Аsal haqida to’liq malumot oling
Аsalni qadimdan foydali xususiyatlari sababli qadrlab kelishadi. U nafaqat yegulik, balki sanoatda ham keng ishlatiladigan mahsulotlardan biri boʼlib qoldi. Xususan, kosmetika soxasida. Аsal yuz, qoʼl, teri va soch uchun moʼljallangan turli niqoblarga qoʼshiladi. Аsal vitaminlarga boy, tarkibida B guruhi, C, H, E, K, PP vitaminlari, karotin, fermentlar va minerallar bor. Ular sochni tomiridan uchigacha oziqlantirib, soch tolalarining shilvirab qolishi, qazgʼoq va bosh terisining qurishi kabi muammolarni ketkizadi. Аsalli niqoblar bu muammolarni tezda bartaraf etish xususiyatiga ega.
Mundarija
скрыть
Limonli asal niqobi. Idishga bitta limonning sharbatini siqib solasiz. Ustidan 50-60 gr. asal qoʼshib aralashtirasiz. Hosil boʼlgan aralashmani sochning ildizidan uchigacha surtasiz. Keyin boshingizga polietilen xalta yoki qalpoqcha kiyib olasiz. 10 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlaysiz va xona haroratida quritasiz.
Moyli niqob. Ikki qoshiq asalni, uch qoshiq zaytun moyi bilan aralashtiring, keyin uni sochga surtib boshingizga polietilen xalta kiyib sochiq bilan oʼrab qoʼying. 15 minutdan keyin boshingizni iliq suvda yuvib tashlang va xona haroratida quruting.
Yogʼli sochlar uchun. Ikki dona tuxum sarigʼini 60 gr. asal bilan aralashtirasiz, keyin bu aralashmani sochga surtasiz. Niqob bir kecha turganidan soʼng ertalab yuvasiz. Bu niqobni muntazam ishlatish sochni yogʼlanib ketishidan asraydi.
Quruq sochlar uchun. Bu niqob sochdagi namlik yetishmasligini ketkazishga yordam beradi. Buning uchun piyozni goʼsht maydalagichdan oʼtkazasiz. Niqob uchun 50 gr. piyoz boʼtqasi kerak boʼladi. Keyin uni 10gr. asal bilan aralashtirasiz va sochga surtasiz. 1,5 soatdan soʼng iliq suvda shampun bilan yuvib tashlaysiz. Аgar sochlaringiz quruq va juda kuchsiz boʼlsa bu niqobga 10 gr. ilitilgan zaytun moyi ham qoʼshib yuborasiz.
Qazgʼoqqa qarshi. 400 ml. oʼtkir moychechak damlamasini tayyorlang. Buning uchun bir necha qoshiq moychechak qaynoq suvda damlanadi va biroz oʼtib dokadan suzib olinadi. Keyin bu damlamaga 60 gr. asal aralashtirasiz. Niqob oldindan yuvilgan toza sochlarga surtiladi. 10 daqiqadan soʼng boshingizni yuvib tashlaysiz.
Soch toʼkilishiga qarshi. 30 gr. asal, 20 gr konyak, 20 gr zaytun moyi va 1 dona tuxum sarigʼi kerak boʼladi. Bu mahsulotlarni yaxshillab aralashtirib sochga surtasiz. 30 daqiqadan soʼng iliq suvda yuvib tashlaysiz va xona haroratida quritasiz. Ushbu niqobni 3 oy davomida haftasiga bir marta takrorlaysiz.
Foydali Maslahatlar
Аsal haqida