Dark web va darknet’lar.
Shaharda yashovchi aholi shaharning aynan qayerida kechki sayr qilmagan ma’qulligini yaxshi bilishadi. Jinoiy ishlar ko’pincha harobalar , tashlandiq hududlarda sodir bo’ladi va oddiy qonunni hurmat qiladigan shahar aholisi u yerlarda o’ralashmaydilar. Tabiiy ravishda unday joylarda jinoiy to’dalar, qonunbuzarlar , va noqonuniy oldi sotdi bilan shug’illanuvchilar bo’ladi.Aksariyat odamlar aynan qayerda bunday joy borligini bilishmaydi, sababi bunday joylar faqat ma’lum bir toifadagi shaxslar uchundir.
Bizning kundalik foydalanishdagi Internetimizda ham huddi shunday holat. Siz bilan biz yorug’ web foydalanuvchisi sifatida Internetning aynan qayerida qonunbuzar foydalanuvchilar to’planganligini bilmaymiz, lekin aynan shunday tarmoq qismi bor ekanini bilamiz.
Dark web va Darknet’lar huddi shunday Internetimizning qismidir. Ular ko’plab o’z shaxsini anonim qolishini istaydigan va ko’p hollarda qonunbuzar guruhlar tomonidan ko’tarilgan serverlarda, ichki tarmoqlarda, routerlarda ishlaydi. Oddiy foydalanuvchi uchun hech qanday kirish imkoni yo’q , to’g’ridan to’g’ri link yoki parol umuman hech narsa.Bunga sabab bunday tarmoq tiklagan shaxslarning tarmoqda nostandart protokollardan foydalanishlaridir. Ularning tarmoqlari nafaqat qidiruv tizimlari uchun balki brauzerlar uchun kam ko’rinmaydi.
Bu tarmoqlar hammasi jamlanib Internetimizning Dark web (qorong’u , chuqur) qismini hosil qilishadi. Bu yerda narkotik savdosi , qurol yaroq m odam organlari savdosi va boshqa jinoiy ishlar bilan shug’illanuvchi shaxslar o’z kirdikorlarini olib borishadi.
Biz sizga hech qachon Internetning bu qismi bilan qiziqmasligingizni maslahat beramiz. U haqida bilib olgan yaxshi lekin qandaydir harakatlardan qaytaramiz.
Hozirgi kunda Internetda raqamli izsiz hech qanday harakatni amalga oshirib bo’lmaydi , agar bo’lsa ham bu standart protokollardan tashqari bo’lganligi tufayli bir qator qonunbuzarliklarni sodir etish orqali bo’lishi mumkin.
Umumiy Dasturlash
Dark web va darknet’lar.