Eski noutbukni «tezlatish» — bu mumkinmi?

Eski noutbukni «tezlatish» — bu mumkinmi?

Eski noutbuk, albatta, eski noutbuk. Lekin ‘keksa chol’ hali ham ishlayaptimi ? Sizni bo’lsa yangi dasturlar va o’yinlar o’ynagingiz keladi… Eski xususiyatdagi qurilmalari bor noutbukni yangi dasturlarni tortadigan qilishni iloji bormikan deb o’zingizga savol berganingiz tabiiy. Bu maqolada biz aynan shu savolga atroflicha to’xtalishga harakat qilamiz.

Demak eski noutni birinchi o’rinda qanday (xarakteristika) xususiyatda ekanini bilib olishimiz va uni ‘upgrade’ apgreyd qilish mumkinmi yo’qmi shuni belgilab olishimiz zarur. Buning uchun usta maslahati kifoya. 

1-usul

Agar noutbukda DVD disk yurituvchi bo’lsa u holda uni o’rniga biz SSD xotira joylashimiz mumkin. Bundan tashqari o’zining HDD xotirasini olib tashlab SSD ga almashtirishimiz ham mumkin. Eski avlod qurilmalarida tabiiy ravishda HDD xotiralari bo’ladi. Menimcha SSD va HDD ning farqlarini bilsangiz kerak. SSD HDD dan ko’ra bir necha barobar tez ishlaydigan xotira turi hisoblanadi. Uni biz Operatsion Tizim uchun ishlatishimiz kompyuterimizni sezilarli darajada tezlatadi. Agar SSD va HDD lar haqida bilmasangiz ularning farqi haqidagi mana bu maqolamizni o’qing.

Birgina SSD bilan noutbuk tezlashib qolmaydi. OT (operatsion tizim) ishi tezlashgani bilan biz kompyuterni faqat xotira tomonidan tezligini oshirdik xolos. Dasturlar , o’yinlarga kelsak ular uchun boshqa xotira javobgar. Biz xozir ROM (doimiy xotira) ni yangilagan bo’lsak, endi dasturlarni ishlashiga javobgar bo’lgan RAM (tezkor xotira) ni ham yangilashimiz, uni kattalashtirishimiz kerak.

2-usul

Ko’p xolatlarda noutbuklarda RAM uchun bitta slot bo’sh bo’ladi. Agar sizda 4gb RAM bo’lib yana bir RAM uchun joy bo’sh bo’lsa unda siz qo’shimcha 4gb RAM olib bo’sh slotga joylashtirish orqali noutbukni 8gb RAM bilan ta’minlashingiz mumkin. Bu orqali dasturlar ishi tezlashib ularni qotib qolishlari kamayadi. Ikkala slotlarida ham RAM joylashgan noutbuk egalari eski RAMni yangi kattarok hajmdagi RAMlarga almashtirishlari ham mumkin. Lekin bunday holatda yangi qo’yiladigan RAM ni ona plata qo’llab quvvatlashi kerak. Usta bu haqida biladi va sizga qanday hajmdagi RAM mos kelishini maslahat beradi albatta.

3-usul

Oxirgi usul bu CPU ni yangilash. Biz xotirani tezroq ishlaydiganini yoki RAM ni kengaytirish bilan noutbuk uchun anchagina tezlik bera oldik lekin biz bilamiz kompyuterni ishlash tezligi uni protsessoriga bog’liq. CPU PC (shaxsiy kompyuter — stol kompyuter) larda apgreyd uchun qulay. Noutbuklarda esa buni iloji bor lekin variantlar juda oz. Bu nima degani ? . Bu — nout’larda barcha qurilmalar kompakt (ixcham) bo’lgani tufayli kerakli detalni , ehtiyot qismini topish va ayniqsa CPU larni almashtirish muvafaqiyatli chiqmaydi. Shunday bo’lsada usta bilan maslahatlashib CPU ni ham apgreyd qilsa bo’ladi. 

Uchunchi usulda siz inobatga olishingiz kerak bo’lgan narsa bu noutbukning boshqa ichki qurilmalarida. Ya’ni CPU «miya» 20 yoshli insonniki bo’lgani bilan «qo’l, oyoqlar» 80 yoshli cholniki bo’liq qolishi mumkin. Bu holatda ham CPU o’z hisob kitob kuchini yetarli darajada sarf eta olmasligi mumkin. Shuning uchun 1-2 usullar orqali noutbukni tezlating va 3-usulga faqat o’ta ilojsiz holatda qo’l uring.

O’zi shuncha ishni bajarganingizdan so’ng boshqa yangi noutbuk uchun ham pul yig’ilib qoladi !

Eskilarda bir gap bor. «Eskini tuzatguncha esing ketadi» degan. Iloji boricha ishingiz va o’qishingiz uchun mos xususiyatdagi noutbuk , PC oling. 

Umumiy Dasturlash
Eski noutbukni «tezlatish» — bu mumkinmi?