QR kodini qanday yaratishni va pyqrcode kutubxonasidan foydalanishni o’rganamiz.
Avvaliga QR code nima bilib olaylik. QR-kod (Quick Response Code) — tezkor aniqlanadigan kod hisoblanadi. Ushbu kod obyekt haqidagi maʼlumotni oʻzida mujassam etadi.
U Yaponiyada ixtiro qilingan va faqat avtomobil sanoatida ishlatilgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan bu tizimning afzalliklari, xususan, maʼlumotni tezkor aniqlaydigan qobiliyati mavjudligi tufayli nafaqat avtomobil sohasida, balki boshqa yoʻnalishlarda ishlatilib kelinmoqda.
QR-kod oq rang ustida kvadrat setkasida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlib, smartfon kamerasi kabi tasvirni qayta ishlaydigan moslamalar yordamida oʻqish mumkin.
Ushbu kod asosan giperhavola sifatida ishlaydi va bunday rasm (QR-kod)da matn shaklida joylashtirish noqulay boʻlgan yoki qimmatga tushadigan maʼlumotlar mavjud. Ular 4296 belgigacha (simvol) boʻlishi mumkin.
Bugungi kunda QR-kod aloqa (kommunikatsion) jarayonlarini optimallashtiradi, masalan, u yordamida:
- vizitkada telefon nomerni shifrlash mumkin va bir marta bosishning oʻzi bilan kontaktlar roʻyxatiga qoʻshib qoʻyish;
- internet havolasi boʻyicha tezkor oʻtish;
- elektron xat yoki SMS yuborish;
- manzilning joylashuvini aniqlash;
- Wi-Fi (internet) routeriga avtomatik tarzda ulanish mumkin.
Shuningdek, tashqari ushbu tizim kundalik va turli savdo jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirdi. Bu kichik kvadratlarni mahsulot yorligʻida, kommunal xizmatlar kvitansiyasida yoki veb-sayt sahifalarida topish mumkin.
Python yordamida oddiy QR kod hosil qilish.
Ushbu qo’llanmani davom ettirish uchun bizga ikkita Python kutubxonasi kerak bo’ladi: pyqrcode va pypng.
Agar sizda ular o’rnatilmagan bo’lsa, iltimos, «Buyruqlar satri» ni (Windows-da) oching va ularni quyidagi kod yordamida o’rnating:
pip install pyqrcode
pip install pypng
Kodimizga bu ikkala o’rnatilgan kutubxonalarni yuklab olamiz:
import pyqrcode
from pyqrcode import QRCode
link = "https://pyblog.uz"
link o’zgaruvchisi ostida QR kodga aylantirmoqchi bo’lgan ma’lumotimizni joylaymiz.
Keyingi qadam bu QRCode obyektiga aynan shu ma’lumotlarimizni berish bo’ladi.
myQR = QRCode(link) myQR.show()
show() metodi orqali biz hosil bo’lgan QR kodni xoziroq ko’rishimiz mumkin.
Lekin uni qayta ishlata olishimiz uchun PNG formatida saqlab olganimiz yaxshi.
myQR.png('qrcode1.png', scale=8)
Natija esa mana :
ESLATMA ! scale=8 parametri bu PNG QR kodimizning hajmi siz unga o’zgartirish kiritish orqali o’zingiz hohlagan hajmda kodni saqlashingiz mumkin.
Ana endi QRCode() class’ining barcha imkoniyatlarini ko;rib chiqamiz va har biri aynan nima maqsad uchun ishlatilishini bilib olamiz.
myQR = QRCode(link, error='H', version=None, mode=None, encoding='iso-8859-1')
* content — bu aynan QR qilmoqchi bo’lgan ma’lumotimiz , bizni variantimizda bu link .
* error — bu hatoliklarni bartaraf qilish darajasi (doimiy ravishda «H», va bu maksimal hatalikni to’g’irlash darajasi)
* version — qabul qilinishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni hajmi, 1 dan 40 gacha int qiymat kiritish imkoniyati mavjud, agar bu qiymat ko’rsatilmasa class avtomatik ravishda QR kodni eng minimal hajmida qaytaradi.
* mode — bu qanday rejimda ma’lumotlar kelishi va ularni qayta ishlash kerakligini ko’rsatuvchi parametr. 4 ta rejim mavjud, belgili , raqamli, raqamli-belgili, binar sonlar , kanji. Agar mode ko’rsatilmasa u algoritm orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
* encoding — kodirovka, ma’lumot qanday usulda kodlanishini bildiradi, doimiy ravishda ‘iso-8’
Ushbu maqola QR kodlarini yaratish va Python yordamida PNG fayllari sifatida saqlash jarayonini o’rgandik. Bu jarayonni tushunish va boshqa usullarda va muammolarda qo’llay olishingiz uchun QRCode obyektini yaxshilab o’rganing.
Agar sizda biron bir savol bo’lsa yoki tahrirlash bo’yicha takliflaringiz bo’lsa, pastda sharhlaringizni qoldiring.
Umumiy Dasturlash
Python yordamida QR kod hosil qilish