IT’dagi yo’nalishlar
Frontend — ilova, dastur yoki veb saytda yo verstka yo javascript dasturlash tili yoki dasturlsah tilisiz ma’lum bir vazifani bajaruvchi va asosan oddiy foydalanuvchi bilan bevosita har xil turdagi ishlarni bajarishda vositachi, muloqotda bo’luvchi yo’nalish. Bu yo’nalishda asosan internetda har xil xizmatlar yaratilinadi. Bu soha vakillari asosan mijoz «tomonda(brauzerda)» ishlashadi. Ular odatda HTML, CSS, JavaScript, JQuery, Angular.js, React,js dan foydalanishadi.
Bekend(backend) — yoki veb-texnologiylar. Bu yo’nalishning asosiy vazifasi foydalanuvchilardan bilvosita ma’lumolarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va talabga qarab yana qayta yuborishdan iborat, ya’ni bu yo’nalish vakillari ham internetda har xil xizmatlar yaratishadi. Ular PHP, Python, Java, JavaScript(Node.js), C#, MySQL, PostgreSQL yordamida, loyihalarning server tomonida ishlashadi, kod yozishadi. Ularning ishlari oddiy foydalanuvchilarga ko’rinmaydi.
Ilovalar — yoki mobil dasturlar yaratish. Bu yo’nalish mutaxassislari smartfon, planshet kabi qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratishadi. Bunda hozirda asosan 3 ta asosiy operatsion tizim uchun ilova yaratiladi. Bular: Android, IOS va Windows Phone. Bu yo’nalish vakillar o’z ilovalarini ko’p hollarda Java, Object-C, Swift, C# va ba’zi hollarda JavaScript(Cordova, React Native) yordamida dunyoga keltirishadi.
Dizayn — nomidan ham ma’lum bo’lgan bu yo’nalish saytlar, mobil ilovalar, logotiplar, interfeyslar, har xil internet xizmat uchun dizaynlar yaratishdan iborat. Bu yo’nalish mutaxassislarini dizaynerlar deb atashadi.
Tizimlash — axborot texnologiyalardagi eng muhim yo’nalish(mutaxassislik)lardan biri. Bu yo’nalishda ishlaydigan mutaxassislar serverlar, ma’lumotlar omborlari, har xil turdagi tarmoqlar, xavfsizlik tizimlarini yaratish, boshqarish, ularni qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadilar.
Testlash — bu yo’nalishning vazifasi biror bir mahsulot yoki xizmatni mijozga yetkazishdan oldin uni tekshirishdan iborat. Bu yo’nalish vakillari dasturlar, mobil ilovalar, saytlarni tekshirish — testlash bilan mashg’ul bo’lishadi. Ular ba’zi hollarda loyihalarni faydalanuvchilarning yuqori, ko’p sonli so’rovlariga bardoshliligini ham aniqlashadi, tekshirishadi.
Telekommunikatsiya — internet, televideniya, radio va telefon, ya’ni umuman telekommunikatsiya sohasi. Bu yo’nalishga mobil aloqa sohasini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Dasturlar — oddiy kompyuter uchun dastur, dasturiy ta’minot yaratish. Bu soha vakillari dasturiy ta’minot yaratish bilan shug’ullanadilar, har xil o’yinlar yaratishlari ham mumkin. Ularning loyihalari to’g’ridan-to’g’ri internet bilan ishlamasligi mumkin.
Menedjment — ya’ni bashqaruv. Bu yo’nalish har bir loyihani to’g’ri rejalashtirilishi, uni amalga oshirilishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, har qanday loyihaning «o’xshashi» yoki «o’xshamasligi» aynan shu yo’nalish vakillariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Ular har xil yo’nalish rahbarlari: kompaniya boshqaruvchilari, loyihani boshqaruvchilar, mahsulotni boshqaruvchilar, ular odamlarni boshqarishlari mumkin, ular loyihalarni boshqarishlari mumkin, ular biznes jarayonlarni boshqarishlari mumkin. Ular asosan loyiha uchun qisman yoki butunlay javobgar bo’lishadi. Ular muhim qarorlar qabul qilishadi, qo’l ostilaridagi boshqa yo’nalish mutaxassislarni boshqarishadi, ularga to’g’ri yo’nalish berishadi.
Marketing — piar, reklama, marketing, qidiruv tizimlarida loyihalarni tarqatish, rivojlantirish bilan shug’ullanishadi. Mahsulot yoki xizmatni bozorda tanitish, rivojlantirish, kerak bo’lsa, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchilar bilan oddiy foydalanuvchilar yoki mijozlar o’rtasidagi vositachi hamdirlar.
Savdo — mahsulot yoki xizmatlarni sotish bilan shug’ullanish. Har bir xizmat, loyiha, biznes jarayonning asosiy bo’g’ini bo’lib, bu yo’nalishda faoliyat olib boruvchilarni asosiy vazifalari mahsulot yoki xizmat uchun mijozlar topish, uni mijozlarga sotish hisoblanadi.
Analitika — bu analitikaning har xil turlarIi: tizim analitikasi, ma’lumot analitikasi, biznes-analitika va boshqalar. Bu yo’nalish vakillar kompaniya mahsulot yoki xizmatlarini doimiy ravishda tekshirib borish, kompaniya faoliyat olib boradigan bozorni, kompaniya raqobatchilarini kuzatib borish, kerakli vaqt kompaniyaning mas’ul xodimlariga mahsulot yoki ximat yuzasidan kerakli analitik ma’lumotlarni yetkazishlar kerak bo’ladi. O’z navbatida bu ma’lumotlar mahsulot yoki kompaniya ko’rsatadigan xizmatni rivojlantirish, uni taqdiri, kompaniyaning keyingi istiqboldagi rejalarini tuzish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Kontent — kontent bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar. Masalan: ko’chiruvchilar, mualliflar, jurnalistlar, tarjimonlar, kontent boshqaruvchilar va boshqalar.
Boshqalar — yuqoridagi yo’nalishlarga oid bo’lmagan. Yagona shart — bu ishlar axborot texnologiyalariga oid bo’lishi kerak.
Umumiy Dasturlash
IT’dagi yo’nalishlar