A.S. Popov

A.S. Popov

A.S. Popov

 

a s popov 660f03b65e57e

Siz qaysi radioni eshitasiz? — «O‘zbekiston»nimi, «Mash’al»nimi, yoki, «Vodiy sadosi»nimi? balki «Yoshlar»ni eshitarsiz? Hozir tinglovchi o‘z didiga munosib radiokanalni topishi oson. Radiokanallar soni ham ko‘p, ularning efir vaqti ham kechayu-kunduz. Lekin o‘sha sevimli radioingizni tingalyotganingizda hech o‘ylab ko‘rganmisiz, shunday ajoyib ixtiro — radioning muallifi kim ekan deb?

G‘arbning ba’zi g‘arbparsat tarixchilari radioning ixtirochisi sifatida italyan muhandisi Gilyelmo Markonini (1874-1937) e’tirof etishadi. Lekin radioni ilk bor rus fizik olim Aleksandr Popov ixtiro qilgan. O‘z kashfiyotini u ilk marotaba namoyish qilganida 1895- yilning 7-mayi edi. O‘sha kundan buyon 7 may butun dunyoda, xususan, vatanimiz — O‘zbekistonda ham radio kuni sifatida bayram qilinadi.

 

Aleksandr Popov 1859-yilning 16-martida Chor Rossiyasi, Perm guberniyasining, Turinskiye Rudniki shahrida, cherkov ruhoniysi oilasida tug‘ilgan. Bu haqida uning familiyasi ham dalolat berib turibdi. Ular oilada 7 farzand bo‘lib, Aleksandr, 10 yoshga to‘lganda otasining qaroriga ko‘ra, rus pravoslav cherkovi diniy maktabiga o‘qishga kiradi. Lekin u, ruhoniyat fanlaridan ko‘ra, mazkur davr uchun yangi istiqbolli soha bo‘lgan — elektr va magnetizm bilan jiddiyroq qiziqadi va shug‘ullanadi. 1873-yildan boshlab esa u Perm ilohiyot seminariyasida o‘qiy boshlaydi. 4 yil ichida barcha umumta’lim sinflarini tamomlab, Sankt-Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga topshiradi. 1882-yilda, Popov universitetni namunali tamomlagach, unga o‘zi o‘qigan kafedrada ishda qolishni taklif qilishdi. Biroq Popovga u yerda taklif qilingan maosh hajmi kichik bo‘lib, uning oilasini ta’minlashga yetarli bo‘lmas edi. Shu tufayli yosh olim, harbiyga oq podshoning Boltiq dengizi floti joylashgan Kronshtaddagi Minalashtirish zobitlari oliy maktabiga elektrotexnika va matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishga kiradi. Aynan shu yerda Popov elektromagnit signallar bilan tajribalar o‘tkaza boshladi.

1887-yildayoq olmon olimi Genrix Gers (1857-1894) tabiatda elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligini ilmiy isbotlab bergan edi. Gerts o‘z tasdiqlarida ikkita asbobdan: elektromagnit to‘lqinlari manbasidan va ularni qabul qiluvchi registratordan foydalangandi. Gerts asboblari orasidagi aloqa faqat o‘ta qisqa (masalan xona o‘lchamlarida) masofaslardagina amalga oshardi. Genrix Gersning bu tajribalari haqida Popov 1 yildan keyin, ya’ni 1889-yili xabar topdi. Elektromagnit aloqa, ya’ni simsiz, xabar uzatish moslamasi Popovni jiddiy qiziqtirib qo‘ydi va u o‘zining konstruktsiyasini loyihalashga kirishdi.

Popovning konstruktsiyasi shisha nay ichidagi metall qirindilari joylashtirilgan trubka, elektr qo‘ng‘iroq va elektr relesidan iborat bo‘lgan. Antennaga elektromagnit to‘lqinlar kelib ta’sirlashganida, u tufayli magnitlanib qolgan temir qirindilari o‘zaro jipslashib qolgan va natijada, batareyalardan olinayotgan quvvatga nisbatan qarshilik kamayib, rele cho‘lg‘amiga oqyotga tok miqdori ortgan. Rele esa, o‘z navbatida qo‘ng‘iroqni ishga tushirgan.qo‘ng‘iroqning bolg‘achasi qo‘ng‘iroq kosasiga urilib, qaytishda shisha nayni ham titrashga majbur qilgan va uning ichidagi metall qirindilarini siltab, ularni qayta uzoqlashishga majburlovchi harakatni amalga oshirgan. Agar elektromagnit to‘lqinlar kelishi uzluksiz davom etaversa, mazkur jarayom ham takrorlanavergan. Agar to‘lqin kelishi to‘xtasa, naycha ichida qirindilar sochilib ketib, qo‘ng‘iroq chalinishi to‘xtagan. Qo‘ng‘iroq atmosferdagi elektr razryadlariga ham ta’sirchan bo‘lgan: chqamoq chaqishi tufayli ham katta quvvatli elektromagnit to‘lqinlari paydo bo‘ladi. Shu tufayli Popov yasagan eng birinchi modeldagi radio qabul qilgich apparati «Momaqaldiroqni qayd etuvchi» deb nomlangan edi. Uni Popov birinchi marta 1895-yilning 7-may kuni rus imperial fizika-kimyo jamiyatida namoyish qildi. o‘shandan buyon, 7 may xalqaro radio kuni sifatida e’tirof etilgan. Ma’lum diapazondagi tebranish to‘lqinlariga ega elektromagnit to‘lqinlari esa, radioto‘lqinlar deb atala boshladi.

a s popov 660f03b72d633

Tez orada Popov, o‘z ixtirosini yanada takomillashtirdi. U radioto‘lqinlar orqali Morze alifbosi — nuqta va tireni uzatish va uni telegrafdagi kabi qog‘ozga tushirib olish imkoniga ega bo‘lgan yangicha apparatni yasadi. Dastlabki tajribani Peterburg universitetida amalga oshirdi. Uzatuvchi apparatni kimyo labotatoriyasiga, qabul qilgichni esa, fizika xonasiga joylashtirdi. Oraliq masofa — 250 metr. Jahon tarixidagi eng birinchi radiogramma o‘shnda uzatildi va qabul qilindi. Uning matni faqat ikki so‘zdan iborat bo‘lib, unda «Genrix Gerts» deb yozilgan edi. Shu tarzda Aleksandr Popov, elektromagnit to‘lqinlar kashfiyotchisi bo‘lgan olmon olimiga yuksak hurmat bajo keltirgan.

1897-yilga kelib esa, Popovning radigramma bo‘yicha tajribalari masofasi ancha uzaydi. U birinchi marta ochiq dengizda, kreyser bortida turib, qirg‘oq — Kronshtadtga radiogramma yubordi. Masofa 5- kilometrni tashkil qilardi.

Popovning ixtirosiga munosabat yakdil bo‘lmagan. Tanqidchilar orasida bu ixtironi «kelajagi mavhum narsa» yoki, «amaliy ahamiyati yo‘q buyum» deganlar ham bo‘lgan ekan… Biroq Popov o‘z kashfiyotining qo‘llanishi mumkin bo‘lgan sohalarni, masalan, dengizchilikdagi navigatsiya ishlarini o‘rinli misol qilib keltirdi. Popovning ixtirosi, amalda katta manfaat keltirgan, 1899-yildagi «General-admiral Apraksin» zirhli kreyserining Fin ko‘rfazidagi oqyatoshlarga urilib, falokatga duchor bo‘lganida, uning ahamiyatini hamma tushinib yetdi. Fin ko‘rfazi muzlab, «General-admiral Apraksin» pachoqlanib ketish havfi ostida qolganda, uning bortidan yuborilgan qutqaruv radiosignallari, uning taqdirini hal qildi. Yordamga «Yermak» muzyorar kemasi yetib keldi va ko‘p sonli dengizchilar hamda, strategik ahamiyatga ega kreyser hayoti saqlanib qolindi. 1900-yilda esa, Finlyandiyalik baliqchilarning kichikroq kemasiga o‘rnatilgan radiouzatgichdan olingan qutqaruv signallari tufayli, ularning Fin ko‘rfazida halokatga uchragan kema koordinatalarini aniq topib borilda va 50 nafar baliqchilar o‘limdan qutqarilib, omon-eson qirg‘oqqa eltildi.

Bu voqeadan so‘ng Popovning ixtirosining qadri oshib ketdi. 1901-yilda, uning o‘ziga ham Peterburgdagi imperator Aleksandr III Elektrotexnika institutining professori unvoni berildi. 1905-yilga kelib Popov mazkur institutning direkori etib tayinlandi. Ammo, uning mazkur lavozimlardagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi. Yuksak salohiyatli olim va ixtirochi Alkesandr Popov, 1906- yilning 13-yanvarida, miyaga qon quyilishi tufayli, 46 yoshida vafot etdi.

FOTO FAKT!!!

a s popov 660f03b824bc3

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Horijiy olimlar
A.S. Popov

Manba:orbita.uz