DDoS hujumlar himoyasi haqida
Bunday hujumlardan himoyalanishning eng muhim qismi bu oldini olishdir. Keyinchalik oqibatlarini bartaraf etishdan ko’ra, hamma narsani oldindan ko’ra bilish yaxshiroq. Shunday qilib, bunday vaziyatda nima qilish mumkin:
O’tkazish qobiliyatini oshirish
Keng miqyosli hujumlarga qarshi kurashish usullaridan biri javob sifatida tarmoq kengligini oshirishdir. Afsuski, agar hujum qilinayotgan tashkilotga xizmat ko’rsatuvchi provayder bo’lmasa, buni qilish juda qiyin. Bunday vaziyatda hamma narsa hujumning hajmiga va tajovuzkorning javob sifatida uni kengaytirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Autsorsing javoblar (hujum vaqtida so’rovlarga javoblarni boshqa xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga yo’naltirish)
Kichikroq tashkilotlar o’z server so’rovlariga javoblarini boshqa ixtisoslashgan firmalarga topshirishlari mumkin. Biroq, bunday kompaniyalar bilan shartnoma hujum sodir bo’lishidan oldin tuzilishi kerak. Bunday holda, provayder trafikni o’z muhitiga yo’naltiradi va shu bilan serverlaringiz yuklamani to’liqligicha qabul qilishga majbur bo’ladi.
Aniq himoya rejasiga ega bo’ling
Agar tashkilot DDoS himoyasini autsorsing qilgan bo’lsa ham, bunday hodisaga javob berish rejasiga ega bo’lish juda muhimdir.
U quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak.
Hujum oldidan:
- Kompaniyaning har bir xodimi uchun aniq belgilangan harakatlar, kutilmagan vaziyatda favqulodda vaziyatlar rejasi bilan eng aniq tushunchalarni tuzib chiqing.
- Autsorsing yoki DDoS oldini olishga ko’malashuvchi tashkilotingizni qachon va qanday jalb qilishni belgilang
- Kimga va qachon xabar berish kerakligi ro’yxatini tuzing (xavfsizlik guruhining aloqa ma’lumotlari, tegishli tarmoq guruhining kontaktlari va boshqalar).
- Hujumga uchragan vaqtingizda mijozlaringiz va hodimlaringizga qanday xabar berishni oldindan belgilab qo’ying.
- Ushbu hujjatlarning barchasi va kontaktlar ro’yxati muntazam ravishda tekshirib chiqilishi kerak (kamida har 3 oyda).
- Ushbu rejani chop etish va xodimlarga tarqatish juda muhim, shunda tizim ishlamay qolsa, qo’llanma va ko’rsatmalar hamma uchun mavjud bo’ladi.
Hujum vaqtida
- Iloji boricha hujum turini aniqlashga harakat qiling hujum yo’nalishini kuchini analiz qiling
- Yuklama katta talofatlar keltirmasligi uchun imkon qadar ichki trafikni bloklashga harakat qiling
Hujumdan so’ng
- Hujum haqida ko’proq batafsil ma’lumot to’plashga harakat qiling
- Tekshirishlar natijalariga ko’ra himoya rejalaringizni yangilang
Umumiy Dasturlash
DDoS hujumlar himoyasi haqida